XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#xushxabar
#xalqaro_olimpiada

⚡️Agentlik tizimidagi maktab oʻquvchilari Qozogʻistonning Ostona shahrida boʻlib oʻtgan “STEM Olimpiadasi – taʼlimda innovatsiyalar” xalqaro olimpiadasida gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

📝 Jumladan:
1-oʻrin – Abdulhamid Xidirov, Bohirbek Ibrohimov – Toshkent shahridagi Prezident maktabi;
3-oʻrin – Muso Rahimberganov, Umrbek Oktabrov – Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati.

🗣Maʼlumot uchun, mazkur olimpiadada 5 ta (Oʻzbekiston, Rossiya, Qirgʻiziston, Estoniya, Qozogʻiston) davlatdan jami 150 ta guruh qatnashdi.

💫 Oʻquvchilarimizni gʻalaba bilan tabriklab, ularning kelgusidagi oʻqish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabriklaymiz
#xushxabar

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova uzbekistanofficial.uz sayti rasmiy telegram kanalida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Eng namunali faoliyat yuritgan vazir” deb topildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#Xushxabar
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Fan_olimpiadasi

💠 Noyabr oyining 28-sanasida Xorazm viloyati bo‘yicha 9-sinflar o‘rtasida fan olimpiadasining lll (viloyat) bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ilk kundan xushxabarlar barchamizni xushnud qildi.


➡️ Unda Ogahiy nomidagi ijod maktabining ikki nafar o‘quvchilari

9-"B" sinf o‘quvchisi Aminboyeva Nafisa ona tili va adabiyot fanidan ishtirok qilib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

9-"B" sinf o‘quvchisi To‘liboyeva Mohinur ona tili va adabiyot fanidan ishtirok qilib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.


👏 Ishonchimizni oqlagan o‘quvchilarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini maktab jamoamiz nomidan samimiy tabriklaymiz.

🔻Ertanggi 10-sinflar o'rtasida bo'lib o'tadigan viloyat olimpiadasida qatnashuvchi o'quvchilarimizga ham omad yor bo'lishini, g‘oliblar safi bundanam kengayishini tilab qolamiz.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Xushxabar
#Vatan_taraqqiyotiga_mening_hissam
#Viloyat_bosqich

🇺🇿 Mamlakatimizda ilm-fan, san'at, madaniyat, badiiy ijod kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan, tashabbuskor fidoyi talaba-yoshlar o‘rtasida

🔸Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Xorazm viloyat bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" Respublika ko'rik-tanlovining Xorazm viloyati bosqichida Ogahiy nomidagi ijod maktabidan ustoz va o‘quvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

🥇1-o‘rin "Nasr" yo‘nalishidan
Jumanazar Yo‘ldoshev, maktabning "Navnihol" ijodiy to‘garagi rahbari
🥉3-o‘rin
Nurmamatova Oygul, 8-"B" sinf o‘quvchisi


🥈2-o‘rin "Nazm" yo‘nalishidan
Yo‘ldosheva Dilrabo, 9-"B" sinf o‘quvchisi

🥇1-o‘rin "Publitsistika" yo‘nalishidan
Xorun Muso, maktabning tarbiyachi-pedagogi

🥈2-o‘rin "Axborot texnologiyalari" yo‘nalishidan
Baxtiyorov Jahongir, 10-"B" sinf o‘quvchisi

➡️ G'oliblarimizni tabriklaymiz va Respublika yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan ikki nafar ustoz-pedagoglarimizga omad tilymiz.
#Xushxabar
#Respublika_tanlovi
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🔸 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan oʻtkazilgan Respublika insholar tanlovida oʻzining "Sharafimsan, iftixorimsan, Vatan bayrogʻi! mavzusida yozgan inshosi bilan ishtirok etgan

🔹Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-"A" sinf oʻquvchisi Amatova Muxlisa faxrli 2-oʻrinni egalladi. G‘olibamiz diplom, sovgʻa va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

➡️ Tashkilotchilar tomonidan taqdim qilingan diplom va rag‘batlantiruvchi sovg‘alar bugun Toshkentdan yetib keldi.

👏 O‘quvchimizni maktab jamoamiz nomidan samimiy qutlaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Xushxabar
#Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor
#Respublika_bosqichiga_yòllanma

⭐️Bugun “Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali viloyat bosqichi o‘tkazildi

6 yoshdan 15 yoshgacha boʼlgan ijodkor yoshlar o‘rtasida madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasidagi iqtidor egalari uchun Yoshlar ishlari agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi binosida "Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiy festivali tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

🔸Unda Ogahiy nomidagi ijod maktabidan iste'dodli o'quvchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Jumladan:


➡️ Tanlov yakuniga ko‘ra Nasr yo‘nalishi ishtirokchilari 8-"B" sinf o‘quvchisi Nurmamatova Oygul 🥇1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 8-"A" sinf o‘quvchisi Saparboyeva Nilufar 🥉3-o‘ringa munosib ko‘rilib, hakamlar e'tirofiga sazovor bo‘ldi.

👏 G‘oliblikka erishgan o‘quvchilarimizni qutlaymiz.
Respublika bosqichida Oygulga omad va g'alabalar tilaymiz.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#XUSHXABAR
#17_DEKABR_OGAHIY_TAVALLUD_TOPGAN_KUN
#IJOD_MAKTABIMIZ_ENDILIKDA
#ÒZBEKISTON_ADABIYOTI_VA_SAÑATI_GAZETASIDA

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi ustoz va o'quvchilarining ijod namunalari bugun O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayram kunida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi Respublikamiz ijodkorlarining bosh nashri "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasining 2023-yil 8-dekabrdagi N:48-49 sonida "BIZ ISTIQLOL BOLALARIMIZ" sarlavhasi ostida, to'liq bir sahifada bosilib chiqdi.

📌 Dilbandlarimiz ijodini yoritib berganliklari uchun "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasi tahririyatiga va ijod makrabimiz oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Muhabbat Jumaniyazovaga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va yanada baland ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi rasmiy axborot sahifalari

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Xushxabar
#OAV_va_biz

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining pedagog-ustozlari va o'quvchimizning ijod namunalari Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan adabiy-badiiy nashr hisoblangan "Ezgu so‘z" gazetasida "Ogahiy ijod maktabi sahifamiz mehmoni" rukni ostida to‘la sahifada 2023-yil 6-dekabr sonida

maktabning psixologi Maqsuda Atajonovaning
"Kasbiy rivojlanish" nomli maqolasi
maktabning hamshirasi Oyshajon Masharipovaning "Salomatlik umr foydasi" nomli maqolasi
maktabning tarbiyachi-pedagogi Zaripova Chinnigulning "Muqaddasdir vatan bayrog‘i" nomli maqolasi
maktabning tarbiyachi-pedagogi Xorun Musoning "Ogahiy izdoshlari" nomli maqolasi
maktabning 8-"A" sinf o‘quvchisi Rustamboyeva Niginaning "Bag‘ishlov" nomli she'ri chop qilindi.


👏 Ogahiy jamoamiz nomidan gazeta sahifasida yoritilgan barchani samimiy tabriklaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#XUSHXABAR
#17_DEKABR_OGAHIY_TAVALLUD_TOPGAN_KUN
#IJOD_MAKTABIMIZ_ENDILIKDA
#XIVA_TONGI_GAZETASIDA

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi ustoz va o'quvchilarining ijod namunalari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayram kunida Xiva shahar va Xiva tuman hokimliklari muassisligidagi vohamizning otaxon nashrlaridan biri "XIVA TONGI" gazetasining 2023-yil 8-dekabrdagi N:12 sonida to'liq bir sahifada bosilib chiqdi.

📌 Ustozlar va dilbandlarimiz ijodini yoritib berganliklari uchun "XIVA TONGI " gazetasi tahririyatiga va ijod makrabimiz "Navnihol" to'garagi rahbari, istiqbolli yozuvchi va shoir Jumanazar Yo'ldoshga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va yanada baland ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Xushxabar
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🔰Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi tomonidan 100 nafar iqtidorli o‘quvchi “Ziyolilar School” almanaxi kitobi uchun saralab olindi.


⚡️Eng faol, iqtidorli, zukko, tashabbuskor o'quvchi sifatida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-"B" sinf o'quvchisi Yangiboyeva Nurhayot ham e'tirof etildi.

🌟Navbatdagi g'alaba bilan jamoamizni, dilbandimiz Nurhayotni shodiyona qutlaymiz!!!

Ota-onangga rahmat, Nurhayot!!!

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌