XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.18K subscribers
23.5K photos
1.6K videos
33 files
7.05K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#ChSB_imtihonlari

📝 O'zbekiston Respublikasi Prezident ta'lim muassasalari agentligining "Ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda 2-chorak bo‘yicha summativ baholash sinovlarini o‘tkazish to‘g‘risida"gi 2022-yil 12-dekabrdagi 134-AF-sonli buyrug'i ijrosi yuzasidan muassasalarimizda sinovlar belgilangan tartiblarda tashkil qilinib o'tkazilmoqda.

📸 Fotosuratlarda Xorazm viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi jarayonlardan lavhalar.

Xorazm viloyati hududiy bo‘limi
#ChSB
#2_Choraklik_summativ_baholash

📊 26-dekabr kuni Summativ baholash sinovlarini anʼanaviy shaklda oʻtkazish jarayonlari Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi masʼullari tomonidan nazorat qilinadigan 49 ta umumtaʼlim maktablarida an’anaviy (qog‘oz) shaklda o‘tkazildi va bu jarayonda 27 297 nafar o‘quvchilar ishtirok etdilar.

📍II chorak yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan ChSB sinovlarini adolatli va shaffof tashkil etish maqsadida har bir maktab uchun viloyat Pedagogik mahorat markazi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar va yangi baholash tizimi dastlab joriy etilgan maktablarning tajribali xodimlaridan iborat kuzatuvchilar jalb qilindi.  

▫️Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi Izzatbek Ismoilov va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi xodimi Islombek Nurullayevlar ham Hazorasp va Tuproqqal’a tumanlari hamda Urganch va Xiva shaharlaridagi maktablardagi summativ baholash jarayonlarining borishi bilan tanishdilar.
#CHSB_jarayon
#Xiva_shahar_2_son_IM

Bugun tajriba-sinov maktablarida III chorak yakuni bo'yicha CHSB sinovlari boʻlib oʻtdi.

 MMTVga qarashli Xiva shahridagi
▪️6-sonli
▪️9-sonli
▪️7-sonli
▪️56-sonli
▪️16-sonli
▪️17-sonli maktablarda 3-chorak CHSB nazorat imtihonlarini o‘tkazishda Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining  bir guruh o’qituvchilari masʼullik qildilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Urganch_shahar_1_IMI
#Chsb_jarayon

📍Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining bir guruh o’qituvchilari Urganch tumani 4-, 15-, 43-son va Urganch shahar 1-, 11-, 13-, 15-, 16-, 21-, 22-son maktablarida bo’lib, III chorak yakuni bo’yicha choraklik summativ baholash sinovlarini tashkil etdilar.

🌐 Telegram | Facebook