XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.8K photos
1.42K videos
32 files
6.32K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Amaliy_fanlar_haftaligi
#Tadbir

📅10-mart kuni Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Amaliy fanlar haftaligi" doirasida maktab-internatning 5-6-7 sinf o'quvchilari o'rtasida bellashuv o'tkazildi.

⚜️Ushbu bellashuvda

SAN'AT
CHEMPION
MAHORAT
jamoalari turli shartlar bo'yicha bellashishdi.

🏆Bellashuvda "MAHORAT" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
📢 Onlayn olimpiadalar start olishiga 1 kun qoldi.

🔶 Onlayn olimpiadalarda ishtirok eting va o‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing.

🔶 Joriy yilning 14-19-mart kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya va 📙Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

💠 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

SPORT MUSOBAQALARI O'TKAZILMOQDA

🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi tomonidan  11-mart kuni “Besh muhim tashabbus” tadbirlari doirasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida agentlikka qarashli maktab va maktab-internatlari xodimlari o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazilgan edi.

📺 Tadbir jarayonlari XORAZM telekanali informatsion dasturlarida namoyish qilindi, marhamat, tomosha qiling.

13.03.2023

📲 DASTURNING HD versiyasi👇
https://www.youtube.com/c/XORAZM24

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔊DIQQAT DIQQAT🔊

“Navro‘zing muborak O‘zbekistonim” shiori ostida challenge tashkil etilmoqda!

#Challenge

▪️21-MART - Navro'z bayrami munosabati bilan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Navro‘zing muborak O‘zbekistonim” shiori ostida challenge tashkil etilmoqda!

Challengega ishtirokchilar nizomda keltirilgan shartlar bo'yicha ijodiy ishlarini 14-mart sanasidan boshlab, 21-mart kuniga qadar hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablariga taqdim etishlari lozim.

Nizom bilan tanishish👈

🔹Challengeda o’quvchi-yoshlar yakka yoki jamoaviy tarzda (ustozlari bilan ham) ishtirok etishlari mumkin.

Challenge shartlari❗️

📌Ishtirokchilar tomonidan yuborilgan videoroliklar ijodiy yondashuv asosida tayyorlanganligi, mavzuni to'g'ri taqdim etilishi, shuningdek, ma’no va mazmuniga eʼtibor qaratilgan holda ko‘rib chiqiladi hamda eng yaxshi videolar Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining barcha rasmiy sahifalarida yoritiladi.

✔️Challengedan asosiy maqsad, Navro‘z – turkiy xalqlarning eng ommaviy va go‘zal bayram ekanligini o‘quvchi-yoshlarni ongiga singdirishdan iborat.

Barchani challengeda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz!

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
#Yangiliklar

Yaponiyada maktab darsligi muqovasiga Sherdor madrasasi surati joylashtirildi

📍Samarqand shahridagi dunyoga mashhur Registon majmuasida joylashgan Sherdor madrasasi surati Yaponiya umumtaʼlim maktablarining “Jahon tarixi” darsligi (9-12-sinflar) muqovasiga joylashtirildi.

Darslik Yaponiyaning eng yirik “Yamakawa Shuppansha Ltd.” nashriyoti tomonidan tayyorlangan.

🔸Qoʻllanma aprel oyidan boshlab yangi oʻquv yilida tarix fanidan darslik sifatida foydalanish rejalashtirilgan.

🌐 Telegram | Facebook
#bizning_faxrimiz
#qutlaymiz

ZEHN QO'YSANG BILIMGA,
ILM TOMAR DILINGGA.


⚡️Xiva shahridagi Prezident maktabining bitiruvchi o'quvchilaridan Odamboyev Rasulbek dunyoning 32 ta universitetiga talaba sifatida qabul qilindi. Jami $3,184,000 miqdorda grant sohibi bo'ldi.

🎉Rasulbekni maktabimiz jamoasi nomidan ulkan muvafaqqiyati bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

⬇️Bizni kuzatishda davom eting
telegram | instagram | facebook | you tube
#Infografika
#ixtisoslashtirgan_maktablar

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi vakant o'rinlarga o‘qituvchilardan 13-mart sanasiga ko‘ra kelib tushgan arizalar soni

Ayni damda job.piima.uz sayti orqali arizalar qabuli davom etmoqda.

🔴 Shu bilan birga сall-markaz ham faoliyat olib
bormoqda. Call-markaz faoliyatini jonli efir orqali ko‘rishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi
#Sport
#Zakovat

🌷Ta'lim muassasalarida "Ayolga ehtirom ko‘rsatish-xalqimizga xos oliyjanob qadriyat” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi”da turli xil musobaqalar bo'lib o'tdi.

✳️ Jumladan, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchi-qizlar o‘rtasida shaxmat birinchiligi uchun musobaqa g‘tkazildi.

♻️ Shuningdek, qizlar o'rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini ham o‘tkazildi va natijalarga ko'ra:

🥇
1-o‘rin - “Liderlar” 11 ball,
🥈2-o‘rin “Ziyo” jamoasi va “Yulduzlar” jamoasi 10 ball,
🥉3-o‘rin “Zukkolar” 8 ball.

🌸 Haftalik yakuniga yetdi.

🌐
Telegram | Facebook
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi
#Zakovat

🌷“Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi”ni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga ko'ra, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal’a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida

👩‍💼 8 va 9-sinf o'quvchi qizlari o'rtasida "Zakovat" intellektuval o'yini o'tkazildi.

Bunda 5 ta jamoa qatnashdi.
🥇9-A sinfning "Dream" jamoasi qizlari eng yuqori ball bilan 1-o'rinni qo'lga kiritishdi.
🥈2-o'rinni 8-A sinfning "Smart" jamoasi qo'lga kiritdi.

🌸
Haftalik yakuniga yetdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Imtihon

🔰 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro A-level mock imtihonlariga start berildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabida Mock imtihonlarining birinchi turi 11-sinf o'quvchilari orasida bo'lib o'tdi.

Xalqaro A-level mock imtihonlarini tashkil etishdan asosiy maqsad:

– o'quvchilarni may-iyun oyida bo‘lib o'tadigan A-level imtihonlariga tayyorlash hamda
– ularning xalqaro ta'lim dasturlarini o'zlashtirish bo‘yicha sifat ko‘rsatkichini sinovdan o'tkazish hisoblanadi.

🌐 Telegram | Facebook