XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.56K subscribers
19.7K photos
1.31K videos
32 files
6.02K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Abu_Rayhon_Beruniy_1050_yilligi
#Tadbir

Вirinchi Renessans qomusiy olimi, buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini keng nishonlash hamda allomaning hayoti va ilmiy-ma’rifiy faoliyatini, uning jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini o‘quvchilar o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida joylarda turli tadbirlar davom etmoqda.

🏫 Bugun Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari Z.Atajonova va M.Sultonovalar tomonidan Xorazm elining buyuk allomasi Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan to'garak a'zolari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

🎭 To'garak a'zolari tomonidan sahnalashtirilgan "Sulton va Beruniy" nomli sahna ko'rinishi namoyish etildi.

✍️Maktab-internatda o‘quvchilar o‘rtasida "Beruniy avlodlarimiz" mavzusida maqolalar tanlovi ham o‘tkazilgan edi.

🌐@piima_xorazm
#Abu_Rayhon_Beruniy_1050_yilligi
#Davra_suhbati

🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Abu Rayhon Beruniy ilmiy ma'rifiy merosini o'rganish va keng targ'ib qilish maqsadida "Ma'naviy barkamol avlod - barqaror jamiyat bunyodkori" mavzusida ma'rifiy davra suhbat tashkil qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
#Tanlov
#Abu_Rayhon_Beruniy_1050_yilligi

✳️ Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 5-6-sinf o'quvchilari o'rtasida buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan "Beruniy izdoshiman"nomli rasmlar tanlovi o'tkazildi.

Tanlov natijalariga ko'ra:
3-🥉 -o'rinni Otajonova Sokina 5-"b" sinf
3-🥉- o'rinni Quromboyeva Charosxon
5-"b" sinf
2-🥈- o'rinni Sattorberdiyeva Dilnura
6-"a" sinf
1-🥇-o'rinni Yoqubov Isobek 5-"b" sinf o'quvchisi
egalladilar.

🎨 Tanlov tashkilotchisi: M.Masharipova

🔆 Ishtirokchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildirib, g'oliblarni tabriklaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Abu_Rayhon_Beruniy_1050_yilligi
#Davra_suhbati

💠 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqa'la tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Abu Rayhon Beruniy ilmiy ma'rifiy merosini o'rganish va keng targ'ib qilish maqsadida "Ma'naviy barkamol avlod - barqaror jamiyat bunyodkori" mavzusida maktabning tarix fani o'qituvchisi Farzona Durdiyeva tomonidan davra suhbati tashkil qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
#Abu_Rayhon_Beruniy_1050_yilligi

💠 Bugun Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-e va 8-d sinflarida qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning 1050 yillgi munosabati bilan davra suhbati tashkil qilindi.

💭 Tadbirda buyuk allomaning hayot yo'li va ilmiy faoliyati haqida o'quvchilarga ma'lumot berildi.

🌐
Telegram | Facebook
#Abu_Rayhon_Beruniy_1050_yilligi

📜 Abu Rayhon Beruniy hikmatlari

▪️Ne’matning qadri u yo‘qolgandagina bilinadi.

▪️Bugunning chorasini ko‘rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.

▪️Asalarilar ham o‘z jinsidan bo‘laturib ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb yotadiganlarini o‘ldirib tashlaydilar.

▪️Minnat qilish berilgan ehsonni yo‘qqa chiqaradi.

▪️Har bir kun uchun haq va haqiqat hozir narsa.

▪️Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi.

🌐 Telegram | Facebook
#Abu_Rayhon_Beruniy_1050_yilligi
#Dars_jarayoni

🏛Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 22-fevral kuni maktabning yosh va tajribali fizika fani o'qituvchilari Z.O'skanova va M.Sa'dullayevalar aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan 7 -"B" sinf o'quvchilariga ochiq dars tashkil qilishdi.

⚜️Dars jarayoni amaliy mashg'ulot sifatida tashkil qilindi va buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning 1050-yillik xotirasiga bag'ishlandi.

⚜️Mashg'ulot davomida o'quvchilarga Beruniyning ilmiy-marifiy merosi, uning fan sohasida qilgan yutuqlari haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Qiziqarli boshqotirma va "Guess what...?"o'yinidan foydalanishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Abu_Rayhon_Beruniy_1050_yilligi

🇺🇿 Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag'ishlab ijodiy ishlar tanlovilari tashkil qilindi. Xususan,

✍️ "Buruniy avlodimiz" shiori ostida insholar tanlovi,

🎨 "
Beruniy izdoshiman" mavzusida rasmlar tanlovi,

🎭 Drama to'garagida Buruniy hayotiga bag'ishlangan spektakl
sahnalashtirildi.

📌 Bu kabi tanlovlar Abu Rayhon Beruniy hayoti va ilmiy-marifiy faoliyati, jahon tamadduniga qo'shgan ulkan hissasi yoshlar o'rtasida keng targ'ib qilishga yordam beradi.

🌐 Telegram | Facebook
#Sinf_soati
#Abu_Rayhon_Beruniy_1050_yilligi

🌍 Bugun Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida barcha sinflarda sinf soati "Abu Rayhon Beruniy-buyuk mutafakkir va qomusiy olim" mavzusiga bag'ishlandi.

O'quvchilar buyuk allomaning faoliyati haqida ko'pgina ma'lumotga ega bo'ldilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Abu_Rayhon_Beruniy_1050_yilligi

🪐
Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

5-A sinfning "Al-Xorazmiy" va
5-B sinfning "Al-Beruniy" guruhlari matematika fanidan 5 ta shart asosida bellashdilar.

💬 1. Kirish
2. Tez savolga tez javob
💠 3. Krossvord
💤 4. Beruniy masalasi
5. Maqol aytish (hisob so'zlar)

🌍 Bellashuvda "Al-Xorazmiy" guruhi g'olib bo'ldi.

🌐 Telegram | Facebook
#Musobaqa
#Abu_Rayhon_Beruniy_1050_yilligi

Tuproqqal'a tumanida Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligi keng nishonlandi

🎨 Tadbirda "Beruniy siymosi mening ijodimda" mavzusida rassomchilik bo'yicha bellashuv uyushtirilib, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8 Green sinf o'quvchisi

🏆 Sa'dullayeva Yulduzxon musobaqa g'olibi bo'ldi


🎭 Kechaga qomusiy olimning hayoti to'g'risidagi spektakl va qiziqarli savol-javoblar o'zgacha shukuh baxsh etdi.

Ajdodlarimiz ruhi bizni doim qo'llasin.

🌐 Telegram | Facebook