XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Dars_jarayoni
#Ochiq_darslar_haftaligi

💫 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida joriy haftada OCHIQ DARSLAR haftaligi bo'lib o'tmoqda.

📍4-aprel kuni ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Mahliyo Abdullayeva tomonidan 7-B sinfda ona tili darsidan "Sharq taronalari'' mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

♻️ Darsda "Yashirin so'z", "Akvarium'' metodlaridan foydalanildi va "Sharq taronalari" festivali haqida ma'lumotlar berildi. Guruhlarda loyiha ishi sifatida Toshkent, Xorazm, Yangiariq haqida memuar asar yozib taqdimot qilindi.

📍5-A sinfda ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Abduraxmanova Xavojon 4-aprel kuni "Erkin Vohidov hayoti va ijodi. "Nido" dostoni" mavzusida ochiq dars tashkil etdi.

♻️ Dars jarayonida "Zinama-zina","Aqliy hujum", "FSMU", "To'g'ri-noto'ģri" metodlaridan foydalanildi. Adib hayoti va ijodiga doir videolavha, taqdimot orqali qo'shimcha ma'lumotlar berildi. Audiomatn orqali shoirning mazmunli she'rlari eshittirildi va tahlil qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni
#Ochiq_darslar_haftaligi

💫 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ochiq darslar haftaligi qizg'in davom etmoqda.

📍Maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Rahmonova Mavluda 8-A sinfda Adabiyot fanidan "Muhammad Yusuf hayot va ijod yo'li"mavzusida ochiq dars tashkillashtirdi.

💢 Dars davomida o'quvchilarning dunyoqarashi va fikrlashini oshirishga qaratilgan topshiriqlar berib borildi. Shuningdek, "Sujetli rolli o'yin"metodi asosida o'quvchilar qisqa sahna ko'rinishi namoyish qilishdi. Muhammad Yusufning barchaning qalbidan chuqur joy egallagan she'rlaridan namunalar aytishdi.

📍 5-sinfda “Kutubxonada” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Dars maktab kutubxonasida maktab kutubxonachisi Matyokubova Feruza bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Darsni rus tili o'qituvchisi Yusupova Tamara olib bordi.

💢 Dars o'yin-kulgi tarzida o'tkazildi, qo'shiqlar, she'rlar, til ohanglari, dialoglar ijro etildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni
#Ochiq_darslar_haftaligi

💫 10-aprel kuni Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ochiq darslar haftaligi davomida maktabning ingliz tili fani o'qituvchisi

🖇 Gulzoda Jumaniyozova 5-b sinfda "The Solar system" mavzusida ochiq dars tashkillashtirdi.

⚜️ Dars davomida o'quvchilar 2 guruhga bo'linib bellashdilar, darslikdan tashqari ingliz tilidagi audio va video materiallar, ko'rgazmali qurollardan keng foydalanildi. Harakatli o'yinlar va enerjayzerlar mavzuni takrorlashda samarali qo'llandi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bellashuv
#Ochiq_darslar_haftaligi

💫 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ochiq darslar haftaligi davomida maktabning 6-a va 6-b sinflari o'rtasida ingliz tili fanidan ta'limiy bellashuv bo'lib o'tdi.

Bellashuvda o'quvchilar :

🎈Tanishtiruv
🎈 Lug'at boyligi
🎈Taqdimot
🎈Pantomimo
🎈Tinglab tushunish va Grammatikadan olgan bilimlari bo'yicha kuch sinashdilar.

🔅 Maktabning o'quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Rahimboy Beyjanov bellashuv haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi va uni tashkillashtirgan ingliz tili fani o'qituvchilari Sevara Soloyeva va Shahnoza Sadullayevalarga tashakkur bildirdi.

🏆 Bellashuv natijalariga ko‘ra 6-"A" sinf jamoasi g‘olib deb topildi. Tadbir so'ngida o'quvchilar faxriy yorliq va estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

🌐 Telegram | Facebook