XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.81K subscribers
23K photos
1.57K videos
32 files
6.86K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
🏢 2023-yil 21-fevral kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa va harbiy havo kuchlari qo‘shinlariga qarashli 14069 (84112) harbiy qismda ''Vatan muqaddas- uni himoya qilish sharafli burch'' shiori ostida o‘tkazilgan ''Ochiq eshiklar kuni'' tadbirida qatnashishdi.

👨‍✈️ Mazkur tadbirda 14069-h/q komandirining o‘rinbosari katta leytenant S.Saparboyev va qism harbiy xizmatchilari ishtirok etishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro hamkorlar bilan taʼlim sifatini oshirish imkoniyatlari muhokama etilmoqda

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan UNICEF, Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2023-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida taʼlim islohotlarini muvofiqlashtiruvchi "Hamkorlik to‘g‘risidagi milliy kelishuv"ni ishlab chiqish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda vazirning birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev, UNICEFning Ta’lim sektori rahbari Alberto Biankoli, Taʼlim boʻyicha global hamkorlik tashkilotining mamlakat guruhi rahbari Lina Benet va boshqa bir qator tashkilotlar vakillari ishtirok etishmoqda.

Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad:

▶️Taʼlim sifatini oshirish imkoniyatlarini va kamchiliklarni aniqlash orqali yakuniy xulosalar chiqarish;
▶️“Hamkorlik toʻgʻrisidagi milliy kelishuv” hujjatida aks etuvchi tizimli islohotlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari va investitsiyalarning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash;
▶️“Hamkorlik toʻgʻrisidagi milliy kelishuv”ning tarkibiy tematik yoʻnalishlari boʻyicha indikatorlarni ishlab chiqishdan iborat.

📅Davra suhbati ikki kun davom etadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Toshkentda "Zamin" fondining "Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasidagi ta’lim eko-oromgohi yakunlandi.

Unda 669 nafar oflayn va 200 nafar faol yoshlar onlayn tarzda ishtirok etdi.

🍃Bir hafta davomida bolalar inklyuziv muhitda eko-blogerlar bilan uchrashdi, amaliy seminarlar va muhokamalarda ishtirok etib, o‘z nuqtai-nazarini himoya qildi.

Navbatdagi ta’lim eko-oromgohi Farg‘ona vodiysida, so‘ng O‘zbekistonning barcha hududlarida bo‘lib o‘tadi.

Ekofaollar safiga qo‘shiling!🤝

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Yangibozor.uz | Rasmiy|
Yangibozor tumaniga 30 ming AQSh dollari miqdorida qo‘shimcha mablag‘ taqdim etiladi

Bolalar va yoshlar uchun do'stona shahar qanday bo'lishi kerak? Asaka, Qo‘qon, Zarafshon, Termiz, Yangibozor va Bo‘ston shaharlari hokimlari mamlakatimizda yosh avlod manfaatlari va ehtiyojlari e’tiborga olingan o‘z harakat dasturlarini taqdim etdilar.

Barcha dasturlar bilan tanishib chiqqach, Muvofiqlashtiruvchi kengash Yangibozor tumani hokimligining rejalarida yoshlarning manfaatlari eng yaxshi ravishda e’tiborga olingan deb qaror qildi.

Rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun tuman hokimligiga 30 ming AQSh dollari miqdorida qo‘shimcha mablag‘ taqdim etiladi.

O’zbekistonda “Bolalar va yoshlarga do‘stona mahalliy boshqaruv” tashabbusi “Yuksalish” umummilliy harakati, Yoshlar ishlari agentligi, UNICEF hamda ushbu shaharlar hokimliklari tomonidan imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirilmoqda.

Yangibozor tumani hokimligi matbuot xizmati

@yangibozor_hokimligi