XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.15K subscribers
23.4K photos
1.6K videos
33 files
7K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Xiva_shahar_2_son_IM
#davra_suhbati

Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida:

▪️9-sinf o‘quvchilari uchun "3-Renessans yoshlari" mavzusida maxsus taqdimot o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatida I va II renessans davrlari tarixi, xalqaro sertifikatlarning tarixi va ahamiyati, O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari va dunyoning top universitetlariga kirish talablari, yurtimizda ta’lim sohasidagi islohotlar kabi masalalar keng yoritib berildi.

▪️Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari doirasida Xiva shahar Angarik mahallasi Yoshlar yetakchisi Boboxon Jumanazarov boshchiligida davra suhbati tashkil qilinib, "Vatanparvarlik" gʻoyasini targʻib qiluvchi videoroliklar namoyishi o'tkazildi. Kelajakda harbiy boʻlish hamda ona yurt oldidagi muqaddas vazifalarni oʻtash kabi masalalar yuzasidan suhbatlashildi.

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_qadriyatlar
#Xiva_shahar_2_son_IM

⚡️ Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida pedagoglar jamoasi bilan birga oʻquvchilar turli tadbir va tanlovlarda asosiy eʼtiborni milliylikni targʻib etishga ham qaratmoqdalar.

🌐 Telegram | Facebook
#Ayolga_ehtirom_haftaligi
#Xiva_shahar_2_son_IM

🌺 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida bayram munosabati bilan ayol xodimlari orasida maktab psixologi Qalandarova Sabohat boshchiligida psixologik trening oʻtkazildi.

Trening "Taʼrif egasi" deb nomlandi. Har bir ishtirokchi o'ziga yashirin tarzda belgilangan xodim haqidagi maʼlumotlarni yozdi va vaqt tugagach, navbat bilan o'qib eshittirdi. Jarayon qiziqarli va kutilmagan vaziyatlarga boy bo'ldi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Xiva_shahar_2_son_IM

⚡️Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining ish faoliyati, dars jarayonlari, oʻquv dargohida yaratilgan sharoitlar, bugungi kundagi yutuqlari, kelgusi rejalari bilan "Najot - bilimda" ko‘rsatuvi orqali tanishishingiz mumkin.

🌐 Telegram | Facebook
#CHSB_jarayon
#Xiva_shahar_2_son_IM

Bugun tajriba-sinov maktablarida III chorak yakuni bo'yicha CHSB sinovlari boʻlib oʻtdi.

 MMTVga qarashli Xiva shahridagi
▪️6-sonli
▪️9-sonli
▪️7-sonli
▪️56-sonli
▪️16-sonli
▪️17-sonli maktablarda 3-chorak CHSB nazorat imtihonlarini o‘tkazishda Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining  bir guruh o’qituvchilari masʼullik qildilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Ertalabki_kayfiyat
#Navroʼz_ayyomi
#Xiva_shahar_2_son_IM

XIVA SHAHAR 2-SON IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIDA NAVRO'Z SHUKUHI

🌸 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida bugungi kun yuqori kayfiyatda boshlandi. Maktabning 8-sinf oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan ertalabki kutib olish 8:00 da boshlandi va qiziqarli lahzalarga boy boʻldi.

🌺 Oʻquvchilar va ustozlar turli milliy hamda sport oʻyinlarida oʻzlarini sinab koʻrishdi.

Bayramona tilaklar yozildi. Qatnashchilar Navroʻz bayrami bilan bogʻliq savollarga javob berishdi.

📍Darslar o'zvaqtida ko'tarinki ruhda boshlandi.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangi_baholash_tizimi
#Xiva_shahar_2_son_IM

▫️Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida Xiva shahar 20-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining bir guruh pedagoglari uchun yangi baholash tizimiga bag‘ishlangan seminar-trening oʻtkazildi.

Seminar ishtirokchilari maktab psixologi Qalandarova Sabohat boshchiligida qiziqarli tarzda kutib olindi.

Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktori o‘rinbosari Artiqov Islombek tomonidan yangi baholash tizimiga oid asosiy maʼlumotlar berildi va oʻquvchilardan olingan nazorat ishlaridan namunalar koʻrsatildi.

Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Ertalabki_badantarbiya
#Xiva_shahar_2_son_IM

🏃‍♂️ Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilar ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarib, kunni tetik va ko'tarinki kayfiyatda boshlalamoqdalar.

4- va 8-aprel kungi mashg'ulotlardan lavhalar.


🌐 Telegram | Facebook
#eco_school
#Xiva_shahar_2_son_IM
#Bogʻot_IM

🍀 O‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitga e’tiborli bo'lishga undash maqsadida "Eco-Schools Uzbekistan" tashabbusi doirasida ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlardan lavhalar:

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari "Eco-School" dasturi asosida o'z g'oyalarini ishlab chiqishdi va seminar-trening tashkil etishdi. Tadbir davomida o'quvchilarga "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasi tushuntirilib, 7 qadam metodologiyasi bo'yicha ishlash to'g'risida ko'rsatmalar berildi.

Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining "Eco school" jamoasi a'zolari belgilangan reja asosida o'z ish faoliyatlarini davom ettirmoqda. Har bir sinfga keraksiz qog'oz mahsulotlarini solish uchun maxsus qutilar qo'yilgan edi. Jamoaning tashabbuskorligi bilan yanvar oyidan buyon yig'ilgan qog'ozlar qayta ishlash uchun kerakli joyga topshirildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Eco_school
#Yangibozor_IMI
#Xiva_shahar_2_son_IM

Tabiatga ko‘rsatilgan mehr – o‘zimizga qaytadi!


🍀 Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining Eco-leading jamoasi  "Yashil zaminga aylantiramiz" loyihasini tashkil etishdi. Loyihada nafaqat ishchi-xizmatchilar, balki jamoaning koʻngilli oʻquvchilari ham faol ishtirok etdilar.

🍀 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining "Eco school" jamoasi aʼzolari tabiat muhofazasi uchun harakatda davom etmoqda. Jamoa bu gal ona tabiatimiz chiroyiga koʻrk qoʻshayotgan bir qancha gul koʻchatlarini oʻtqazishdi.

🌐 Telegram | Facebook