XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.55K subscribers
24K photos
1.62K videos
33 files
7.2K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Bogʻot_IM
#IELTS

💠
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o'quvchisi

— Abdullayeva Feruza ingliz tili fanidan IELTS 7.0 balli sertifikatni qo'lga kiritdi.

🌐
Telegram | Facebook
👍15
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Bogʻot_IM

XALQARO INTERVYU

🎤
Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matematika fani o'qituvchisi Kamalov Ne'matjonning 21-26-aprel kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida II Xalqaro Matematika Olimpiadasi jarayonida Turkmaniston davlatining "Yashlyk" televideniyesiga bergan intervyusi

🌐 Telegram | Facebook
👍7
#Bogʻot_IM
#Tadbir

26-APREL SANASIDA BOG‘OT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI 2 YOSHGA TOʻLDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2023-yil 26-aprelda foydalanishga topshirilib, ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi.


⚡️Maktab ochilishining 2 yilligi munosabati bilan 25-aprel kuni bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda o'quvchilar tomonidan ilm maskanini madh qiluvchi she'r va qo'shiqlar, raqslar ijro qilindi va turli qiziqarli viktorinalar o'tkazildi.

Bayram tadbirida tuman madaniyat xodimlari ham ishtirok qilib, yanada ko‘tarinkilik bag'ishladilar.

📍Ma'lumot uchun, Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ushbu 2 yil ichida bir qator yutuqlarni qo'lga kiritdi. Jumladan, o'quvchilar Asosiy fan olimpidalarida, "Hokim olimpiadalari"da yuqori o'rinlarni egalladilar hamda xalqaro olimpiadalarda 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallar qo'lga kiritildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#Bogʻot_IM
#Ochiq_eshiklar_kuni

Kecha Bog'ot_tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ‘’Ochiq eshiklar kuni" tadbirlari o'tkazildi.

📍Tadbir davomida  maktabning volontyor o'quvchilari bu yerda yaratilgan sharoitlar, sinf xonalari, oshxona, laboratoriya xonalari, faollar zali, robototexnika, kutubxona, shaxmat va boshqa toʻgaraklari bilan tanishtirdilar.


🌐
Telegram | Facebook
😍32👏2🎉1
#muddatidan_oldin_talabalik
#Bogʻot_IM #Hazorasp_IM #Yangiariq_IM

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida viloyatimizdagi umumta'lim maktablari oʻquvchilari o’rtasida Informatika, Fizika, Biologiya hamda Kimyo fanlaridan olimpiadaning universitet (final) bosqichi bo’lib o’tdi.

Ushbu olimpiadada Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar o'quvchilari ham faol ishtirok qilishdi.

INFORMATIKA fanidan:

🥇Sotiboldiyev Asadbek Aybekovich - Bog‘ot tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi - 1-o'rin
🥈Rajabov Shohruz Nodirbek o‘g‘li - Hazorasp tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi - 2-o'rin
🥉Qurbannazarov Ilyosbek Xursandbek o‘g‘li - Yangiariq tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi - 3-o'rinni egallab, oliy ta’lim muassasasining mablag‘lari hisobidan imtihonsiz o‘qishga qabul qilish imkoniyatini qo'lga kiritdilar.

Ushbu yutuqlari bilan o'quvchilarni chin dildan mubarokbod etamiz. Bundanda katta yutuqlarga erishishlariga tilakdoshmiz.

🌐 Telegram | Facebook
👏3
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
#Bogʻot_IM

🇺🇿 Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan tashkil qilingan tadbirlar:

⚡️ Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha direktor o‘rinbosari Bahrom Masharipov va tarix fani o'qituvchisi Jo'rabek Jumaniyozovlar boshchiligida 10-sinf o‘quvchilari Vatanimiz tarixiga boy va muqaddas maskan — "Xotira maydoni"ga sayohat tashkil etildi.

⚡️ “Shaxmat taxtasida – g‘alaba ruhi, yuraklarda – xotira muhri!” shiori ostida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi.

⚡️
Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar davomida o‘quvchilarga shu davr voqealarini yorituvchi tarbiyaviy va tarixiy filmlar namoyish etildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#psixolog_faoliyati
#Bogʻot_IM

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktab psixologi Ollanazarova Shoira faoliyatidan lavhalar:

⭕️ Pedagoglar jamoasi va maktab o'qivchilarida do'stona munosabatni shakllantirish va ko'tarinki kayfiyat ulashish maqsadida psixologik trening tashkil qilindi. Unda "Lyusher  ranglar testi" asosida "Ranglar siz haqingizda nima deydi?" metodikalaridan foydalanildi.

⭕️ 7-A sinf o'quvchilari bilan "Mavjud bo'lmagan hayvon" metodikasi, "Men o'zimga va o'z kuchimga ishonaman" anketa so'rovnomasi olindi.

⭕️ 8-sinf o‘quvchilari bilan ularning kasbga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, kelajakda kasbni to'g'ri tanlash va o'zlari qiziqqan yo'nalish bo'yicha fanlarga yo‘naltirish maqsadida "Kaft alifbosi", "Kaft metodi" va turli xil xotirani rivojlantiruvchi metodikalar o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
👏3👍1
#Bogʻot_IM
#Sayohat

YAXSHI DAM - MEHNATGA HAMDAM

⚜️ Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi pedagogik jamoasi "9-may Xotira va qadrlash kuni" bayrami arafasida dam olish kunlarini samarali o'tkazish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil qilib, Jizzaxning so'lim Zomin hududida hordiq chiqarishdi va tabiat bag'rida dam olishdi.

Sayohat davomida Samarqand shahrida Islom Karimov majmuasi, buyuk Registon majmuasi, Go'ri Amir, Bibixonim maqbaralari, Shohi Zinda ziyoratgohi, Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalari singari muqaddas maskanlarga borishdi.

Keyingi manzil – Buxoro shahri bo'ldi!  Bu yerda Minorai Kalon, Sitorai Mohi xosa saroyi, Buxoro Ark qal'asi va qadimiy zindon, Labi Hovuz ansambli singari boy madaniy meroslar bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, Bahouddin Naqshband ziyoratgohi va Buxoro VarNet korxonasiga ham sayohat qilishdi.

🚌 Ushbu sayohat maktab jamoasida tariximiz, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan mehrni oshirdi hamda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

🌐 Telegram|Facebook
👍4😍1
#Yosh_akademiklar
#Bogʻot_IM

Xalqaro ingliz tili fani oʻqituvchisi bilan uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-55-son farmonida ta'lim muassasalarining o‘quvchilari oʻrtasida "Yosh akademiklar" klublari tashkil etilishi alohida belgilab oʻtilgan.


🟢 Mazkur farmon ijrosiga muvofiq Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Yosh akademiklar klubi" a'zolari uchun hindistonlik xalqaro ingliz tili fani o'qituvchisi Muhammad Ashraf ishtirokida mahorat darsi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida Mr.Muhammad o'quvchilarga motivatsiyalar berib, til o'rganishdagi o'zining tajribalari bilan o'rtoqlashdi va o'quvchilar ham o'zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

🌐 Telegram | Facebook
👍2👏21🤩1
#Bogʻot_IM
#Soʻnggi_qoʻngʻiroq

🔔 Bog 'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bugun “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Tadbirni maktab direktori Zafarbek Ibadullayev ochib berib, bitiruvchilarga samimiy tilaklarini bildirdi.

Tadbirda:

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi direktori To'rabek Shermatov,

Chirchiq davlat universiteti dekani fizika matematika fanlari doktori, prof. Qahramon Ibadullayev,

Urganch innovatsion universiteti o'qituvchisi Dilmurod Ro'zmetov,

tuman Tibbiyot birlashmasi shifokori Dilshod Abdullayevlar mehmon bo'lishdi.


Tadbir davomida yuqori natijalarga erishgan, ta’lim va tarbiyada namuna bo‘lgan o‘quvchilar viloyat hokimligi, maktab ma’muriyati va mutasaddilar tomonidan taqdirlandilar.

Ijodiy chiqishlar, musiqiy sahnalar va samimiy so‘zlar barchaning qalbini to‘lqinlantirdi.

🌐 Telegram | Facebook
👍7