XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.27K subscribers
23.6K photos
1.61K videos
33 files
7.08K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Kun_qahramoni
#Yangibozor_IMI

Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchilarini bugungi malaka test sinovlaridagi yuqori natijalari bilan tabriklaymiz!

Polvonov Po'lat -
Ingliz tili fani bo‘yicha 96 ball bilan kun qahramoni

Saparbayeva Sadoqat -
Ingliz tili fani bo‘yicha 84 ball bilan kun qahramoni

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni
#Yangibozor_IMI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati fizika, ona tili, geometriya, matematika, algebra, kimyo, ingliz tili darslaridan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
#Kun_qahramoni
#Yangibozor_IMI
#Yangiariq_IM

▫️Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'qituvchisi - Adamova Shahlo Sharafiddinovna - Ona tili va adabiyot fani bo‘yicha 90 ball bilan kun qahramoni

▫️Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktab o'qituvchisi - Rahmonova Mavluda G'ayratovna - Ona tili fani bo‘yicha 82 ball bilan kun qahramoni

🌐 Telegram | Facebook
#Yangibozor_IMI
#Psixolog_faoliyati

🔁 Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati psixologi Yulduz Vapayeva tomonidan o'quvchilar bilan "Impuls", "Qalam", "Molekulalar" mashqlari asosida psixologik korreksion-rivojlantiruvchi trening mashg'ulotlari, "Mavjud bo'lmagan hayvon" proyektiv metodikasi o'tkazildi.

Jarayonlardan fotolavhalar.

🌐
Telegram | Facebook
#Eco_school
#Yangibozor_IMI
#Xiva_shahar_2_son_IM

Tabiatga ko‘rsatilgan mehr – o‘zimizga qaytadi!


🍀 Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining Eco-leading jamoasi  "Yashil zaminga aylantiramiz" loyihasini tashkil etishdi. Loyihada nafaqat ishchi-xizmatchilar, balki jamoaning koʻngilli oʻquvchilari ham faol ishtirok etdilar.

🍀 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining "Eco school" jamoasi aʼzolari tabiat muhofazasi uchun harakatda davom etmoqda. Jamoa bu gal ona tabiatimiz chiroyiga koʻrk qoʻshayotgan bir qancha gul koʻchatlarini oʻtqazishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangibozor_IMI

🍀 Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatidagi "La flora" xonasi tabiiy xona gullari bilan toʼldirilgan bo'lib, oʻqituvchilar va oʻquvchilar boʻsh vaqtlarida dam olishi uchun tashkil etilgan.

Maktabda gullarning 50 dan ortiq turlari mavjud.

🌐 Telegram | Facebook
#Turon_yoʻlbarslari
#Respublika_bosqichi
#Yangibozor_IMI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo oʻquvchilari oʻrtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining Respublika bosqichida Xorazm viloyatidan qatnashgan

🇺🇿
Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatining "Vatanparvar" jamoasi - "ENG BILIMDON JAMOA" nominatsiyasiga loyiq topildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangibozor_IMI
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatining amerikalik sobiq volontyori, hozirgi kunda "International child education" tashkiloti xodimi Katherine Kostiuk bilan Zoom platformasi orqali suhbat o'tkazildi.

💬 Suhbat davomida AQSh madaniyati, hayot tarzi, ta'lim tizimi to'g'risida ma'lumotlar berildi. Ochiq savol-javoblar asosidagi suhbat o'quvchilarning og'zaki nutqining rivojlanishida ahamiyatli bo'ldi. O'quvchilar ham o'z navbatida volontyor tomonidan berilgan savollarga javob berdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangibozor_IMI
#Ochiq_eshiklar_kuni

Bayramona kayfiyat

☀️2-may kuni
Yangibozor  tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

"Ochiq eshiklar kuni"da — ota-onalar, umumiy o'rta ta'lim maktablarining  o'quvchilari hamda ularning ustozlari maktab-internat  faoliyati, kutubxona, yotoqxona bilan yaqindan tanishdilar.

Sizni maktabimizda kutib qolamiz!!!

🌐 Telegram | Facebook
#Eco_Schools
#Yangibozor_IMI

🌿
Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining "Eco-Schools" loyihasi  a'zolari tomonidan maktab-internat hududi chiroyli gullar bilan bezatildi.

🚮 Shuningdek, endilikda katta plastik idish koʻrinishidagi maxsus chiqindi idishi maktab-internati hovlisiga oʻrnatildi. Maktabda yigʻilgan har qanday plastik chiqindi aynan shu idishga olib boriladi.

🌐 Telegram|Facebook