XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
19.9K photos
1.32K videos
32 files
6.07K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#bilasizmi

Oʻzbekistonda nechta oliy taʼlim muassasasi bor?

Hozirda (20.02.2023-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 209 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:

🏛Universitet — 36 ta;
🏛Institut — 48 ta;
🏛Akademiya — 5 ta;
🏛Konservatoriya — 1 ta;
🏛Filial — 24 ta;
🏛Xorijiy OTM va uning filiallari — 30 ta;
🏛Nodavlat (xususiy) OTM — 65 ta.

✔️Davlat oliy taʼlim muassasalari tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:

🔹Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi - 63 ta;
🔸Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi - 1 ta;
🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi - 1 ta;
🔸Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5 ta;
🔹Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi - 3 ta;
🔸Sog‘liqni saqlash vazirligi - 12 ta;
🔹Madaniyat va turizm vazirligi - 10 ta;
🔸Badiiy akademiya - 1 ta;
🔹Raqamli texnologiyalar vazirligi - 7 ta;
🔸Adliya vazirligi - 1 ta;
🔹Bosh prokuratura - 1 ta;
🔸Transport vazirligi - 1 ta;
🔹Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
🔸Yoshlar siyosati va sport vazirligi - 4 ta;
🔹Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi - 1 ta;
🔸Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta;
🔹Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi - 1 ta.

❗️Ushbu roʻyxatga harbiy va diniy oliy taʼlim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.

💾 OTM roʻyxati pdf shaklda👈


🌐 Telegram | Facebook
#Abu_Rayhon_Beruniy_1050_yilligi

📜 Abu Rayhon Beruniy hikmatlari

▪️Ne’matning qadri u yo‘qolgandagina bilinadi.

▪️Bugunning chorasini ko‘rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.

▪️Asalarilar ham o‘z jinsidan bo‘laturib ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb yotadiganlarini o‘ldirib tashlaydilar.

▪️Minnat qilish berilgan ehsonni yo‘qqa chiqaradi.

▪️Har bir kun uchun haq va haqiqat hozir narsa.

▪️Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi.

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni

Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

🔸 Dilnoza Xajiyeva
darslarida turli xil metodlardan foydalanib, o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirishga alohida ahamiyat qaratadi.

🌐 Telegram | Facebook
#Memorandum

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati va “Urganch Baxmal” MChJ bilan tuzilgan hamkorlik memorandumiga asosan

❇️ 2023-yil  21-fevral kuni maktab maslahatchisi Sardor Masharipov va maktab psixologi Laylo Atajanovalar boshchiligida maktab-internatning 10-03- sinf o‘quvchilari uchun mazkur korxonaga tanishtiruv uyushtirildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Zakovat

📌 Xiva shahridagi Prezident maktabida "Zakovat" intellektual o'yinlari davom etmoqda.

🔹O'yin har doimgidek qizg'in bahs va muhokamalarga boy bo'lib o'tdi. Jamoalar bir-birlari bilan kuch sinashib, "Taraqqiyot" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Loyiha_ishi

🏫 Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 5-A sinf o'quvchilari ona tili fanidan jamoa bo'lib loyiha ishi tayyorladilar.

✳️ O'quvchilar ma'lum bir bayram munosabati bilan tadbir ssenariysini tuzdilar va shu asosida loyiha ishini taqdimot qildilar.

🔆 Loyiha ishlari o'tkazilishi jarayonida o'quvchilarda bir-biriga bo'lgan o'zaro do'stlik va mehr-oqibat tuyg'ulari yanada mustahkamlandi.

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni

🏫 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 6-"B" sinfida Science fanidan "Havo haroratini sutkalik va yillik amplitudasini aniqlash" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

Dars kichik guruhlarda tashkil qilinib, o'quvchilarga topshiriqlar berildi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Musiqa
#Dars_jarayoni

🎹Xiva shahridagi Prezident maktabida musiqa fanidan dars mashg'ulotlari.

🎼Musiqa fikrlashning kuchli manbaidir. Musiqiy ta'limsiz to'laqonli bilimga ega bo'lish mumkin emas.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
🔹Telegram 🔸 You tube
🔸Instagram 🔹Facebook