XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.8K photos
1.42K videos
32 files
6.32K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
July 30, 2023
July 31, 2023
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

📢 PREZIDENT MAKTABLARI IMTIHONLARINING IKKINCHI BOSQICHI BOSHLANDI

📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

Xabar berganimizdek, Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlarini Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari tomonidan nazorat qilinmoqda.

✔️ Shuningdek, Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ushbu tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

🗺 Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Imtihonda ishtirok etayotgan barcha talabgorlarga omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 31, 2023
July 31, 2023
#imtihon_2023
#ikkknchi_bosqich
#prezident_maktablari

⚡️ Bugun Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🌐 Quyidagi havolalar orqali hududlardagi jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.

🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI

Andijon shahridagi Prezident maktabi
Buxoro shahridagi Prezident maktabi
Guliston shahridagi Prezident maktabi
Jizzax shahridagi Prezident maktabi
Qarshi shahridagi Prezident maktabi
Navoiy shahridagi Prezident maktabi
Namangan shahridagi Prezident maktabi
Nukus shahridagi Prezident maktabi
Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
Samarqand shahridagi Prezident maktabi
Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
Xiva shahridagi Prezident maktabi
Termiz shahridagi Prezident maktabi
Toshkent shahridagi Prezident maktabi

🗣Eslatma, Nurafshon shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

❗️Ma'lumot uchun, imtihonlar 1 smenada o‘tkazildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 31, 2023
#imtihon_2023

📣5-AVGUST KUNI “YANGI O‘ZBEKISTON” UNIVERSITETIGA KIRISH IMTIHONIDA QATNASHUVCHI ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

“Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2023/2024-o‘quv yili uchun 5-avgust kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan saralash imtihonlari soat 12:00 da bo‘lib o‘tadi.

✔️ Eslatib o‘tamiz, barcha abituriyentlar imtihondan bir soat oldin shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda ruxsatnoma bilan imtihon o‘tkaziladigan manzilga borishlari kerak.

Imtihonlarda barcha abituriyentlarga omad tilab qolamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 2, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
August 2, 2023
#imtihon_2023

📣 “YANGI O‘ZBEKISTON” UNIVERSITETIGA KIRISH IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TADI

✔️ 5-avgust kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2023/2024-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari o'tkaziladi.

Universitetga o‘qishga qabul qilinish uchun ingliz tilidan ham xalqaro til bilish sertifikatga ega bo‘lish talab etiladi. Buning sababi esa universitetda darslar to‘liq ingliz tilida olib boriladi.

📌 Har bir fan bo‘yicha kirish imtihoni test shaklida bo‘lib, 20 ta topshiriqdan iborat. Abituriyentlarga har bir to‘g‘ri javob uchun 5 baldan beriladi. Bunda bir fan kesimida eng ko‘pi bilan 100 ball to‘planishi mumkin.

Har bir fan bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarish uchun 70 daqiqa vaqt ajratiladi.

Ma’lumot uchun,

Universitet qabul nizomiga ko‘ra, o‘qishga hujjat topshirgan talabgorlar xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan taqdirda sertifikat baliga ko‘ra tegishli fandan maksimal miqdorgacha ball berilishi va talabgorning xohishiga ko‘ra imtihonlardan ozod etilishi mumkin.

Bu turdagi sertifikatlarga SAT, IB, GCSЕ, IGCSЕ, GCЕ O-Level, GCЕ A-Level va AS-Level dunyoning ko‘plab universitetlari tomonidan tan olinuvchi xalqaro sertifikatlar kiradi.

Shuningdek, xalqaro fan olimpiadalarida oltin, kumush va bronza medaliga ega abituriyentlar ham imtihonlardan ozod etiladi.

📍Ushbu qabul imtihoni yurtimizning jami 14 ta hududida tashkil etilmoqda. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlaridagi Prezident maktablarida, Toshkent shahrida esa Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab binosida o‘tkaziladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 4, 2023
August 5, 2023
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

❗️PREZIDENT MAKTABLARINING BO‘SH O‘RINLARIGA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR UCHUN KIRISH IMTIHONI TOSHKENT SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA BO‘LIB O‘TDI

✔️ Imtihonda sinflar kesimida tegishli ingliz tilini bilish sertifikati bor 49 nafar talabgor qatnashdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 29, 2023