XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.81K subscribers
23.1K photos
1.57K videos
32 files
6.88K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Ogahiy_tavalludining_215_yilligi
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#uchrashuv

📍Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida mumtoz shoir, sermahsul tarjimon, mutafakkir olim, mohir xattot Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 215 yilligi munosabati bilan Xorazm viloyati yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibasi filologiya fanlari nomzodi, dotsent Sayyora Samandarova bilan “Ma’rifat ulashib” tadbirlari doirasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

📌
Uchrashuv davomida o’quvchilar Ogahiy ijod merosidan g’azallar, she’rlar aytishdi. Shoira Sayyora Samandar qalamiga mansub she’rlardan parchalar aytishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_Prezident_maktabi
#uchrashuv

Yoshlar va tadbirkor uchrashuvi

Xiva shahridagi Prezident maktabida "Tillo Domor" xususiy korxonasi rahbari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xorazm viloyati deputati F.Qurbonboyev bilan qiziqarli va samarali uchrashuv tashkil etildi.

💡 Tadbir davomida o‘quvchilar tadbirkorlik sir-asrorlari, ishbilarmonlik tajribasi hamda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, yoshlarning kelajak rejalari, innovatsion g‘oyalari hamda ijtimoiy mas’uliyat haqidagi savollarga batafsil javoblar berildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Uchrashuv
#Xiva_shahar_2_son_IM

Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida Xiva shahar hokimining Yoshlar siyosati ijtimoiy rivojlanish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosar Bekzod Vaisov, Xiva shahar Yoshlar ishlari agentligi boʻlimi boshligʻi Azamat Abdullayev, Milliy gvardiya Xiva shaharlararo qo'riqlash xizmati boʻlim boshligʻi Bahrom Rajabov lar ishtirokida yuqori sinf o‘quvchilari bilan
"Rahbar va yoshlar uchrashuvi" boʻlib oʻtdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Uchrashuv

REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

🏫  Urganch shahar 1-son  ixtisoslashtirilgan maktab-internatida TATU Urganch fililali rektori Ismoilov Shukrulloh Xabibulla o’g’li bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

▫️Rektor o'quvchilarning qiziqishlari, kelajakdagi maqsadlari haqida yaqindan suhbatlashdi.

📍TATU Urganch filiali haqida o’quvchilarga batafsil ma'lumot berildi, u yerda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va qulayliklar video orqali namoyish qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
#Shovot_IMI
#uchrashuv

PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVI


Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab internatida prokuror va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🪧 Unda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimi A.Qo‘chqorov, tuman prokurori R.Masharipov, tuman yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i I.Jumaboyev va maktab-internati Sardorlar harakati a'zolari, shuningdek, mahallalardagi faol yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv jarayonida yoshlarning qiziqishlari, kelajakdagi maqsadi, muammo va takliflari bilan yaqindan o‘rtoqlashdilar. Yoshlarimiz tomonidan berilgan taklif va savollarning bir qismi joyida ijobiy yechim topgan bo‘lsa, yana bir qismi tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi. Bunday uchrashuvlar yoshlarni muammolarini tizimli hal etish, bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga zamin yaratadi.

🌐 Telegram | Facebook
#Shovot_IMI
#Uchrashuv

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI


🏢Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "RAHBAR VA YOSHLAR" uchrashuvi o'tkazildi.

🔘 Uchrashuv 49093-harbiy qism ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Bekzod Ollomjonov va 49093-harbiy qism tarbiyvaiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Abdurahmon Xudayberganovlar ishtirokida tashkil qilinib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha davra suhbati o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Uchrashuv

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida nufuzli Toshkent Webster universitetining vakillari bilan hamkorligida 9-10-11-sinf o'quvchilari bilan uchrashuv uyushtirildi.

📌
Uchrashuv o'zbek va ingliz tilida tashkil qilinib, o'quvchilar ko'proq ingliz tilida suhbat qilishdi.

🎯 Suhbat davomida O’zbekistondagi Webster Universitetidagi sharoitlar, imtihon jarayonlari, o'qish davomidagi imtiyozlar va stipendiyalar haqida to'liq ma'lumot berildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Uchrashuv
#Farmasevtika_texnika_universiteti

Joriy hafta davomida Xorazm viloyatidagi

Shovot tumani IMI,
Yangiariq tumani IM,
Bog'ot tumani IM,
Hazorasp tumani IM,
Xiva shahar 1-son IMI,
Xiva shahar 2-son IM,
Yangibozor tumani IMI larning o'quvchilari uchun Toshkent shahridagi FTU - Farmasevtika texnika universiteti vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilindi.

Uchrashuvlar davomida universiteti vakilillari - Humoyun Hojiyev va Sultonqul Nortoyqulov universitet haqida o'quvchilarga batafsil ma'lumot berib o'tishdi. Xususan:
— Hamkor xorijiy universitetlar,
— universitetning yo'nalishlari,
— grant yutish tartibi,
— universitetda yaratilgan shart-sharoitlar haqida aytib o'tildi.
— Universitet haqida videoroliklar namoyish qilindi.
— O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

📋 Ushbu maktablar va FTU oʻrtasida memorandum tuzib hamkorlik qilishga kelishib olindi.

🌐 Telegram | Facebook
#uchrashuv
#Ogahiy_ijod_maktabi

🪕Ogahiy nomidagi ijod maktabida Farg'ona viloyati Madaniyat boshqarmasining Madaniy faoliyatni rivojlantirish va xalq ijodiyoti sho'basi bosh mutaxassisi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi Murodjon Kamoliddinov ishtirokida “Fargʻona vodiysi va Xorazm vohasi musiqa san’ati” mavzusida mahorat darsi boʻlib oʻtdi.

🎼 Soz va so‘z uyg‘unligida kechgan uchrashuvda "Musiqa" to‘garagi aʼzolari tomonidan musiqiy guldastalar taqdim qilindi. Shuningdek, mehmonimiz tomonidan o‘quvchilarga vodiyning mumtoz kuy va qo‘shiqlaridan ijro etildi.

🔅 Uchrashuvdan so‘ng, Murodjon Kamoliddinov ijod maskani bilan yaqindan tanishib, maktab kutubxonasiga musiqa ilmiga doir kitoblardan sovg‘a qildi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shovot_IMI
#Uchrashuv

⚜️Ta'lim fidoiylari bilan
uchrashuv

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatda ta’lim sohasidagi yetuk mutaxassislar ishtirokida ilmiy-amaliy uchrashuv va trening mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbir mehmonlari:
👨‍🏫 Mirfozil Mirzahmedov — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, taniqli matematik olim, ko‘plab darsliklar muallifi
👩‍🏫 Iroda Soibova — xalqaro darajadagi trener, pedagogika sohasidagi yuqori malakali mutaxassis, ko‘plab darsliklar muallifi


Tadbirda maktab-internat 9-10-11-sinf o'quvchilari ishtirok qilishdi. Qiziqrarli va foydali kechgan uchrashuv davomida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐 Telegram | Facebook