XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.4K photos
1.39K videos
32 files
6.23K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Yangiliklar

⚡️Xorazm o‘g‘lonidan g‘alaba!

🥉Parij-2024 yozgi olimpia o‘yinlarida xorazmlik Alisher Yusupov — bronza medali sohibi bo‘ldi! Dzyudochimiz delegatsiyamiz hisobiga 3-medalni keltirdi.

🇺🇿Xorazm xalqi sen bilan faxrlanadi. Barakalla, Alisher!

🌐
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

🍈 Bugun Xivada "Qovun sayli" festivali boshlandi

Mamlakatimiz turizm salohiyatini keng targ'ib etish, jumladan, Xorazm viloyatiga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini oshirish maqsadida joriy yilning 9-10-11-avgust kunlari “Qovun sayli” festivali tashkil etilmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiliklar

Tarix yozishda davom etamiz.

🥈 Akbar Joʻrayev — Parij-2024 yozgi Olimpiyadada ogʻir atletika bo’yicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi oʻz sovrinlari orasiga kumush medalini ham qoʻshib qoʻydi.

🥇 Razambek Jamalov – Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobida oltinchi oltin medalga mualliflik qildi.

🥇 Abdumalik Xalokov Oʻzbekiston delegatsiyasiga yettinchi oltin medalni taqdim etdi! Boks bo‘yicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi sovrinlari orasiga yozgi Olimpiya oʻyinlarining oltin medalini ham qoʻshib qoʻydi.

🥈 Svetlana Osipova - taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi ushbu sport turida Olimpiya oʻyinlarida medal qoʻlga kiritgan birinchi ayol sportchimiz.

🥇 Bahodir Jalolov – mahoratli bokschimiz Olimpiya oʻyinlari doirasida bugungi final janglariga ajoyib nuqta qoʻydi.

Shuning bilan, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronzaga yetmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiliklar

🏅 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti "Tadbirkorlar kuni" oldidan

104 nafar ishbilarmonlarni “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi.
Taqdirlanganlar ro‘yxati: https://president.uz/uz/lists/view/7466

37 nafar tadbirkor esa “Mehnat shuhrati”, “Do‘stlik” ordenlari hamda “Kelajak bunyodkori”, “Shuhrat” medallari bilan mukofotlandi.
Mukofotlanganlar ro‘yxati: https://president.uz/uz/lists/view/7465

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiliklar

Xivada “Xiva ovozi” audiospektakl-ekskursiyasi boʻlib oʻtadi


💠"XIVA OVOZI" - Birinchi va yagona audiospektakl - Xivaning asosiy diqqatga sazovor joylariga sayohat.

🎧 Audio-spektakl ishtirokchilari quloqchinlarni taqib, ochiq osmon ostidagi muzey shahar, har bir obida o‘zining hayratlanarli tarixidan hikoya qiluvchi Xiva ko‘chalari bo‘ylab yo‘lga chiqadi.
Spektaklda 20 dan ortiq xizmat ko‘rsatgan va yetuk teatr hamda kino san’atkorlari ovozi ijro etiladi. Jonli hujjatli film va atrof-muhit stereo tovushi, xuddi filmdagi kabi, hissiyotlar va his-tuygʻularning mutlaqo boshqa darajasidir.

Marshrut Ota Darvozadan boshlanib, Xivaning barcha diqqatga sazovor yodgorliklari, jumladan, Kalta Minor, Ko'hna ark qal’asi, Muhammad Rahimxon madrasasi, Juma masjidi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Islom Xoʻja minorasi va Olloqulixon madrasasi, Karvonsaroy va Tosh Hovlidan oʻtadi.

Turning davomiyligi: 1 soat 30 daqiqa
Har kuni soat 08.30 va 18.00 da bo'lib o'tadi
Til: RU
NARX - 185 000 so'm

🎟Chiptalar
#yangiliklar

O‘zbekistonning matonatli sportchilari Paralimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi.

🥉Muslima Odilova — bronza medali sohibi!

Ayollar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha saralash bahslarida para suzuvchimiz Muslima Odilova bronza medalini qo’lga kiritdi!

🥈Ziyodaxon Isoqova kumush medal sohibi!

Para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida -47 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Ziyodaxon Isoqova kumush medalini qo’lga kiritdi.

🌐Telegram | Facebook