XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.9K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Uchrashuv
#Shovot_IMI

๐ŸขShovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Toshkent shahridagi Koreya oliy ta'lim muassasasi ADJU universiteti o'quv-uslubiy ishlar bo'yicha prorektori Ulug'bek Ro'zimov hamda universitet rektori maslahatchisi Azmiddin Mardayevlar maktab-internatning 10-11 sinf o'quvchilari bilan davra suhbati o'tkazdilar.

๐ŸŽ“
ADJU universiteti o'quv-uslubiy ishlar bo'yicha prorektori Ulug'bek Ro'zimov o'quvchilarga universitetdagi fakultetlar, yaratilgan sharoitlar, imtihon jarayonlari, o'qish davomidagi imtiyozlar va stipendiyalar haqida to'liq ma'lumot berdi.

๐Ÿ“นO'quvchilar universitet hayotidan videoroliklar tomosha qilishdi hamda o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi
.

๐ŸŒ Telegram | Facebook
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Uchrashuv

MEDIA SOHASINING TANIQLI VAKILLARI BILAN IJODIY
UCHRASHUV BOโ€˜LIB Oโ€˜TDI

๐Ÿ’  Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Yangi media ta'lim markazi" NNT direktori,f.f.d Beruniy Olimov va taniqli bloger, jamoat faoli Aqida Xanum bilan ijodiy uchrashuv boโ€˜lib oโ€˜tdi.

โž–Tadbirda B.Olimov jurnalistikaning vazifalari, media sohasida hozirgi ochiq siyosat, internet tarmog'idan to'g'ri foydalanish malakalarini shakllantirish masalalariga to'xtaldi.

โž–"Yangi media ta'lim markazi" NNT vakili Parvinaxon sifatli media kontentlar yaratish, ijodiy ishlarni tijoratlashtirish yo'llari bo'yicha maslahatlarini berdi.

โž–Jamoat faoli Aqida Xanum jamiyatimizda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, blogerlikning o'ziga xos jihatlari haqida gapirib, Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari - yosh ijodkorlarga oโ€˜zining dil istaklarini, tilaklarini bildirdi.

โžก๏ธ Uchrashuvda oโ€˜quvchilar oโ€˜z ijodlaridan namunalar oโ€˜qidilar va mehmonlarga "Ogahiy izdoshlari" kitobi sovg'a qilindi.

๐ŸŒ Telegram | Facebook
#uchrashuv
#Qoสปshkoสปpir_IM

๐Ÿ“† Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi da "International academy of business" MChJ (IT PARK) boshqaruvchisi J.Qurbonboyev bilan IT sohasiga qiziquvchi o'quvchilar o'rtasida uchrashuv o'tkazildi.

๐Ÿ“Uchrashuv davomida IT park boshqaruvchisi J.Qurbonboyev o'quvchilarga IT PARKning asosiy maqsadi โ€“ oโ€˜quvchi-yoshlarga yangi axborot texnologiyalari sohasida mustahkam va barqaror bilimlarni berishga qaratilganligini hamda bu yerda dasturlash yoโ€˜nalishlarini oโ€˜rganib, daromadli sohaning egasiga aylanish mumkin bo'lgan zamonaviy kasblar to'g'risida o'quvchilarga ma'lumotlar berib o'tdi.

๐Ÿ“ŒAynan IT sohasiga qiziquvchi o'quvchilar uchun bu
uchrashuv alohida ahamiyat kasb etdi.

๐ŸŒ Telegram | Facebook
#Uchrashuv

โšก๏ธAgentlik tizimidagi maktablarda OLIY TA'lIM MUASSASALARI vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilinmoqda. Jumladan:

โž–Qo'shko'pir tuman IM
da Toshkent shahridagi Koreya oliy ta'lim muassasasi ADJU universiteti prorektori U.Ro'zimov hamda rektor maslahatchisi A.Mardayevlar tomonidan universitetdagi mavjud shart-sharoitlar, qabul kvotalari, imtiyozlar va stipendiyalar, ta'lim jarayoni bilan bog'liq kerakli maโ€™lumotlar berib oโ€™tildi.

โž–Urganch shahar 1-sonIMI da Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali direktori Sh.Ismoilov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Ta'lim yo'nalishlari, respublikamizda IT sohasiga berilayotgan e'tibor, xalqaro qo'shma ta'lim dasturlari, yaratilgan sharoitlar, xalqaro grant dasturlari bo'yicha to'liq ma'lumotlar berib o'tildi. 

โž–Yangibozor tuman IMda Maโ€™mun universitetining oโ€˜qituvchisi S.Masharipov 11-sinf oโ€˜quvchilarini universitet  faoliyati bilan tanishtirdi. Universitet faoliyati yuzasidan tayyorlangan videorolik taqdim qilindi.

๐ŸŒ Telegram | Facebook
#Uchrashuv
#Xiva_shahar_1_son_IMI

TATU Urganch fillialida O'zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi tomonifan raqamli iqtisodiyot, IT sohasi, "Al-Xorazimiy vorislari loyihasi" bo'yicha maxsus anjuman bo'lib o'tdi. Unda Xiva 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat oโ€˜quvchilari ishtirok etishdi.

๐Ÿ“ฒ Unda vazirlik xodimlari O'zbekistonda axborot texnologiyalari bo'yicha yaratilayotgan imkoniyatlar, dasturlashni o'rganish bo'yicha kurslar haqida ma'lumotlar berishdi, davra suhbatida o'quvchilar o'zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

โบ Bundan tashqari, o'quvchilar ushbu oliy ta'lim dargohi va uning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, tadbirkorlik va innovatsion g'oyalar koordinatori Ollaberganova Muyassar o'quv binosi, laboratoriya xonasi va undagi jihozlar, universitetdagi yo'nalishlar haqida tanishtirib o'tdi. Ahamiyatlisi, iqtidorli talabalar o'quvchilarga zamonaviy texnikalarni ko'rsatib, ularga sinab ko'rish uchun amaliy tavsiya berishdi.

๐ŸŒ Telegram | Facebook
#Hamkorlik
#Xiva_shahar_2_son_IM
#Uchrashuv

โšœ Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida
๐™”๐™–๐™ฃ๐™œ๐™ž ๐™Š'๐™ฏ๐™—๐™š๐™ ๐™ž๐™จ๐™ฉ๐™ค๐™ฃ ๐™ช๐™ฃ๐™ž๐™ซ๐™š๐™ง๐™จ๐™ž๐™ฉ๐™š๐™ฉ๐™ž๐™ฃ๐™ž๐™ฃ๐™œ ๐™ฅ๐™ง๐™ค๐™›๐™š๐™จ๐™จ๐™ค๐™ง๐™ก๐™–๐™ง๐™ž, ๐™‚๐™ช๐™ข๐™–๐™ฃ๐™ž๐™ฉ๐™–๐™ง, ๐™ฉ๐™–๐™—๐™ž๐™ž๐™ฎ ๐™ซ๐™– ๐™ž๐™Ÿ๐™ฉ๐™ž๐™ข๐™ค๐™ž๐™ฎ ๐™›๐™–๐™ฃ๐™ก๐™–๐™ง ๐™ข๐™–๐™ ๐™ฉ๐™–๐™—๐™ž ๐™ˆ๐™–๐™ฉ๐™š๐™ข๐™–๐™ฉ๐™ž๐™ ๐™– ๐™™๐™š๐™ฅ๐™–๐™ง๐™ฉ๐™–๐™ข๐™š๐™ฃ๐™ฉ๐™ž ๐™™๐™ค๐™ฉ๐™จ๐™š๐™ฃ๐™ฉ๐™ก๐™–๐™ง๐™ž
๐™†๐™จ๐™ž๐™–๐™ค๐™Ÿ๐™ช๐™ฃ ๐˜พ๐™๐™š๐™ฃ hamda
๐™€๐™จ๐™๐™ข๐™–๐™ฉ๐™ค๐™ซ ๐™๐™–๐™ง๐™๐™ค๐™™ ๐™“๐™–๐™จ๐™–๐™ฃ๐™ค๐™ซ๐™ž๐™˜๐™๐™ก๐™–๐™ง ๐™—๐™ž๐™ก๐™–๐™ฃ ๐™ช๐™˜๐™๐™ง๐™–๐™จ๐™๐™ช๐™ซ ๐™—๐™ค'๐™ก๐™ž๐™— ๐™ค'๐™ฉ๐™™๐™ž.

Uchrashuvda
โ–ช๏ธXiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi
โ–ช๏ธXiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
โ–ช๏ธUrganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
โ–ช๏ธYangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
โ–ช๏ธBog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari ishtirok etishdi.

Suhbat davomida 100%, 70%, 50% lik grantlar va ularni qoโ€˜lga kiritish boโ€˜yicha ma'lumotlar berildi, oโ€˜quvchilar oโ€˜zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

๐ŸŒ Telegram | Facebook
#Uchrashuv
#Shovot_IMI

"YANGI O'ZBEKISTON" UNIVERSITETI VAKILLARI SHOVOT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATIDA

โœ… Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati "Yangi O'zbekiston" universitetining vakillaridan Gumanitar, tabiiy va ijtimoiy fanlar maktabi Matematika departamenti professori KSIAOJUN CHEN hamda Gumanitar, tabiiy va ijtimoiy fanlar maktabi Matematika departamenti professori  FARXOD ESHMATOVlar tashrif buyurishdi.

๐Ÿ“
Matematika departamenti professori  FARHOD ESHMATOV "Yangi O'zbekiston" universitetining shart-sharoitlari, fakultetlari, bu yilgi qabul jarayonlari bilan hamda o'zining xorijiy tajribalari bilan tanishtirdi.

โ–ถ๏ธ KSIAOJUN CHEN o'quvchilarga qiziqarli savollar berib, uchrashuvning jonli o'tishiga sababchi bo'ldi.

๐ŸŒ Telegram | Facebook
#Yangiariq_IM
#uchrashuv

SOBIQ BITKAZUVCHILAR: BIR OILADAN IKKI ILMIY UNVON EGALARI

๐ŸขKo'p yillik tarixiga ega Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida sobiq o'quvchilar bilan tez-tez davra suhbatlari, uchrashuvlar o'tkazish an'anaga aylangan. Navbatdagi uchrashuv mehmonlari olimlar oilasi - pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori Qo'chqorov Diyorbek Ulug'bekovich va "Zulfiya" mukofoti sovrindori, falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori Ernazarova Yorqinoy Ollaberganovna bo'ldilar.

๐Ÿ’ซ Mehmonlar 10-11-sinf o'quvchilari bilan kelajak maqsadlari haqida suhbatlashib, tanlagan sohasining ustasi, vatanimizning munosib egalari bo'lishlari kerakligini ta'kidlab o'tdilar.

๐ŸŒTelegram | Facebook
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Uchrashuv

๐ŸขURGANCH shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Millat Umidi" Universitetining Xorazmdagi vakili va maktabning 11-sinf bitiruvchilari bilan uchrashuv o'tkazildi.

๐Ÿ“
Universitet vakili  Millat Umididagi sharoitlar, imtihon jarayonlari, o'qish davomidagi imtiyozlar va stipendiyalar haqida to'liq ma'lumot berdi. Uchrashuv qizg'in savol-javoblarga va qiziqarli o'yinlarga boy bo'ldi.

๐ŸŽ Uchrashuv so'ngida suhbat jarayonida faol bo'lgan o'quvchilarga Universitet vakillari tomonidan esdalik sovg'alar berildi.

๐ŸŒ Telegram | Facebook