XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.8K photos
1.42K videos
32 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi
#Zakovat

🏛 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'quvchilar va ayol ustozlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.

⚡️Yoshlarni aql-zakovatli, iqtidorli, intellektual salohiyatli qilib kamol topishlarida “Zakovat” intellektual o‘yini muhim ahamiyatga ega.

🔹 Bugungi o‘yinda jami 9 ta jamoa ishtirok etib, o’yin qizg'in bahs-munozalar ostida kechdi.

📌 Yakuniy natijalarga ko’ra 8-01 sinfning "Algoritm" jamoasi o'yinda eng ko'p ochko to'plab turda yetakchilik qilmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Tadbir
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi

📅 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "8-mart - Xalqaro xotin- qizlar"kuniga bag'ishlab, maktab-internat o'quvchi qizlari orasidan saralab olingan 5 ta qiz o'rtasida

"Balli, qizlar" bellashuvi o'tkazildi.

Ushbu bellashuvda qizlar turli xil shartlar bilan bellashdilar. Bundan tashqari o'quvchilar tomonidan turli xil chiqishlar namoyish qilindi.

🏆Bellashuv yakunida qizlar turli xil nominatsiyalar bo'yicha taqdirlandilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi

🌺 "Ayolga ehtirom ko‘rsatish-xalqimizga xos oliyjanob qadriyat” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi” doirasidagi chora-tadbirlar viloyatimizdagi Ixtisoslashtirilgan maktablarda tizimli ravishda o'tkazilmoqda.

💐 Jumladan, “Ona tili-oilamiz timsoli, mehr bulog‘i” mavzusidagi insholar tanlovi Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida, Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida ijodkor o‘quvchilar o‘rtasida bo'lib o'tdi.

Haftalik davom etmoqda.

🌐
Telegram | Facebook
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi
#Davra_suhbati

🏛 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 7-11 sinf o'quvchi qizlari, MMIBDO' S.Matyakubova, psixolog Sh.Ollanazarova, tarix fani o'qituvchisi, maktabning Xotin qizlar kengashi boshlang'ich tashkiloti raisi B.G'apparova va bir qator fan o'qituvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.

⚜️Tadbir davomida o'quvchilar, bayram tabrigi va ayollarni madh etuvchi she'rlar ijro etdilar. Ustozlar ta'lim-tarbiya va odob-axloq mavzusida o'z tavsiyalarini aytib o'tdilar.

⚜️Shuningdek, tajribali ustoz B.G'apparova "Komillik sari bir qadam"mavzisida ma'ruza o'qidi va o'z hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda maslahatlar berdi.

⚜️
Davra suhbati qizlarimizning ma'naviy ongini boyitishga, porloq kelajak uchun yanada olg'a qadam tashlashlariga turtki bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi
#Davra_suhbati

🏫 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida "Xotin-qizlarni e'zozlash haftaligi" doirasida davra suhbati o'tkazildi.

⚜️ Maktabga uzoq yillar ta'lim sohasida xizmat qilgan tajribali pedagog, "Shuhrat" medali sovrindori Gulchehra Nurillayeva tashrif buyurdi. Ustoz o'zining bosib o'tgan yo'li, mehnatlari evaziga erishgan yutuqlari, bugungi kundagi yaratilgan imkoniyatlar, ulardan unumli foydalanish haqida mazmunli nutq so'zladilar.

Suhbat jarayoni jonli va fikr-mulohazalarga boy bo'ldi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi
#Uchrashuv

⚡️Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Xotin-qizlarni e'zozlash haftaligi" doirasida nuroniy onaxonlar ishtirokida uchrashuv o'tkazildi.

🌺 Uchrashuvda maktabning 8-11-sinf o'quvchi qizlari qatnashdi.

💫 Uchrashuv davomida onaxonlar o'zlarini hayot yo'llari haqida gapirib, qizlarga qimmatli maslahatlarini berishdi.

🌐
Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi

📍 Ogahiy nomidagi ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi

🔸Madina Matyoqubova
milliy adabiyotimizni keng targ‘ib qilishdagi faolligi, Xorazm adabiy muhitini yanada yuksaltirishdagi samarali mehnatlari va ijodiy hamkorligi uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan "Ehtirom yorlig'i" bilan taqdirlandilar.

🔻Qolaversa, ustozga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Xorazm viloyat bo‘limi, Urganch shahridagi Yoshlar kutubxonasi va Xorazm televideniyasi hamkorligidagi tashkil etilgan teleko‘rsatuvdagi faol ishtiroki uchun "Tashakkurnoma" ham topshirildi.

💐
Ustozimizni samimiy tabriklab, keyingi ilmiy va pedagogik faoliyatlariga ham muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi
#Zakovat

"ZAKOVAT" QIZLAR DAVRASIDA

❇️ Xiva shahridagi Prezident maktabida "Zakovat" intellektual o'yinining navbatdagi bosqichi "Xotin-qizlarni e'zozlash" haftaligi munosabati bilan faqat qizlar davrasida bo'lib o'tdi.

⚡️O'yin qiziqarli va yuqori tempda bo'lib o'tdi. G'oliblikni 10-sinf o'quvchilari qo'lga kiritdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Zakovat
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi

💰Bugun Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida xotin-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turnirining respublika bosqichiga START berildi!

⚡️
Ushbu turnirda qatnashish uchun Xorazm viloyatidan ham 3 ta ayollar jamoasi Toshkent shahriga yetib borgan.

👏 Bular:
- "Adrenalin" jamoasi;
- Xiva shahridagi
Ogahiy ijod maktabining "Ziyolilar" jamoasi;
-
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Yuksalish" jamoalari.

⚡️
Ushbu jamoalarni qo'llab-quvvatlab turamiz!

🔆 OMAD YOR BO'LSIN!

🌐 Telegram | Facebook
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi
#Sport
#Zakovat

🌷Ta'lim muassasalarida "Ayolga ehtirom ko‘rsatish-xalqimizga xos oliyjanob qadriyat” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi”da turli xil musobaqalar bo'lib o'tdi.

✳️ Jumladan, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchi-qizlar o‘rtasida shaxmat birinchiligi uchun musobaqa g‘tkazildi.

♻️ Shuningdek, qizlar o'rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini ham o‘tkazildi va natijalarga ko'ra:

🥇
1-o‘rin - “Liderlar” 11 ball,
🥈2-o‘rin “Ziyo” jamoasi va “Yulduzlar” jamoasi 10 ball,
🥉3-o‘rin “Zukkolar” 8 ball.

🌸 Haftalik yakuniga yetdi.

🌐
Telegram | Facebook
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi
#Zakovat

🌷Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi”ni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga ko'ra, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal’a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida

👩‍💼 8 va 9-sinf o'quvchi qizlari o'rtasida "Zakovat" intellektuval o'yini o'tkazildi.

Bunda 5 ta jamoa qatnashdi.
🥇9-A sinfning "Dream" jamoasi qizlari eng yuqori ball bilan 1-o'rinni qo'lga kiritishdi.
🥈2-o'rinni 8-A sinfning "Smart" jamoasi qo'lga kiritdi.

🌸
Haftalik yakuniga yetdi.

🌐 Telegram | Facebook