XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.54K subscribers
24K photos
1.63K videos
33 files
7.2K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu haftada:
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida;

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Ogahiy nomidagi ijod maktabida;

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari esa Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida hafta davomida dastur doirasidagi barcha tadbirlarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

#ijod_maktablari #Xorazm #Qashqadaryo #Sirdaryo #Fargʻona #Jizzax #Namangan

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Ўқитувчилар_қурултойи

QASHQADARYO: YANGI BAHOLASH TIZIMINI JORIY ETISHDA SHAFFOFLIKNI TA'MINLAGAN MAKTABLAR VAZIRLIK TOMONIDAN TAQDIRLANDI

QASHQADARYO: Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxo'jayev qatnashgan ochiq muloqot tadbirida sohaga oid eng muhim masalalar muhokama qilindi va yangi loyihalar bo'yicha takliflar tinglandi.

✔️ Shuningdek, joriy o'quv yilida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, zamonaviy texnologiyalar asrida o'quvchilarni barkamol avlod qilib yetishtirish bo'yicha amaliy takliflar bildirildi.

⚡️Ochiq muloqot davomida vazirlik tomonidan yangi baholash tizimi joriy qilingan umumta'lim maktablarida shaffoflikni ta'minlagan ta'lim muassasalariga zamonaviy turdagi 2 ta elektron doska, 2 ta televizorlar taqdim etildi.

Bundan tashqari, qurultoyda ustozlar uchun 4 yo'nalishda xorijiy mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari ham tashkil etildi.

#Qashqadaryo #22_dekabr

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM