XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.57K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
36 files
7.26K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#zakovat
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan maktablarimizda "Nomingiz dillarda mangu yashaydi" shiori ostida ZAKOVAT o'yinlari o'tkazilmoqda

⭕️ Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Zakovat quiz" o'tkazildi. Unda 5-10-sinflardan tashkil topgan 12 ta jamoa ishtirok etdi.

⭕️ Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'quvchilar o'rtasida 9-mayga bag'ishlangan "Zakovat" intellektual o'yinining navbatdagi turida 5 ta jamoa ishtirok etdi.

⭕️ Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagoglari Niyozmetova Nodira va Zaripova Chinnigul boshchiligida o‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Mutolaa_loyihasi
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🎞 O'QUVCHILAR “MUTOLAA” LOYIHASI DOIRASIDA “QO‘RQMA” FILMINI TOMOSHA QILDILAR

🏢Urganch shahar 1-son IMI ning 9-01 -sinf o'quvchilari sinf rahbari M.Karimova va maktab ARM rahbari I.Ibragimova hamrohligida Yoshlar ishlar agentligi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Mutolaa” loyihasida qatnashdilar.

📍
J.Jovliyevning “Qoʻrqma”asari asosida ishlangan badiiy-hujjatli film katta ekranda bitiruvchi yoshlarga namoyish etildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Hazorasp_IM
#9_may_xotira_va_qadrlash_kuni
#Sayohat

🏫 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh o'quvchilari "9-may Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Urganch shahridagi "QATAG‘ON QURBONLARI" muzeyiga sayohat qildilar.

📌 Sayohat paytida o'quvchilarga Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktor o'rinbosari A.Abdullayev, maktab CHQBT rahbari X.Allaberganov va VMMTB Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish sho'basi mudiri Y.Atadjanovalar hamrohlik qildilar.

  📌 Ma'lumot uchun, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi 2018-yil 31-avgust kuni Urganch davlat universiteti tuzilmasida tashkil etilgan bo‘lib, hozirda muzey fondida 4000 dan ortiq materiallar joy egallagan.

🌐 Telegram | Facebook
👍3