XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.94K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Oʻquv_seminar

YANGI BAHOLASH TIZIMI MAVZUSIDAGI O'QUV SEMINARLARI MAKTABLARDA DAVOM QILMOQDA

🏫 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida "Yangi baholash tizimi" mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

✔️ O‘quv seminarida Xiva shahri va Xiva tumani umumiy o'rta ta'lim maktablarining direktor o‘rinbosarlari hamda uslubiy birlashma (aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xorijiy tillar) rahbarlari qatnashdilar.

💥 Ushbu o'quv seminarni o‘tkazishdan maqsad:
ta'lim muassasalarida 2023-2024-o‘quv yilidan yangi baholash tizimini joriy qilish hamda uni amaliyotga qo‘llash bilan tanishtirish.
baholash tizimining qulayligini fanlar kesimida izohlab berish.

🌐 Telegram | Facebook
#Oʻquv_seminar
#Yangi_baholash_tizimi

🔸Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 16-avgustdagi "Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida"gi 248-son hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktorining 2023-yil 18-avgustdagi 90-AF-son buyruqlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 19-22-avgust kunlari Toshkent shahridagi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "O‘quvchilar bilimini baholashning yangi tartibi tajriba-sinovdan o‘tkaziladigan maktablarga biriktirilgan trener-o‘qituvchilar uchun seminar-treninglar" tashkil etilmoqda.

Bugun Xorazm viloyati bo'yicha 42 nafar trener-o‘qituvchilar seminar jarayonlarida qatnashmoqdalar.

🌐
Telegram | Facebook
#oʻquv_seminar

⚡️LABORATORIYA JIHOZLARIDAN FOYDALANISH BOʻYICHA OʻQUV-SEMINAR

🤩Agentlik tizimidagi maktablarning fizika, kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchilari uchun laboratoriya jihozlaridan foydalanish boʻyicha oʻquv-seminar oʻtkazilmoqda.

Mazkur seminar Agentlikning masʼul xodimlari, Fan kengashi aʼzolari tomonidan ZOOM platformasi orqali onlayn tashkil etilib, mavzular tizimdagi barcha maktablarning fizika, kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra tanlab olingan.

Oʻquv-seminar davomida ishtirokchilarning laboratoriya jihozlaridan toʻgʻri foydalanish malakalari oshirilmoqda. Murakkab mavzularda amaliy darslar bilan o‘qituvchilarga metodik yordam berilib, Agentlikning Fan kengashi aʼzolari tomonidan yoʻlga qoʻyilgan videodarslar orqali o‘qituvchilarning laboratoriya ishlarini bajarish koʻnikmalari mustahkamlanmoqda.

Oʻquv seminari 15-noyabrga qadar barcha hududlar kesimida olib boriladi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlikning Fan kengashi aʼzolari tomonidan yoʻlga qoʻyilgan loyiha doirasida fizika, kimyo va biologiya fanlaridan laboratoriya ishlarini bajarish boʻyicha videodarslar tayyorlanib, respublikadagi barcha oʻquvchi va oʻqituvchilar foydalanishlari uchun Youtube platformasiga joylab borilmoqda.

Videodarslarni quyidagi havolalar orqali kuzatib borish mumkin:

Fizika fan kengashi YouTube kanali;
Kimyo fan kengashi YouTube kanali;
Biologiya fan kengashi YouTube kanali.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM