XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.18K subscribers
23.6K photos
1.61K videos
33 files
7.06K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Yangiariq_IM
#kitobxonlik

📚Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilar orasida kitobxonlikni targ'ib qilish, ularning ma'naviy dunyosini boyitish, badiiy va ilmiy adabiyotlar o'qishga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida "Bir bolaga bir kitob" nomli kitoblar yarmarkasi o'tkazildi.

Yarmarka davomida maktab o'qituvchilari, ishchi-xizmatchilar, o'quvchilar va ularning ota-onalari faol ishtirok etishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Kun_qahramoni
#Yangiariq_IM

▫️Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Ingliz tili fani o'qituvchisi Qurbanova Shoxista - malaka toifa sinovlarida 80 ballni qo'lga kiritib kun qahramoni bo'ldi.

🌐 Telegram | Facebook
#Kun_qahramoni
#Yangibozor_IMI
#Yangiariq_IM

▫️Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'qituvchisi - Adamova Shahlo Sharafiddinovna - Ona tili va adabiyot fani bo‘yicha 90 ball bilan kun qahramoni

▫️Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktab o'qituvchisi - Rahmonova Mavluda G'ayratovna - Ona tili fani bo‘yicha 82 ball bilan kun qahramoni

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#Yangiariq_IM

XUSHXABAR!

Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o'quvchisi

🥈TOIROV TOHIRJON - Turkmanistonda o'tkazilgan Xalqaro Matematika Olimpiadasida KUMUSH MEDAL sovrindori!!!

Ustozi: Bobojonova Durposhsha

👏
Maktab jamoasini, ustozimiz va o'quvchimizni, uning ota-onasini ushbu muvaffaqiyatli natija bilan tabriklaymiz!!!

BIZ SIZ BILAN FAXRLANAMIZ!

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiariq_IM
#Ochiq_eshiklar_kuni

📸 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 26-aprel kuni bo'lib o'tgan "OCHIQ ESHIKLAR kuni" dan fotolavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#malaka_oshirish
#Yangiariq_IM

▫️ Aprel oyida A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari o’qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Ushbu tizimdagi pedagog xodimlar bir oy davomida 100 soatlik kurslarda malaka oshirdilar. Kursni yakunlagan tinglovchilar suhbatga tortilib, fikrlarini o‘rganildi.

🎤 Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabning fizika fani o'qituvchisi Tojigul Bobojonova - 00:12

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiariq_IM
#Vatan_tayanchi

"VATAN TAYANCHI" - OTISH TAYYORGARLIGI

👨🏼‍🎤 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o'quvchilari ChQBT rahbari Ibodullayev Sardor boshchiligida otish tayyorgarligi bo'yicha Yangiariq dala o'quv maydonida 1 kunlik dala o'quv mashg'ulotida AK-74 qurolidan amaliy o'q otishda qatnashishdi.

Shuningdek, o'quvchilar O'zbekiston Qurolli Kuchlarida mavjud bo'lgan o'qotar qurollar bilan tanishdilar. Yangiariq dala o'quv maydonida zamonaviy jangovar qurollar bilan tanishib harbiylardan qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiariq_IM
#Uchrashuv

▪️Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 7-may kuni ta'lim sohasidagi yetuk mutaxassislar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Mazkur tadbirda O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan o'qituvchi, taniqli matematik olim, bir qator ilmiy qo'llanmalar va darsliklar muallifi Mirfozil Mirzaahmedov, xalqaro darajadagi trener, tajribali pedagog Iroda Soibova, Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi Akademik faoliyat bo'yicha direktor o'rinbosari Yulduzxon Polvonova hamda Xorazm viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi sho'ba mudiri Yulduz Atadjanovalar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida o'quvchilar matematika fani yuzasidan o'zlari qiziqqan savollarga javoblar topishdi va mehmonlarning bugunga qadar bosib o'tgan yo'llari, ilmiy faoliyatlari haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Soʼnggi_qoʼngʼiroq
#Yangiariq_IM

📹
Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'tkazilgan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbiridan videolavha

🌐 Telegram | Facebook
#Qabul_2025_2026
#Yangiariq_IM

🔥 🔥DIQQAT EʼLON 🔥🔥

🏢 Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilar qabulini e'lon qiladi.

🎯2025-2026-o'quv yilida quyidagi sinflarga o'quvchilar qabul qilinadi:

5-sinf (aniq fanlar yo'nalishga) 48 nafar;
8-sinf (aniq fanlar yo'nalishga) 2 nafar;


JAMI: 50 nafar oʻquvchilar qabul qiladi.

📌 Ma'lumot o'rnida: yangi o'quv yiliga qabul jarayonlari 01.06.2025-yil sanasidan 20.06.2025-yil sanasigacha davom etadi.

🗂 Quyidagi hujjatlar talab etiladi:

1.O'quvchining guvohnomasi asl nusxasi;
2. Ota-onasi pasporti;
3. 3/4 lik rasm( oxirgi 2 oy ichida tushgan bo'lishi kerak)
4. Baholar tabeli nusxasi (asliga to'g'ri deb yozilgan va direktor imzosi, muhri bilan)
5. Telefon raqami 2 ta ( ota-onasiniki)


📇 Hujjat topshirish jarayoniga yaqindan yordam beramiz. Biz bilan bog'laning:
☎️+998885658545
☎️+998972217556

Bizni kuzatishda davom qiling:
@SpecializedschoolinYangiarik