XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.57K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
36 files
7.26K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#BIZ_BOSHLADIK
#TARIX_ARENASI
#Ogahiy_ijod_maktabi

OGAHIY IJOD MAKTABINING YANGI LOYIHASI - "TARIX ARENASI" INTELLEKTUAL O'YINI 1-SONI BO'LIB O'TDI

🖋"TARIX ARENASI" moziy ixlosmandlari uchun tashkil qilingan Ogahiy ijod maktabining mualliflik loyihasi bo'lib, intellektual o'yin tashabbuskori oliy toifali tarix fani o'qituvchisi A.Ro'ziboyev hisoblanadi.

🕰 2024-yilning 1-fevral kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabi "TARIX ARENASI" intellektual o‘yini saralashining ilk bosqichini 9-sinf yosh tarixshunoslari boshlab berdilar.

🔰Dastlab maktab direktori S.Abdullayev yangi loyiha bilan barchani muborakbod etib, Ogahiy ijod maktabi mualliflik loyihasini ochiq deb e'lon qildi. O'yin tasvirga yozib olindi va tez kunlarda kanalimizda to'laligicha taqdim etiladi.


💫Saralash bosqichlari fevral-mart oylarida, Final bosqichlari aprel-may oylarida bo‘lib o‘tadi.

🎗G‘oliblar Ogahiy nomidagi ijod maktabi "So‘ngi qo‘ng‘iroq" tadbirida tantanali tarzda taqdirlanadilar.

🌐Telegram | Facebook
👏2
ANONS:

So'z mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag'ishlanadi.

Xorazm televideniyasi
"ADABIY MUHIT" ko'rsatuvini ertaga,
3-fevral shanba kuni soat 18:40 (4-fevral yakshanba kuni soat 16:00 takroran)
dan boshlab tomosha qiling.

Ko'rsatuv to'laligicha Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagoglari va o'quvchilari chiqishlari asosida tayyorlangan.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
👍2
#tanlov

OGAHIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI TOMONIDAN MATNAZAR ABDULHAKIM TAVALLUDINING 76 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TANLOV E'LON QILADI

Xorazm adabiy muhitining o‘ziga xos darg‘alaridan biri bo‘lmish Matnazar Abdulhakim ijodini o‘rganish, uni keng ommaga targ‘ib qilish, shoir tavalludini bayramona tarzda o‘tkazish, ijodkor va iste'dodlilarni aniqlash, ularni rivojlantirish, rag'batlantirish maqsadida Ogahiy nomidagi ijod maktabi tanlov e'lon qiladi.


Ishtirokchilar quyidagi yo'nalishlar bo'yicha:

📄 1. “Eng yaxshi bag‘ishlov” mavzusida she’riyat tanlovi.

🖥 2.  “Eng yaxshi ijrochi” - Matnazar Abdulhakimning ijod namunalaridan ishtirokchi o‘zi xohlagan bir she'rni ifodali o'qib, videotaqdimot tayyorlashi lozim.


Batafsil:
👇👇👇👇👇👇👇👇

https://telegra.ph/DIQQAT-OGAHIY-NOMIDAGI-IJOD-MAKTABI-TOMONIDAN-MATNAZAR-ABDULHAKIMNING-76-YILLIGI-MUNOSABATI-BILAN-TANLOV-ELON-QILINADI-01-30
👍2
Davlatimizda pedagoglar huquqlarini himoya qilish va kafolatlashga oid qonunlar qabul qilindi. Ular oʻqituvchilarning professional rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitni taʼminlash, shuningdek, mehnat huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Jamiyatning yuksalishi, kelgusida liderlar va soha mutaxassislarining yetishib chiqishi koʻp jihatdan ustozlar va ularning mehnatiga bogʻliq. Shunday ekan, oʻqituvchilik kasbining mavqeini oshirish choralarini koʻrmogʻimiz shart.

Saida Mirziyoyeva,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xiva_shahar_1_son_IMI
#Hamkorlik

🐎 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning "Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidagi" gi PQ-5212-sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida

Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Xorazm viloyat bo'yicha Milliy gvardiya boshqarmasi "Chavandozlar maktabi" bo'limi o'rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumiga ko'ra, bugundan internatda ot sportining "Polo" turi bo'yicha to'garak mashg'uloti tashkil qilindi.

🏇 Ushbu mashg'ulotni chavandozlar maktabi trener o'qituvchisi A.J.Jumanazarov haftaning seshanba, payshanba va juma kunlarida 15:00 dan 16:00 gacha olib boradi.

Mashg'ulot o'quvchilarimizning sog'lom tarzda voyaga yetishlariga yordam beradi.

🌐Telegram | Facebook
🙏1