XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.17K subscribers
23.5K photos
1.6K videos
33 files
7.02K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Navroʼz_ayyomi
#Xiva_shahar_1_son_IMI

⚜️ Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida bo'lib o'tgan Navro'z bayrami shodiyonasidan lavhalar.

🌺Tadbir davomida o'quvchilar tomonidan bahor va Navro'zni madh etuvchi she'rlar aytilib, milliy qo'shiqlar kuylandi va raqsga tushdilar
.

Shuningdek, har bir sinf ishtirokida milliy o'yinlar musobaqasi o'tkazildi. Unda arqon tortish, tosh ko'tarish, varrak uchirish, kurash kabi milliy o'yinlar asosida bellashishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Navroʼz_ayyomi
#Tuproqqalʻa_IM

🌺Yasharish va yangilanish fasli bo‘lgan bahor fasli o‘ziga xos bayramlari bilan tashrif buyurdi.

🌼 Jumladan, Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham bahoriy bayramlarning eng ulug‘i Navro‘z ayyomi munosabati bilan katta sayil bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda milliy urf-odat va an'analarimizdan iborat

🌷Kelin salom
🌷Yor-yor
🌷Alla
🌷Arqon tortish
🌷Tosh ko'tarish
🌷O‘q otish
🌷Milliy raqslar

barchaga birdek manzur bo'ldi.


🌐 Telegram | Facebook
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Navroʼz_ayyomi

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Navro'z sayli tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

🌺 Yoshlarda milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, mehr-oqibat, insoniylik, bag‘rikenglik muhitini tashkil etish maqsadida har bir sinf milliy qadriyatlarimiz aks etgan chiqishlarni namoyish qilishdi. Bir-biridan qiziqarli sahna ko'rinishlari Navro'z sayliga o'zgacha ko'tarinki ruh berdi.

🥗 Har bir sinf o'zbek milliy taomlaridan "Navro'z dasturxoni" yasadilar va tadbir oxirida eng yaxshi bezalgan dasturxon e'lon qilindi.

Shuningdek, o'g'il bolalar o'rtasida "Arqon tortish" o'yini ham o'tkazildi.


🌐 Telegram | Facebook
#Navroʼz_ayyomi
#Yangiariq_IM

🌺 Yurtimizga Navro'z keldi,
Barchamizga rizq-ro'z keldi!


Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi kun, yangi yil bo'lmish Navro'z ayyomi munosabati bilan bayram sayli tashkil etildi. Bayram tadbiri davomida

🥧 erta tongdan Navro'zning ramziy milliy taomi - sumalak tayyorlandi.
🍚 9-11-sinf o'quvchilari milliy taomimiz bo'lmish palovxonto'ra tayyorlash bo'yicha bellashishdi.

Maktab o'quvchilari o‘zlari tayyorlagan kuy-qo‘shiq va diltortar raqslari bilan tadbir ishtirokchilarini xushnud etdilar. Tadbir so'ngida tosh ko'tarish, arqon tortish musobaqalari ham o'tkazildi.

🌐
Telegram | Facebook
#Navroʼz_ayyomi
#Qoʻshkoʻpir_IM

⚡️Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham OLAM NURGA TO'LSIN SEN BILAN, NAVRO'Z! deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda maktabning iqtidorli o'quvchilari o'z chiqishlari bilan barchani xursand qilib bayram kayfiyati ulashishdi.

🌺 Har kuningiz NAVRO'Z bo'lsin!

🌐 Telegram | Facebook
#Navroʼz_ayyomi
#Xiva_shahar_2_son_IM

⚜️ Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida "Assalom Navro'z" nomli katta shodiyona bo'lib o'tdi. Bayram tadbirida Navro'zni madh qiluvchi she'r va qo'shiq, raqslar ijro etildi.

Tadbir davomida "Kubik-rubik" o'yini o'tkazildi va g'oliblar aniqlandi.

🌸
𝐔𝐜𝐡𝐢𝐧𝐜𝐡𝐢 𝐜𝐡𝐨𝐫𝐚𝐤 𝐝𝐚𝐯𝐨𝐦𝐢𝐝𝐚 𝐟𝐚𝐨𝐥 𝐛𝐨'𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐬𝐢𝐧𝐟𝐠𝐚 𝐦𝐚𝐤𝐭𝐚𝐛 𝐤𝐮𝐛𝐨𝐠𝐢 𝐭𝐨𝐩𝐬𝐡𝐢𝐫𝐢𝐥𝐝𝐢. 𝐇𝐚𝐦𝐝𝐚 𝟖-𝐌𝐚𝐫𝐭 "𝐗𝐚𝐥𝐪𝐚𝐫𝐨 𝐱𝐨𝐭𝐢𝐧-𝐪𝐢𝐳𝐥𝐚𝐫 𝐤𝐮𝐧𝐢" 𝐦𝐮𝐧𝐨𝐬𝐚𝐛𝐚𝐭𝐢 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧 𝐞'𝐥𝐨𝐧 𝐪𝐢𝐥𝐢𝐧𝐠𝐚𝐧 𝐭𝐚𝐧𝐥𝐨𝐯 𝐠'𝐨𝐥𝐢𝐛𝐥𝐚𝐫𝐢, 𝐍𝐚𝐯𝐫𝐨'𝐳 𝐛𝐚𝐲𝐫𝐚𝐦𝐢 𝐦𝐮𝐧𝐨𝐬𝐚𝐛𝐚𝐭𝐢 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧 𝐨'𝐭𝐤𝐚𝐳𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 "𝐌𝐢𝐥𝐥𝐢𝐲 𝐨'𝐲𝐢𝐧𝐥𝐚𝐫" 𝐦𝐮𝐬𝐨𝐛𝐚𝐪𝐚𝐬𝐢 𝐠'𝐨𝐥𝐢𝐛𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐡𝐚𝐦 𝐭𝐚𝐪𝐝𝐢𝐫𝐥𝐚𝐧𝐢𝐬𝐡𝐝𝐢.

🌐 Telegram | Facebook
#Navroʼz_ayyomi
#Yangibozor_IM

🌸 Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan  maktabida o'tkazilgan "NAVRO'Z-BAHOR BAYRAMI" tadbiridan
lavhalar.

⚡️
Tadbirda o'quvchilar milliy taomlar tayyorlashdi.
⚡️Milliy sport o'yinlaridan musobaqalar o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Navroʼz_ayyomi
#Xiva_Prezident_maktabi

“Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!”

🍀
Xiva shahridai Prezident maktabida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir davomida vohamizga xos bo'lgan urf odat, an'analar namoyishi ajoyib tarzda ochib berildi.

Navro‘z bu tinchlik, totuvlik, farovonlik bayrami. Millati, dinidan qat’iy nazar, shu yurtda yashayotgan barcha millatlar, elatlar uchun birdek sevimli ayyom. Keksayu yosh uchun birdek aziz shodiyona!

🌐 Telegram | Facebook
#Ertalabki_kayfiyat
#Navroʼz_ayyomi
#Xiva_shahar_2_son_IM

XIVA SHAHAR 2-SON IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIDA NAVRO'Z SHUKUHI

🌸 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida bugungi kun yuqori kayfiyatda boshlandi. Maktabning 8-sinf oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan ertalabki kutib olish 8:00 da boshlandi va qiziqarli lahzalarga boy boʻldi.

🌺 Oʻquvchilar va ustozlar turli milliy hamda sport oʻyinlarida oʻzlarini sinab koʻrishdi.

Bayramona tilaklar yozildi. Qatnashchilar Navroʻz bayrami bilan bogʻliq savollarga javob berishdi.

📍Darslar o'zvaqtida ko'tarinki ruhda boshlandi.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiariq_IM
#Navroʼz_ayyomi

Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan tashkillashtirilgan milliy tadbirlar doirasida 19-mart kuni “BALLI YIGITLAR” tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda 9-A sinf oʻquvchilari 2 guruhga bo'lingan holda faol ishtirok etdi.

🌐 Telegram | Facebook