XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.93K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#sayohat

🔰Xiva shahridagi Prezident maktabining 6- sinf o'quvchilari bilan Geografiya fani doirasida Yevrosiyo materigi mavzusida Beruniy asos olgan "Ma'mun akademiyasi" ga sayohat uyushtirildi.

📍Mamun akademiyasida o'quvchilar olimlar hayoti va qadimiy eksponatlar bilan tanishdilar. Zamonaviy laboratoriyalarda ilmiy ish olib borayotgan tadqiqotchilar bilan suhbatlashdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Sayohat
#Abu_Rayhon_Beruniy_1050_yilligi

📍 11-aprel kuni Ogahiy ijod maktabining ijodiy madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi Yo‘ldashev Jumanazar boshchiligida o‘quvchilar "Xiva tongi" tahririyatiga sayohat uyushtirildi.

📰 Bosh muharrir Sherjon Masharipov o‘quvchilarga tahrir san'ati, jurnalistlik mashaqqati hamda "Xiva tongi" gazetasi tarixi haqida so‘zlab berdi. Gazetaning oxirgi chiqqan soni va undagi maqolalar haqida qiziqarli ma'lumotlar ulashdi.

📍 Sayohat davomida o‘quvchilar Xiva shahar Axborot-resurs kutubxonasiga ham borishdi va u yerda Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag‘ishlangan "Beruniy - ulug‘ o‘zbek mutafakkiri" mavzusidagi madaniy-ma'rifiy tadbirda ishtirok etishdi.

💬 O‘quvchilar ulug‘ alloma Beruniy haqidagi bilimlarini baham ko‘rishdi va o‘z ijodiy ishlaridan ham o‘qib berib kutubxona xodimlarining e'tirofiga sazovor bo'lishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Sayohat

📍Xonqa  tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tabiiy fanlar yo'nalishidagi 10- va 11- sinf o'quvchilari

🌿 Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatiga biologiya fani o'qituvchilari Muazzam Bekchonova, Dilfuza Sabirova hamda maktab maslahatchisi O'ktam Jabbarov rahbarligida sayohat qildilar.

🎯 Sayohat o‘quvchilarni rezervat flora va faunasi bilan yaqindan bevosita tabiat qo'ynida tanishtirish maqsadida tashkil qilindi.

Rezervat bosh mutaxassisi Baxt Kamalov o'quvchilarni bu yerdagi muzey va qo'riqxona faoliyati bilan tanishtirdi. 

🍃 Rezervatda o'quvchilar o'simliklardan namunalar to'plab, gerbariylar tayyorlashdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Sayohat
#Dayjest

♻️ VATAN BO‘YLAB
SAYOHAT TURKUMIDAN:
Madaniy yodgorliklarimiz yoshlar nigohida


📍 Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-8-sinf oʻquvchilari uchun Xiva shahrida joylashgan Ichan qal'a majmuasida joylashgan "O‘lkashunoslik" muzeyiga sayohat tashkil etildi.

📍 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
o'quvchilari tuman kulolchilik markazi, Xorazm viloyati musiqali drama teatri, Xiva shahridagi Ichan qal'a majmualariga sayohat qilishdi.

📍 Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-B sinf o‘quvchilari Urganch Davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyiga ekskursiya qilishdi.

📍 Xiva shahridagi Prezident maktabining o'quvchilari Ogahiy xotirasini yod etib, ijodkor uy-muzeyi bo‘ylab sayohat qilishdi.

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sayohat

Yozgi ta'til mazmunli o‘tmoqda

🇺🇿 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 9-03 sinf o‘quvchilari  ta'til kunlari bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "A'lo ta'til" loyihasi doirasida Xiva Ichan Qal'a bo‘ylab sayohatga chiqdilar.

📝 Sayohatga biologiya fani o'qituvchisi Sevara Jumaniyazova rahbarlik qildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Sayohat
#Xiva_shahar_1_son_IMI

Xiva shahar 1 -son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-11-sinf o'quvchilari Ichan qal'a muzey qo'riqxonasiga sayohat qildilar.

🕌 Sayohat chog'ida o'quvchilar madrasa, masjid, minora kabi memoriy obidalarni tomosha qilgan holda, ular haqida bir qancha ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

🌐Telegram | Facebook
#Bogʼot_IM
#Sayohat
#Qishki_taʼtil

📚Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari qishki ta'tilni mazmunli o‘tkazish maqsadida tumandagi  Ma'naviyat
maskani
ga tashrif buyurishdi
.

🗂 O‘quvchilar kutubxona faoliyati bilan tanishdilar va o'zlaring qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

📖 Sayohatdan o‘quvchilar ma'naviy va madaniy hordiq chiqarishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Vatanparvarlik
#Sayohat
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🇺🇿 URGANCH shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 10.02-sinf o'quvchilari Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha direktor o'rinbosari - CHQBT rahbari, zahiradagi podpolkovnik A.Rajabov boshchiligida "Jasorat bog'i" va Xorazm viloyatida joylashgan 53008-sonli harbiy qismga sayohat uyushtirishdi.

🇺🇿
Sayohat davomida o'quvchilar madaniy hordiq olish bilan bir qatorda o'zlarida yanada vatanparvarlik kayfiyatini his qilishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Sayohat
#Xiva_Prezident_maktabi

Xiva shahridagi Prezident maktabining IT sohasiga qiziquvchi o'quvchilari uchun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialiga
sayohat tashkillashtirildi.

📍Bunda o'quvchilar oliy ta'lim muassasasi imkoniyatlari, ta'lim yo'nalishlari bilan yaqindan tanishdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Sayohat
#Xiva_shahar_1_son_IMI

🕌Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining

📍5-6 sinf o'quvchilari maktab psixologi Y.Djumaniyozov va tarbiyachi B.Abdusharipova boshchiligida

📍8-a sinf o'quvchilari maktab maslahatchisi U.Erkinova va ingliz tili fani o'qituvchisi B.Sadullayev boshchiligida "Xiva Ichan qal'a muzey qo'riqxonasiga" sayohat qilishdi.

⚡️O'quvchilarning ingliz tilida gapira olishini tekshirish va omma oldida gapirishga o'rgatish maqsadida tashkil qilingan sayohatlar davomida o'quvchilar turistlar bilan muloqot qilib, bir nechta me'moriy obidalar haqida ingliz tilida ma'lumot berib o'tdilar.

🌐 Telegram | Facebook