XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.06K subscribers
23.3K photos
1.59K videos
32 files
6.95K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Hazorasp_IM

📍Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati, o’quvchilarga yaratilgan sharoitlar, erishilgan yutuqlar Xorazm telekanalining "NAJOT BILIMDA" ko'rsatuvi orqali keng yoritildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Oʻqituvchilar_olimpiadasi
#Hazorasp_IM
#Tabriklaymiz

▪️Xabaringiz bor, respublikamiz boʻylab barcha hududlarda fizika va kimyo fanlaridan Oʻqituvchilar olimpiadasining hududiy bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ikki nafar o'qituvchilari ushbu olimpiadaning Xorazm viloyat hududiy bosqichida g‘oliblikka erishib, keyingi bosqichda qatnashish huquqini qo'lga kiritdilar:

EGAMBERDIYEV ATABEK - fizika fani
ESHCHANOV SIROJ - kimyo fani

🔅Ustozlarni ushbu natijalari bilan qutlab, Respublika bosqichida ham omad yor bo'lishini tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hazorasp_IM
#Ayolga_ehtirom_haftaligi

O’QUVCHILARDAN TURLI XALQLAR TILLARIDA BAYRAM TABRIGI

Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari "8-mart- Xalqaro xotin qizlar kuni" bayrami munosabati bilan ko'p millatli davlatimiz ayollariga turli xalqlar tillarida tabrik yo'llashdi.

📌 Ma'lumot uchun, hozirda O'zbekiston Respublikasida 130 dan ortiq millat vakillari bir oila bo'lib yashab kelishmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Ayolga_ehtirom_haftaligi
#Hazorasp_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ayolga ehtirom" haftaligi doirasida:

✓ "Ayolni e’zozlash-ezgulik va adolat mezoni” shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

✓Ingliz tili fani o'qituvchisi Axmedova Muxabbat tomonidan 5-"A" sinfida "Happy mothers day" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

✓Ayol o‘qituvchi va xodimlar ishtirokida sport musobaqalari tashkil qilindi.

✓Bir guruh o'quvchilar ustozlari hamrohligida xalq tinchligi yo'lida xizmat vazifasini o'tayotgan vaqtda halok bo'lgan marhum kapitan B.Matirzayevning turmush o'rtog'i Allaberganova Gulnora opa xonadonlarida bo'lib bayram bilan tabrikladilar.

✓Maktab psixologi D.Komiljonova tomonidan "Shukronalik hissi" mavzusida seminar- trening mashg'uloti o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Hazorasp_IM
#milliy_libos

“Milliy libos – qadriyatlar ramzi”

💎Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida milliy qadriyat va urf-odatlarni asrab-avaylash hamda ularni kelajak avlodga singdirish,  milliy boy madaniy merosni targʼib qilish maqsadida "Milliy libos barchaga yarashadi" shiori ostida maktab jamoasi o‘z faoliyatini boshladi.

💠 O‘ziga xos liboslarimiz milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada oshirdi!

🌐 Telegram | Facebook
#Hazorasp_IM
#Tabriklaymiz

HAZORASP TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIning 11- sinf oʻquvchisi

Sobirova Adolat Nodirbek qizi  - matematika, ingliz tili, tarix, o‘zbek tili va adabiyoti fanlaridan sertifikatni qoʻlga kiritib, 189 ball bilan rekord natijani qo'lga kiritdi.

Endilikda Adolat kirish imtihonlarisiz grant asosida oʻzi tanlagan yoʻnalish boʻyicha oliygohda taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻldi.

⚡️ Ushbu natija bilan Adolatning ota-onasi va ustozlarini,  butun maktab jamoasini samimiy qutlaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Xushxabar
#Hazorasp_IM
#Asosiy_fan_olimpiadasi

Xabaringiz bor, 25-26-mart kunlari Asosiy fan olimpiadasining IV (Respublika) bosqichiga start berilgan edi. Qoraqalpog'iston Respublikasida o'tkazilgan Fizika fanidan asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi

Rajabov Dilshodbek Hasan o'g'li faxrli 2-o'rinni egalladi.

👏Dilshodbek o'quvchimizni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!

❗️Eslatib o‘tamiz Olimpiada natijalariga ko'ra g‘oliblikni qo’lga kiritgan o'quvchilar Vazirlar Mahkamasining 562-son qaroriga muvofiq g‘oliblikni qo'lga kiritgan fanidan OTMlarga kirish imtihonlarida maksimal ball beriladigan imtiyozga ega bo‘ladilar.

✔️Shuningdek, g'olib o‘quvchilar va ularning ustozlari belgilangan tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

🛎Bizni kuzatishda davom eting.
        https://t.iss.one/HazoraspIMA
#Hazorasp_IM
#Tadbir

HECH KIM HECH QACHON UNUTILMAYDI !

🇺🇿 Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 1999-yil 30-mart kuni Sarimoy voqealarida bir guruh terroristik jinoyatchilarni qo'lga olishda qahramonlarcha halok bo'lgan Davlat xavfsizlik xizmati xodimi Erik Gayazov xotirasiga bag'ishlangan "Hech kim hech qachon unutilmaydi" shiori ostida xotira tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirni  Hazorasp tuman hokimining birinchi o'rinbosari J.Ro'zimov ochib berdi. So'zga chiqqanlar Davlat xavfsizlik xizmati xodimi marhum Erik Gayazov va uning qahramonliklari borasida gapirib o'tdilar.

O'tkazilgan tadbirda DXX xodimlari, mahalla faollari, keksa nuroniylar va maktab o'quvchilari qatnashdilar.

Bunday tadbirlar yoshlar ongida ona Vatanga bo'lgan muhabbatni yanada oshirishga xizmat qiladi.

🌐 Telegram | Facebook
#Hazorasp_IM
#Amir_Temur_689

🇺🇿Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari Hazorasp tumanida joylashgan DXX chegara qo'shinlariga qarashli harbiy bo'lim askarlari bilan buyuk davlat arbobi, sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Buyuk Temur avlodlarimiz!” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbir avvalida
Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi m'anaviy-marifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari A.Abdullayev yig'ilganlarga Amir Temurning hayoti, harbiy-siyosiy faoliyati, adolatga asoslangan davlat boshqaruvi, yosh avlod tarbiyasiga oid fikr-mulohazalari haqida so‘z yuritdi.

📌Shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari va harbiy qism askarlari o'rtasida Temur tuzuklari asosida tuzilgan "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi. Intellektual o'yin natijalariga ko'ra do'stlik g'alaba qozondi.

🌐 Telegram | Facebook
#Hazorasp_IM
#Dars_jarayoni
#Laboratoriya

Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining laboratoriya dars jarayonlaridan lavhalar:

▪️Fizika fani o'qituvchisi Axmedov Jamolbek 9-"D" sinfida "Shishaning nur sindirish ko'rsatkichini aniqlash" mavzusida laboratoriya mashg'uloti o'tkazdi.

▪️Kimyo fani o'qituvchisi Eshchanov Surojbek 8-"D" sinfida "Vodorod olish.Vodorod xossalari" mavzusida laboratoriya mashg'uloti o'tkazdi.

Bu kabi laboratoriya mashg'ulotlari o'quvchilarda olgan nazariy bilimlarini hayotda qo'llay olish ko'nikmasini hosil qilishga yordam beradi.

🌐 Telegram|Facebook