XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.81K subscribers
23.2K photos
1.57K videos
32 files
6.89K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Toʼgarak_jarayoni
#Xiva_shahar_1_son_IMI

🏞 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida milliy hunarmandchilik va rassomchilikka asoslangan to'garak va darslar tashkil qilingan bo'lib, ularga tajribali pedagog Qudrat Matchanov boshchilik qiladilar.

O'quvchilarning rassomchilik bo'yicha qobiliyatlari yanada takomillashib bormoqda.


🎗Xususan, quyidagi rasmlarning mualliflari 6 - A sinfining iqtidorli o'quvchilaridir. Ular bilan tanishing:
1. Baxtiyorova Maftuna
2. Otaboyeva Odinabonu
3. Sadullayeva Mushtariybonu
4. Karimboyeva Shaxzoda
5. Komiljonov Alibek


🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_baholash_tizimi
#Hazorasp_IM
#Amalga_oshirilgan_ishlar

✔️Ma'lumki, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimini qo‘shimcha 1000 ta umumiy o‘rta ta'lim maktablarida joriy qilish, fanlardagi amaliy mashg‘ulotlar ulushini 60%gacha oshirish belgilangan. Joriy o'quv yilidan bu tizimni Xorazm viloyatida 87 ta maktabda joriy qilish amalga oshirila boshlandi.

Jumladan, Hazorasp tumanidagi 3 ta maktabga Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabidan 5 nafar mas'ullar biriktirilgan. Ular tomonidan o‘quv yilining boshidanoq tegishli maktablarda o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun o‘quv seminarlari tashkil qilindi.

▫️Seminarlarda yangi baholash tizimining mohiyati, afzalliklari, BSB va ChSB nazoratlarining o‘tkazilish tartibi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

🎯 3 ta chorak yakuni bo'yicha ChSB imtihonlari o'tkazilib, Ixtisoslashgan maktab vakillari mas'ulligida jarayonlar tashkil qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
#Shovot_IMI
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor

IELTS SERTIFIKATIGA EGA O'QUVCHILAR SAFI KENGAYMOQDA!

❇️ Shovot tuman ixtisosolashtirilgan maktab-internatining 10-sinf o'quvchilari IELTS sertifikatlarini qo‘lga kiritdi.

☑️ IELTS 7.0 Nurmetov Javohir
☑️ IELTS 6.5 Bekchanov Diyorbek

TEZ ORADA YANA BIR QATOR NATIJALAR BILAN SIZLARNI MAMNUN ETAMIZ!

🌐
Telegram | Facebook
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
“Raqamli avlod qizlari — 2024” respublika ko‘rik-tanlovining finali qizlarimiz raqamlar olamida ham naqadar kuchli ekanligini yana bir karra isbotladi.

Barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiraman. Ularning qat’iyati, professionallikka intilishi gender stereotiplarini yo‘qqa chiqaradi.

-

Финал республиканского конкурса «Девочки цифрового поколения — 2024» ещё раз доказал, как изящно справляются девушки с миром цифр.

Я благодарю всех участниц. Их уверенность и стремление стать профессионалами разрушает гендерные стереотипы.