#Bahor_ilhomlari
#Zulfiyaxonim_108
BAHOR KUYCHISI
Ishq, vafo, sadoqat bòldi shiori,
Ayolga shu boʻlar aslida bezak.
Yolgʻiz tashlab ketsa ham yori,
Uning uchun umr oʻtkazdi beshak.
Fasli bahor kelar, oʻrik gullaydi,
Navbahor tiriklikka baxsh etadi jon.
Zulfiyaxonim intiq qoʻmsaydi,
Yorqin xotirada yashar Olimjon.
Ishq uchun dunyoga keladi inson,
Mehr deb yashamoq, sevilmoq hayot.
Muhabbatdan joʻshib kuyladi har on,
Ardoqlab yashadi ezsa-da hijron.
Yana bahor kelar, yana qor erib,
Fasllar oʻtadi birma-bir, takror.
Yana qalblar sheʼrni qoʻmsaydi bugun
Zulfiyaxonim bilan boshlanar bahor.
✍️: Baxtiyorova Nargiza,
Ogahiy ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#Zulfiyaxonim_108
BAHOR KUYCHISI
Ishq, vafo, sadoqat bòldi shiori,
Ayolga shu boʻlar aslida bezak.
Yolgʻiz tashlab ketsa ham yori,
Uning uchun umr oʻtkazdi beshak.
Fasli bahor kelar, oʻrik gullaydi,
Navbahor tiriklikka baxsh etadi jon.
Zulfiyaxonim intiq qoʻmsaydi,
Yorqin xotirada yashar Olimjon.
Ishq uchun dunyoga keladi inson,
Mehr deb yashamoq, sevilmoq hayot.
Muhabbatdan joʻshib kuyladi har on,
Ardoqlab yashadi ezsa-da hijron.
Yana bahor kelar, yana qor erib,
Fasllar oʻtadi birma-bir, takror.
Yana qalblar sheʼrni qoʻmsaydi bugun
Zulfiyaxonim bilan boshlanar bahor.
✍️: Baxtiyorova Nargiza,
Ogahiy ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#Bahor_ilhomlari
BAHORGA ALYOR
Bahor, sening kelganing rostmi?
Boshqachadir tongning sururi.
Zamin uzra taralgan ifor,
Boshqachadir yurak huzuri.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Bo‘lib masrur baxtga belanchak.
Seni intiq kutgan dillarda,
Ko'ngillarda gul ochsin chechak.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Nega ketding buncha hayallab.
Ag‘yorlaring qishmidi, yozmi?
Yo qadringni sezding ataylab.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Og'ir izlar qoldi ortimda.
Unutaylik kelgin barini,
O‘chsin sitam damlar yodimdan.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Yo‘qolmasin dillarning shahdi,
Tugamasin illo hech qachon.
Yashash ishqi, yashamoq zavqi!
Bahor, sening kelganing rostmi?
01.03.2023
® Xorun Muso,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi
🌐 Telegram | Facebook
BAHORGA ALYOR
Bahor, sening kelganing rostmi?
Boshqachadir tongning sururi.
Zamin uzra taralgan ifor,
Boshqachadir yurak huzuri.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Bo‘lib masrur baxtga belanchak.
Seni intiq kutgan dillarda,
Ko'ngillarda gul ochsin chechak.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Nega ketding buncha hayallab.
Ag‘yorlaring qishmidi, yozmi?
Yo qadringni sezding ataylab.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Og'ir izlar qoldi ortimda.
Unutaylik kelgin barini,
O‘chsin sitam damlar yodimdan.
Bahor, sening kelganing rostmi?
Yo‘qolmasin dillarning shahdi,
Tugamasin illo hech qachon.
Yashash ishqi, yashamoq zavqi!
Bahor, sening kelganing rostmi?
01.03.2023
® Xorun Muso,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi
🌐 Telegram | Facebook
#Bahor_ilhomlari
🌸 YANA BAHOR KELDI...
Hayot qanday go'zal to'rt fasli bilan,
Bugun qalbda ko'klam hayajoni bor!
Kuz-u qishda qolsin og'riqli hislar,
Yangilanish bersin dillarga bahor!
Yana bahor keldi aziz Vatanga,
Dilni maftun etib o'rik guliga!
Ko'k to'ldi turnalar arg'imchog'i-yu
Qaldirg'och parvozi, bulbul kuyiga!...
🌺 Bugun Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchilari ustozlari ogahiyshunos olima Madina Matyaqubova va amaliyotchi psixolog Maqsuda Atajanovalar bilan birgalikda tabiat bag‘rida "Bahor mushoirasi" o‘tkazishdi.
🌐 Telegram | Facebook
🌸 YANA BAHOR KELDI...
Hayot qanday go'zal to'rt fasli bilan,
Bugun qalbda ko'klam hayajoni bor!
Kuz-u qishda qolsin og'riqli hislar,
Yangilanish bersin dillarga bahor!
Yana bahor keldi aziz Vatanga,
Dilni maftun etib o'rik guliga!
Ko'k to'ldi turnalar arg'imchog'i-yu
Qaldirg'och parvozi, bulbul kuyiga!...
🌺 Bugun Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchilari ustozlari ogahiyshunos olima Madina Matyaqubova va amaliyotchi psixolog Maqsuda Atajanovalar bilan birgalikda tabiat bag‘rida "Bahor mushoirasi" o‘tkazishdi.
🌐 Telegram | Facebook