XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.4K photos
1.27K videos
32 files
5.92K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Agentlik_olimpiadasi
#Respublika_bosqichi
#2_kun

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o'rtasida STEM fanlari bo'yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi imtihonlari 12-13-may kunlari bo‘lib o‘tdi.

📸Fotosuratlarda 13-may kuni matematika, fizika, kimyo, biologiya, science fanlaridan test va Informatika va axborot texnologiyalari fanidan dasturlash bo'yicha o'tkazilgan imtihon jarayonlaridan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
#Agentlik_olimpiadasi
#Respublika_bosqichi
#2_kun

⚡️STEM fanlari bo'yicha olimpiadaning Agentlik bosqichida

🧬
Fizika, Kimyo va Biologiya fanlaridan
Laboratoriya ishi
13-may kuni Xiva shahridagi Prezident maktabida o'tkazildi.

📸 Fotosuratlarda jarayonlardan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
#Seminar_trening
#2_kun

🔴 “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusidagi Respublika o‘quv-seminari davom etmoqda.

📍 Bugun tadbir avvalida ishtirokchilar o’rtasida bo’lib o’tgan “Zakovat” o’yinining g’oliblari taqdirlandi.

✔️Shundan so’ng, boshqaruv xodimlarida ijobiy va samarali boshqaruv usullarini shakllantirish, faoliyat doirasida nizoli vaziyatlardan chiqish, strategiyalarni tanlash va xodimlar bilan do’stona munosabatlarni o’rnatish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish yuzasidan amaliy trening boshlandi.

Shuningdek, o’quv seminari davomida spikerlar tomonidan quyidagi yo’nalishlarda ma’ruzalar bo’lib o’tdi:

✔️ Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida belgilangan kompetensiyalar to‘g‘risida
✔️ Umumta’lim maktablarida diniy-ma’rifat va dunyoviy axloq asoslarini o‘qitish masalalari
✔️ “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni elektron platformaga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish.

❗️ Ishtirokchilar umumta’lim maktablarining yangi tahrirdagi “Odob-axloq qoidalari” muhokama qilib, o’z takliflarini bildirishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozlar_forumi
#2_kun

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Ikkinchi ustozlar milliy forumi" davom etmoqda.

✔️ Bugun ishtirokchilar maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi yo'nalishida jami 14 ta shoʻbada tashkil etilgan taqdimot hamda o‘quv treninglarida o'z mahoratlarini oshirishmoqda.

#Fotoreportaj #Al_Khwarizmi #Tashkent #9_August

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#2_kun

O'QUV SEMINARLARI DAVOM ETMOQDA

⚡️ Bugun, 16- avgust kuni Xiva shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar va maktab-internatlarda faoliyat yuritayotgan pedagog ustozlar uchun 2023-2024-o‘quv yili oldidan seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.

Unda pedagoglarga yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanish to‘g‘risidagi ma'lumotlar berildi.

🔥1-smenada kimyo, biologia, texnologiya, tasviriy san'at, geografiya, jismoniy tarbiya fanlari pedagoglari ishtirok etgan amaliy mashg'ulotlar qizg'in suhbat va munozaralarga boy bo'ldi.

🌐 Telegram | Facebook
#seminar_trening
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#2_kun

Yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish
O’quvchilarning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish
mavzularida tashkil qilingan 2 kunlik o'quv seminarlari o'z nihoyasiga yetdi.

✔️ Ushbu o'quv seminarlari Agentlik tizimidagi 11 ta ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun o'tkazildi.

📸 Fotolavhalarda 16-avgust kuni 2-smenada ingliz tili fani o'qituvchilari ishtirokidagi dars jarayonlaridan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
#Agentlik_olimpiadasi
#Maktab_bosqichi
#2_kun

⚡️
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2024-yil 10-yanvardagi “STEM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, science) fanlari bo‘yicha Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasining maktab bosqichini tashkil etish to‘g‘risida”gi 01-11/2-45-sonli xati ijrosini taminlash maqsadida olimpiada jarayonlarining ikkinchi kuni 24-yanvar kuni bo'lib o'tdi.

Ogahiy ijod maktabi
Xiva shahar
2-son IM
Hаzorasp tumani IM
Bog'ot tumani IM
Tuproqqal'a tumani IM
Yangibozor tumani IM

🇸🇱Omad yor bo'lsin, bilmdonlar!

🌐
Telegram | Facebook
#Agentlik_olimpiadasi
#Maktab_bosqichi
#2_kun

⚡️ 24-yanvar kuni
Agentlik tizimidagi barcha maktablarda 𝙎𝙏𝙀𝙈 (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, science ) fanlari bo'yicha Agentlik fan olimpiadasi maktab bosqichining yozma ish jarayonlari bo'lib o'tdi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi
Shovot tumani IMI
Xiva shahar 1-son IMI
Urganch shahar 1-son IMI
Yangiariq tumani IM
Qo'shko'pir tumani IM

📸 𝘓𝘢𝘷𝘩𝘢𝘭𝘢𝘳𝘥𝘢 𝘰𝘭𝘪𝘮𝘱𝘪𝘢𝘥𝘢 𝘫𝘢𝘳𝘢𝘺𝘰𝘯𝘭𝘢𝘳𝘪𝘯𝘪 𝘬𝘶𝘻𝘢𝘵𝘪𝘴𝘩𝘪𝘯𝘨𝘪𝘻 𝘮𝘶𝘮𝘬𝘪𝘯.

🌐
Telegram | Facebook
#Agentlik_olimpiadasi
#Qizlar_olimpiadasi
#Viloyat_bosqichi
#2_kun

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilayotgan "STEM FANLARI OLIMPIADASI" ning Xorazm viloyati hududiy bosqichining navbatdagi fanlari bo'yicha olimpiada jarayonlari davom etmoqda.

Shuningdek, bugun matematika fanidan "QIZLAR OLIMPIADASI" ham o'tkazilmoqda.

📍Urganch shahridagi IT-Parkda:

Informatika (8-9-10-11-sinflar)

📍 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida:
Kimyo (8-9-10-11-sinflar)
Biologiya (8-9-10-11-sinflar)
Fizika (8-9-10-11-sinflar)
Qizlar olimpiadasi (Matematika fanidan 5-11-sinflar)

fanlardan o‘tkazilmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Agentlik_olimpiadasi
#Qizlar_olimpiadasi
#Viloyat_bosqichi
#2_kun

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchilari o‘rtasida

STEM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, science hamda informatika va axborot texnologiyalari) fanlari olimpiadasi va matematika fanidan QIZLAR OLIMPIADASI bo‘yicha hududiy bosqichining o‘quvchilar ishlari va natijalari uchun telegram kanallari📱

🌐 Xorazm_Informatika_5-11-sinf

🧑‍🔬 Xorazm_Kimyo_8-11-sinf


🌱 Xorazm_Biologiya_8-11-sinf

🌓 Xorazm_Fizika_8-11-sinf

🙍🏻‍♀️ Xorazm_Qizlar_matematika_5-11-sinf