XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.54K subscribers
24K photos
1.63K videos
33 files
7.2K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun

18-NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROGʻI QABUL QILINGAN KUN!


🎞18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun.

🌐 Telegram | Facebook
#Bugun


3-Dekabr - Xalqaro Nogironlar kuni

Международный день инвалидов

International Day of Disabled Persons

♿️ Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuni har yili nishonlanuvchi sana bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad – siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha jabhalarida bunday insonlarning huquqlarini targ‘ib qilish.

📍Ushbu bayramga 1992-yilda asos solingan bo‘lib, o‘shandan buyon asosiy e'tibor omma tomonidan nogironlarning muammolari tushunilishiga ko‘maklashish hamda bunday insonlarning sha'ni hamda huquqlari qadrlanishi va ularning farovon hayot kechirishlari uchun zarur sharoitlarni ta'minlab berishga qaratib kelinadi.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#Bugun

🔥 1992-yil 10-dekabr. Shu kuni “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Bugun esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligiga 32 yil to‘ldi.

Madhiyamizda xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.

🔅 Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimiz, yoshlarimizni ushbu qutlug‘ kun bilan chin dildan muborakbod etamiz! Istiqlolimizni, yurtimizning kuch-qudrati, xalqimizning aql-zakovati, ajdodlarimizning shon-shuhrati va avlodlarimizning yorug‘ kelajagini sharaflovchi ushbu tarona asrlar osha baralla yangrayversin!

🌐 Telegram | Facebook
🎉1
#bugun

28-dekabr – O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov tavallud topgan kun

🎖O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov 1936-yil Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Toshqo‘rg‘on ko‘chasida tavallud topgan. ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan.

Uning o‘ttizdan ortiq nazmiy asarlari chop etilgan. Shuningdek, Gyotening «Faust» asarini, Sergey Yeseninning she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, alohida kitob holida nashrdan chiqqan.

Erkin Vohidov dramaturg sifatida «Istanbul fojiasi», «Oltin devor» asarlari muallifi hisoblanadi. Shoir 2016-yil 30-may kuni 80 yoshida vafot etgan.

🌐 Telegram | Facebook
#Bugun

11-yanvar – Qoʼriqxonalar va milliy bogʼlar kuni

Sana 1997-yilda Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish markazi va Butunjahon yovvoyi tabiat fondi tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (METH) butun dunyoda biologik xilma-xillikni saqlashning muhim markazlari hisoblanadi.

Mamlakatimizda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (METH) tizimiga 7 ta davlat qoʻriqxonasi, 1 ta milliy bog’, 12 ta tabiat bogiʻ, 11 ta tabiiy yodgorlik, 2 ta buyurtma qoʻriqxonasi, 2 ta biosfera rezervati, “Saygachiy” majmuasi (landshaft) qoʻriqxonasi va "Jayran” ixtisoslashtirilgan ekomarkazi kiradi.

Oʻzbekiston florasida 11000 ga yaqin oʻsimlik, zamburugʻ va suv oʻtlari mavjud boʻlib, ulardan 4300 turi noyob yovvoyi oʻsimliklar, ulardan 8%i endemikdir.
Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 314 oʻsimlik turi mavjud. Respublikamiz faunasi umurtqalilarning 715 turi va umurtqasizlarning 14900 dan ortiq turlarini oʻz ichiga oladi, ulardan 206 turi yoʻqolib ketish xavfi ostida, Qizil kitobga kiritilgan
.
👍1
#Bugun

O‘zbek milliy teatr san’atining tamal toshini qo‘ygan jadidni bilasizmi?


Vatanimiz tarixidagi 15-yanvar sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1914-yil (bundan 111 yil oldin) – Samarqanddagi Xalq uyida “Padarkush” spektakli birinchi marta namoyish etildi.

1929-yil (bundan 96 yil oldin) – O‘zbekiston hukumati qaroriga asosan Katta yo‘llar va tosh yo‘llar bosh boshqarmasi tashkil etildi.

1936-yil (bundan 89 yil oldin) – Xorazmda birinchi radioeshittirish amalga oshirildi.

1938-yil (bundan 87 yil oldin) – Buxoro, Farg‘ona, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlari tashkil etildi.

1948-yil (bundan 77 yil oldin) – O‘zbekiston hukumatining «Chet tili o‘qituvchilari tayyorlashni tashkil etish haqida»gi qarori qabul qilindi.


Batafsil:
https://uza.uz/posts/677745

🌐 Telegram | Facebook
#Bugun

O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi


Vatanimiz tarixidagi 16 yanvar sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

2001-yil (bundan 24 yil oldin) – yurtimizda O‘zbekiston – Yaponiya markazi tashkil etildi.

2002-yil (bundan 23 yil oldin) – O‘zbekistonda jahon ta’lim standartlari talablariga muvofiq oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish, qobiliyatli yoshlarning salohiyatini yuzaga chiqarish va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ulardan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, rivojlangan mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toshkent shahrida Xalqaro Vestminster universiteti tashkil etildi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/678159


🌐 Telegram | Facebook
👍1
#Bugun

Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludiga 150 yil to'ldi

⚡️1875-yil – Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog'ida ruhoniy oilasida Mahmudxo'ja Behbudiy dunyoga keldi.

Behbudiy Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatchiligining eng yirik namoyandasi, yangi davr o'zbek madaniyatining asoschisidir. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi, mustaqil jumhuriyat g'oyasining yalovbardori, yangi maktab g'oyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, o'zbek dramaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, jurnalist. U tariximizning g'oyat og'ir va murakkab bir davrida yashadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrda “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to'g'risida"gi qarori qabul qilingan.


Kun tarixi batafsil: https://uza.uz/posts/679051


🌐 Telegram | Facebook
👍3🔥1
#Bugun

XALQARO TAʼLIM KUNI


Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi taʼlimning tinchlik va taraqqiyot yoʻlidagi ahamiyatini eʼtirof etgan holda 2018-yil 3-dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 24-yanvarni “Xalqaro taʼlim kuni” deb eʼlon qilgan edi.

Bu yil dunyo jamoatchiligi “Xalqaro taʼlim kuni”ni yettinchi bor nishonlamoqda.

Mazkur sananing nishonlanishi nafaqat insoniyatning ilm-maʼrifatga tashnaligini eʼtirof etish, balki dunyo davlatlari, hukumat va jamiyatlari eʼtiborini taʼlim sohasidagi mavjud muammolarga, shu jumladan, savodsizlikni bartaraf etish, turli mintaqalarda yaxlit taʼlim, dasturlari ishlab chiqish va amalga oshirish, axborot texnologiyalaridan faol foydalanish kabi masalalarga qaratishni maqsad qilgan.


📌 Shuningdek, Xalqaro ta’lim kuni davlatlar va nodavlat tashkilotlariga ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, ta’limni isloh qilish va har bir bolaga zamonaviy bilim olish huquqini ta’minlash borasida muhim eslatma bo‘lib xizmat qiladi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bugun

26-yanvar - Xalqaro bojxona organlari xodimlari kuni

▫️Har yili 26-yanvar kuni dunyoda Xalqaro bojxona kuni (International Customs Day) sifatida nishonlanadi.

Bugungi kunda xalqaro bojxona tashkilotiga 183 davlat aʼzo bo‘lib, ular xalqaro savdoning 98%dan ortig‘ini boshqaradi. Ularning ¾ qismi rivojlanayotgan mamlakatlardir.

Bugungi kunda 800 mingdan ortiq inson o‘zining kasb bayramini nishonlamoqda – bu butun dunyo bojxonachilarining umumiy soni hisoblanadi.


🌐 Telegram | Facebook