XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20K photos
1.34K videos
32 files
6.12K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Forwarded from GrantGO
Rossiyaning ITMO universiteti tomonidan 10-11-sinf o'quvchilariga mo'ljallangan ICHEM PRIZE loyihalar tanlovi

Talablar
Rossiya Federatsiyasi va MDH davlatlari fuqarolari ishtirok etishi mumkin;
— Ishtirokchilar 10-11- sinf o'quvchilari bo'lishlari lozim.

Tanlov yo'nalishlari: kimyo va kimyoviy texnologiyaning boshqa fanlar bilan kesishmasi, biologiya, biotexnologiya, informatika va robototexnika, sanoat dizayni.

Foydali tomonlari
— G'oliblar ITMO universitetining Infokimyo tadqiqot va ta'lim markazida amaliyot o'tash imkoniyatiga ega bo'ladi;
— ITMO.STARS tanlovining final bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'ladi;
— Shuningdek, diplom, esdalik sovg'alari va:

— 1-o'rin: 150,000 rubl;
— 2-o'rin: 100,000 rubl;
— 3-o'rin: 50,000 rubl bilan taqdirlanadilar.

Oxirgi muddat
01.03.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/59725

#tanlovlar #mukofot #Rossiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Forwarded from GrantGO
Ijodkorlik, media va dizayn sohasi vakillari uchun Rossiyada o'tkaziladigan ijodkor yoshlar festivali

Talablar
— Festivalda Rossiya va Markaziy Osiyodan (jumladan, O'zbekistondan) 18 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan ijodkor yoshlar ishtirok etishi mumkin;
— Dastur ijodkorlik, san'at va intellektual faoliyatning turli yo'nalishlarini o'z ichiga oladi.
— Ingliz va rus tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (sertifikat soʻralmaydi)

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— Omsk shahrigacha aviachipta, turarjoy, ovqatlanish va mahalliy transport xarajatlari to'liq moliyalashtiriladi.

Oxirgi muddat
14.06.2024 12:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/06162

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #toʻliq_moliyalashtiriladi #Rossiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Forwarded from GrantGO
Fizika va matematika fanlari bo'yicha Phystech.International onlayn olimpiadasi

Talablar
— Olimpiadada bakalavr bosqichini Moskva fizika-texnika institutida grant asosida o'qishni istagan barcha davlat fuqarolari qatnashishlari mumkin;
— Maktabni yoki o'rta-maxsus ta'lim shaklini tugatish arafasida turgan o'quvchilar ham qatnashish imkoniyatiga ega.

Foydali tomonlari
— Olimpiadadan muvaffaqiyatli o'tgan talabalar Moskva fizika-texnika institutida grant asosida o'qishga kirish imkoniyatiga ega bo'lishadi;
— Fizika va matematika bo'yicha olgan bilimlarni sinab ko'rish imkoniyati bo'ladi;
— Olimpiadada dunyoning istalgan qismidan turib onlayn qatnashish mumkin.

Oxirgi muddat
15.09.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/15238

#tanlovlar #grant #Rossiya

Telegram | YouTube | Mentorlik