XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_tavalludining_215_yilligi

📆 17-DEKABR – MUHAMMAD RIZO ERNIYOZBEK O‘G‘LI OGAHIY TAVALLUD TOPGAN KUN

Mumtoz shoir, sermahsul tarjimon, hassos muarrix, mutafakkir, olim, mohir xattot Muhammad Rizo Ogahiy 1809-yilda Xiva shahri yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida mirob oilasida tavallud topgan.

Ogahiy Xiva xonligi davrida turkiy tilda eng ko‘p bitilgan nazmiy va nasriy asarlarning muallifi, turkiy til tarjimonlik maktabining ijodkori va peshqadami edi. U Nizomiy, Dehlaviy, Saʼdiy, Jomiy, Hiloliy va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga sheʼriy tarjima qilgan.

Ogahiyning g‘azallari nafaqat o‘z zamonining, balki o‘sha davr adabiyotining o‘ziga xos va yuksak namunalaridan biri hisoblanadi. Uning asarlari, zamonlar o‘tib borishiga qaramay, bugungi kunda ham yosh avlodni maʼnaviy jihatdan tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.

Ogahiy 1874-yilda 65 yoshida vafot etgan.

Maʼlumot o‘rnida, 2019-yilda Agentligimiz tizimida Ogahiy nomidagi ijod maktabi tashkil etilgan. Mazkur taʼlim muassasasida Ogahiy ijodiy merosiga munosib izdosh bo‘luvchi yoshlar tahsil olmoqda.


Yuqoridagi g‘azalni Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Zuhra Otajonova o‘qigan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_tavalludining_215_yilligi
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#uchrashuv

📍Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida mumtoz shoir, sermahsul tarjimon, mutafakkir olim, mohir xattot Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 215 yilligi munosabati bilan Xorazm viloyati yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibasi filologiya fanlari nomzodi, dotsent Sayyora Samandarova bilan “Ma’rifat ulashib” tadbirlari doirasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

📌 Uchrashuv davomida o’quvchilar
Ogahiy ijod merosidan g’azallar, she’rlar aytishdi. Shoira Sayyora Samandar qalamiga mansub she’rlardan parchalar aytishdi.

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM