XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.56K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
36 files
7.26K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ўзбекистон_тарихи
#4_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Qadimgi Qang‘ va Davan" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda O‘zbekiston tarixining qadimgi davri davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti aks ettiriladi.

Davomi bor...
Forwarded from Xorazm info
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖼Toshkentda jadidchilik harakatiga bagʼishlangan yirik xalqaro konferensiya o'tkazilmoqda

Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida joriy yilning 11 – 12-dekabr kunlari Toshkent shahrida «Jadidlar: milliy o'zlik, istiqlol va davlatchilik g'oyalari» mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o'tkazilmoqda.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

2024-yilning 1-yarmida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
#robocoding

⚡️Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida o‘tkazilgan Robo-kodlash olimpiadasining Xorazm viloyati hududiy bosqichidan videolavhalar.

🌐Telegram | Facebook
👍3
Forwarded from Kun.uz | Rasmiy kanal
“Tezroq qaror qabul qilishimiz kerak” – Saida Mirziyoyeva alifbo islohini ortga surmaslik haqida gapirdi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva alifboni isloh qilish bo‘yicha bo‘layotgan bahs-munozalarni to‘xtatish haqida gapirdi. “Gap Vatan va millat nomini to‘g‘ri yozish haqida ketar ekan, bunday bahs va tortishuvlarni bas qilishimiz, alifbodagi ayrim o‘zgarishlarni joriy etishimiz va shu bilan alifbo masalasiga qat’iy nuqta qo‘yishimiz zarur deb hisoblayman”, – dedi Mirziyoyeva.

👉 https://kun.uz/uz/37262174

Kun.uz rasmiy kanali
👍2
"IT sohasida muvaffaqiyatga erishish va yaxshi daromad topish uchun nima qilish kerak?" mavzusida onlayn vebinar


🔗 Hozirgi kunda ishlab chiqarish, tijorat, tibbiyot, ta’lim, transport va boshqa sohalar IT texnologiyalaridan foydalanmoqda. Buning natijasida IT sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda.

📼 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda onlayn vebinar tashkil etilmoqda. Unda siz qanday qilib zamon talabidagi IT mutaxassisi bo‘lishingiz mumkinligi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🚪 Vebinar 13-dekabr, soat 14:00 da Raqamli texnologiyalar vazirligining Facebook va YouTube sahifalari orqali jonli efirga uzatiladi.

📌 Barcha maktab o‘quvchilari va IT sohasiga qiziquvchi yoshlar, vebinarga qo‘shiling!

#MMTV
#digital
#vebinar

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hamid_Olimjon_tavalludining_114_yilligi

🗺 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida XX-asr o‘zbek she’riyati darg‘alarining tom ma’nodagi ustozi, zabardast shoir Hamid Olimjonning 114 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

📝Unda professor Usmonjon Qosimov, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi boshlig‘i Iqboloy Umarova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi rahbari Mehribon Abdurahmonova shoir ijodi va hayot yo‘li haqida ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Tadbirda baxt va shodlik kuychisi — Hamid Olimjonning "Jangchi Tursun" balladasidan "Ona monologi" sahnaviy ko‘rinishi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Raisa Abdullayeva va o‘quvchilar tomonidan namoyish etildi.

⚡️O‘quvchilar mohir isteʼdod sohibi Hamid Olimjonning she’rlaridan namunalar aytishdi.

🗣Tadbir so‘ngida "Barhayot jilolar" ijodiy ishlar tanlovida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XUSHXABAR
#17_DEKABR_OGAHIY_TAVALLUD_TOPGAN_KUN
#IJOD_MAKTABIMIZ_ENDILIKDA
#XIVA_TONGI_GAZETASIDA

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi ustoz va o'quvchilarining ijod namunalari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayram kunida Xiva shahar va Xiva tuman hokimliklari muassisligidagi vohamizning otaxon nashrlaridan biri "XIVA TONGI" gazetasining 2023-yil 8-dekabrdagi N:12 sonida to'liq bir sahifada bosilib chiqdi.

📌 Ustozlar va dilbandlarimiz ijodini yoritib berganliklari uchun "XIVA TONGI " gazetasi tahririyatiga va ijod makrabimiz "Navnihol" to'garagi rahbari, istiqbolli yozuvchi va shoir Jumanazar Yo'ldoshga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va yanada baland ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
🔥1
#XIVA_TONGI
#GAZETA_SAHIFALARIDA

⚡️Xiva shahar va Xiva tuman hokimliklari muassisligidagi "XIVA TONGI" gazetasining 2023-yil 8-dekabrdagi N:12 sonida quyidagilarni o'qishingiz mumkin:

🔸"Ul zoti mukarramga ehtirom" maqola. S. Abdullayev - Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori;

🔸Turkum she'rlar. J. Yo'ldosh- ijod maktabi "Navnihol" to'garagi rahbari;

🔸"Tuzalmas dard", "Uchrashuvdagi savol" mitti hikoyalar. O. Nurmamatova - ijod maktabi 8-sinf oʻquvchisi;

🔸"Murojaat" she'r. J. Baxtiyorov - ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi;

🔸"Baxtlar" she'r. M. Ro'zmatova - ijod maktabi 9-sinf o'quvchisi;

🔸"Ogahiyning qiziman" she'r. F. Qurbonova - ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi.

Ogahiy ijod maktabi rasmiy axborot sahifalari

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#17_DEKABR
#OGAHIY_TAVALLUD_TOPGAN_KUN

📆 2023-yilning 11-dekabr kuni Xorazm telekanali "Assalom, Xorazm" dasturida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari tomonidan ulug' adibga bag'ishlab yozilgan she'rlari o'rin olgan lavha namoyish etildi.

🖥 Marhamat, siz ham tomosha qiling.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Drama_Club
#Xiva_Prezident_maktabi

⚜️Xiva shahridagi Prezident maktabining "Drama Club" to'garagi a'zolari tomonidan o'zbek xalq ertaklaridan "Oltin bolta" ertagi sahnalashtirildi.


Bu kabi chiqishlar o'quvchilar nutqining ravon, so'zlarining ta'sirli bo'lishida nihoyatda muhim sanaladi.


🌐Telegram | Facebook
👍3
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇰🇷 Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan Koreya ilm-fan va ijod jamg‘armasi hamda Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida ANGLASHUV MEMORANDUMI imzolandi.

📝Mazkur hujjat doirasida:
STEM fanlari boʻyicha iqtidorli oʻquvchi va oʻqituvchilar oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish maqsadida qisqa va uzoq muddatli onlayn va offlayn shaklda almashinish dasturlarini yoʻlga qoʻyish;
Tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro kadrlar almashuvi tizimini yoʻlga qoʻyish;
Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimi bilan tanishish hamda ularni Xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalari (STEM fanlaridan) va musobaqalariga tayyorlash boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Taʼlim tizimidagi yangiliklarni almashish uchun seminarlar tashkil qilish
singari bir qancha loyihalar amalga oshiriladi.

🗣Xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamda Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti xodimlaridan iborat ta’lim delegatsiyasi Koreya Respublikasida boʻlib turibdi.

Delegatsiya a’zolari mazkur amaliy tashrif davomida Koreyada O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi rahbarlari uchun tashkil etiladigan amaliy seminarlar, treninglar, malaka oshirish kurslari hamda ta’lim jarayonlaridagi eng so‘ngi zamonaviy metodikalar bilan tanishishlari va bir qancha ta’lim tashkilotlarida bo‘lishlari ko‘zda tutilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#robocoding
#OAV_biz_haqimizda

ROBO-CODING OLIMPIADASI O'TKAZILDI

📲@XorazmTELEKANAL✔️

🎮 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining o‘quvchilari o‘rtasida sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil qilingan olimpiada jarayonlari "Xorazm hafta ichida" dasturida

🌐Telegram | Facebook
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Prezident boshqarayotgan Yangi O‘zbekiston jadidlar istaganidek, dunyoviy huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish, sifatli ta’lim tizimini yaratish, so‘z erkinligi, ochiqlikni ta’minlash yo‘lidan dadil bormoqda”.

Saida Mirziyoyeva,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#Ijod_maktablari

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, psixolog va tarbiyachi-pedagoglarning malakasini yanada oshirish maqsadida Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Dastlab mehmonlar uchun maktab boʻylab sayohat uyushtirildi. Bunda mehmonlar maktab hayoti, yaratilgan sharoitlar va uning milliy o'ziga xosligi, shuningdek, oʻquvchilar tomonidan ishlangan loyiha ishlari bilan tanishtirildi.

📝 Seminar davomida:
Ijod maktablari missiyasi, maqsadlari va ularga erishishda Xalqaro maktablar kengashi (CIS) faoliyati tajribasi;
Global fuqarolik va madaniyatlararo ta’lim;
Xavfsiz maktab va bolalarni himoya qilish;
Etika kodeksi, maktab qadriyatlari;
Xodimlar, ota-onalar va bolalar hamjihatligi kabi mavzularda taqdimotlar va treninglar boʻlib oʻtmoqda.

📆Ma'lumot uchun, mazkur seminar-trening ikki kun davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM