XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.15K subscribers
23.4K photos
1.6K videos
33 files
7K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Tabriklaymiz
#Shovot_IMI

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf o'quvchisi

JUMANAZAROV JAHONGIR -  Abdulla Qodiriy tavalludining 131 yilligiga bag‘ishlab adib ma’naviy merosini yoshlar orasida keng  targ‘ib qilish maqsadida o'tkazilgan ijodiy ishlar tanlovida “Qodiriy asarlari qahramonlariga maktub” yo‘nalishi bo‘yicha faxrli I-o'rinni qo'lga kiritdi.

⚡️Ushbu yutuq bilan o'quvchimizni,  ustozi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Zuhra Atajanovani tabriklaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Shovot_IMI
#Tabriklaymiz

📊 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan tashkil qilingan "BO'LAJAK YOSH MUHANDISLAR" nomli olimpiadasining tuman bosqichi o'tkazildi.

Ushbu olimpiadada Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf o'quvchilari faol ishtirok qilib faxrli o'rinlarni egallab, vaucherlarni qo'lga kiritishdi.

Matematika fanidan:

🥇 Jumanazarov Shahriyor
🥈 Sa'dullayev Behro'zbek
🥉 Otaboyev Olimbek

Fizika fanidan:

🥇 Jumanazarov Jahongir

O'quvchilarimizni yutuqlari bilan tabriklaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Volontyor_faoliyati
#Shovot_IMI
#Dars_jarayoni

👨🏽‍🏫 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida volontyor o'qituvchi MR.FASALUREHMAN tomonidan dars jarayonlari turli xil interfaol metodlardan foydalangan holda  olib borilmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Malaka_sinovi
#Ishtirokchilar_fikri
#Shovot_IMI

XORAZMLIK O'QITUVCHIMIZDAN 100 FOIZLIK NATIJA


Xorazm viloyati Shovot tuman Ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ingliz tili fani o'qituvchisi Gulnoz G'ulomova bugungi attestatsiya sinovlarida eng yuqori 100 balni qo'lga kiritib oliy malaka toifasini saqlab qoldi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
#Psixolog_faoliyati
#Shovot_IMI

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati psixologi Hilola Yusupova tomonidan o'tkazilgan
• "KAKTUS",
• "DARAXT",
• "SOYABON VA TAYOQCHA",
• "OLMA VA OLCHA"
metodikalari,
✓''IJOBIY SO'ZLAR YOMG'IRI'',
✓ "QADRIYATLAR",
"O'RGIMCHAK TO'RI" trening mashg'ulotlaridan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
#Shovot_IMI

Yong'in xavfsizligi bo'yicha amaliy seminar o'tkazildi

🚒 Shovot tuman ixtisoslahtirilgan maktab-internatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari ishtirokida yong'in xavfsizligi bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.

🔥Tadbir davomida o‘quvchilarga yong'in paytida to‘g‘ri harakat qilish tartiblari, evakuatsiya qoidalari hamda dastlabki yong'in o‘chirish vositalaridan foydalanish usullari o‘rgatildi.

🧯 Xavfsizlik — har birimizning ishimiz!

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Shovot_IMI

Ochiq eshiklar kuni

🚪 2-may kuni Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab—internatida  “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi!

🏫Ushbu kun davomida mehmonlarimiz — ota-onalar, umumiy o'rta ta'lim maktablar bitiruvchilari hamda ularning ustozlari maktab faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Videoda tadbirdan lavhalar bilan tanishing!

🌐 Telegram | Facebook
#Shovot_IMI
#xalqaro_hamkorlik

Xalqaro onlayn uchrashuv — yangi imkoniyatlar sari!

🇬🇧 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "El-yurt umidi" jamg'armasi bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyaning nufuzli WARWICK universiteti tomonidan ZOOM platformasi orqali onlayn seminar tashkil etildi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilar xalqaro ta'lim imkoniyatlari, universitetdagi ta'lim yo'nalishlari, universitet shart-sharoitlari bilan tanishdilar.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shovot_IMI
#Uchrashuv

⚜️Ta'lim fidoiylari bilan uchrashuv


Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatda ta’lim sohasidagi yetuk mutaxassislar ishtirokida ilmiy-amaliy uchrashuv va trening mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbir mehmonlari:
👨‍🏫 Mirfozil Mirzahmedov — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, taniqli matematik olim, ko‘plab darsliklar muallifi
👩‍🏫 Iroda Soibova — xalqaro darajadagi trener, pedagogika sohasidagi yuqori malakali mutaxassis, ko‘plab darsliklar muallifi


Tadbirda maktab-internat 9-10-11-sinf o'quvchilari ishtirok qilishdi. Qiziqrarli va foydali kechgan uchrashuv davomida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐 Telegram | Facebook