XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.2K photos
1.37K videos
32 files
6.18K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Yodimdasiz

Har bir insonning hayotida shunday ustozi bo‘ladiki, maktabni tugatgandan keyin necha yil o‘tgan bo‘lmasin, doimo iliqlik va minnatdorchilik bilan eslaydi. Bu insonlar hayotimizda yillar davomida o‘chmas va yorqin iz qoldiradi.

1-Oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Yodimdasiz ustoz!» chellenjini eʼlon qiladi.

Chellenj doirasida hayotingizda so‘nmas iz qoldirgan ustozingiz bilan bog‘liq xotirani yodga olib, agar bo‘lsa ularning suratlari bilan joylashingiz lozim.

Eng yorqin postlar vazirlikning rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

Barchangizni chellenjda faol bo‘lishga chorlab qolamiz!

Bayram arafasida ustozlaringizni yodga oling va ularning ko‘ngillarini xushnud qiling!