XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.56K subscribers
20.2K photos
1.36K videos
32 files
6.17K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Kitobxonlik
#Shovot_IMI

📚Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internat kutubxonasida 5-sinfga qabul qilingan öquvchilarni kutubxona faoliyati bilan tanishtirish maqsadida "Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo‘lmaydi" mavzusida suhbat o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
#kitobxonlik
#Urganch_shahar_1_son_IMI

📚Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati kutubxona mudiri I.Ibragimova maktabga yangi qabul qilingan o'quvchilarga kutubxonadan foydalanish qoidalari to'g'risida tushunchalar berdi.

📍O'quvchilar kutubxonaga a'zo qilinib, qiziqishlariga oid kitoblar tavsiya qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
#Kitobxonlik
#Xiva_1_son_IMI

📚 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 5-sinf o'quvchilariga maktabdagi kutubxona, uning faoliyati, kitoblar jamlanmasi haqida kutubxona xodimasi Jumaniyozova Ozoda boshchiligida suhbat va tushuntirish ishlari olib borildi.

📖 Xususan, o'quvchi yoshlar kutubxonaga a'zo qilinib, ular yoshiga mos kitoblar taqdim qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiariq_IM
#kitobxonlik

Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktab ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari maktab kutubxonasi xodimlari bilan birgalikda turli tadbirlar tashkil qilib kelmoqdalar. Jumladan:

📕16-sentabr kuni ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Matluba Hamrayeva 6-B sinf o'quvchilari bilan birgalikda maktab kutubxonasida "Bir haftada-bir kitob" shiori ostida G'afur G'ulomning "Shum bola" asari bo'yicha taqdimot o'tkazdi.

📘17-sentabr kuni o'zbek adabiyoti taniqli vakili Abdulla Qahhor tavalludi munosabati bilan ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Mavluda Rahmonova va 6-A sinf o'quvchilari ishtirokida qizg'in davra suhbati bo'lib o'tdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Kitobxonlik
#Qoʼshkoʼpir_IM

🔖 Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga yangi qabul qilingan 5-"A" sinf o‘quvchilari kutubxona faoliyati bilan tanishtirildi va kutubxonadan unumli foydalanish qoidalari to‘g‘risida tushuncha berildi.

📘 Shuningdek, "Men sevgan adib" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda Otkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari o‘quvchilar tomonidan to‘liq yoritib berildi va keyingi davra suhbati uchun o‘quvchilarga X.To‘xtaboyevning "Besh bolali yigitcha" asarini o‘qish vazifa qilib berildi.

🌐 Telegram | Facebook
#kitobxonlik

📙Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati kutubxona mudiri Indira Ibragimova 5-sinf o‘quvchilari bilan "Men o'qigan kitob" mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. O‘quvchilar o'zlari o'qigan badiiy asarlar, ularning mazmuni va tarbiyaviy tomonlarini tengdoshlari bilan o‘rtoqlashdilar.

📙Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining o'quvchilari orasida kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida maktab kutubxonasi rahbari Shohista Ismoilova boshchiligida davra suhbati tashkil qilindi. Suhbat jarayonida maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi D.Matkarimova o'quvchilarga E.Hemengueyning "Chol va dengiz" asari haqida kengroq ma'lumot berdi.

📙Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tarbiyachi Ulliyeva Haitjon va kutubxona xodimasi Ozoda Jumaniyozova boshchiligida xalq dostoni hisoblanmish "Ravshan" dostoni borasida munozara, savol-javob darsi bo'lib o'tdi. O'quvchilar tarbiyachi va kutubxonachi ko'magida baytlarni o'qib tahlil qilishdi.

🌐 Telegram|Facebook
#Kitobxonlik
#Xonqa_IM

📚Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularda kitobxonlikka qiziqish uyg‘otish va kutubxonadan foydalanish tartibi yuzasidan ko‘nikma hosil qilish maqsadida kutubxona mudiri Feruza Avezova tomonidan 5-sinf o‘quvchilari bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Jarayon davomida o‘quvchilar kutubxona fondida mavjud kitoblar, yangi chop qilingan ilimy va badiiy adabiyotlar haqida ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.

🌐Telegram | Facebook
#Kitobxonlik

🔘 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida sentabr oyi uchun mo'ljallangan asarlar asosida "YOSH KITOBXON" tanlovi bo'lib o'tdi.

🔘 8-oktabr kuni Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari bo 'yicha 2 ta shart asosida "YOSH KITOBXON" tanlovi o'tkazildi.
10-oktabr kuni esa kutubxona mudiri I.Ibragimova tomonidan 5-6-sinf o'quvchilari bilan yozuvchi Ernest Xemingueyning "Chol va dengiz" asari bo'yicha ovozli o'qish hamda mazkur asar yuzasidan savol-javob o'tkazildi.

🔘Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internat kutubxonasida "Men sevgan adib" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

🔘 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati kutubxonachisi O.Jumaniyazova hamda tarbiyachi I.Jumaniyazovalar boshchiligida 8 B-sinf o'quvchilari ishtirokida "Kuntug'mush" dostoni borasida davra suhbati o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Kitobxonlik
#Bogʻot_IM

BOG'OT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI O'QUVCHILARI YANGI ASAR TAQDIMOTIDA ISHTIROK ETISHDI

Bog'ot tumani Axborot-kutubxona markazida O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, taniqli yozuvchi Shuhrat Matkarimning "Maqar" kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi.

📙 Ushbu taqdimotda Bog'ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari ham ishtirok etib, muallif bilan yozuvchilik sirlari haqida yaqindan suhbatlashishdi.

🌐 Telegram | Facebook