XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.4K photos
1.27K videos
32 files
5.92K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Tuproqqalʻa_IM
#hamkorlik

Davlatimiz rahbarining o‘quvchilarni kasb-hunarga  yo‘naltirish masalasidagi topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda tumanda faoliyat ko'rsatayotgan idoralar, xizmat ko'rsatish korxonalar bilan memorandum imzolandi.

🏢Maktab maslahatchisi Ruzmat Matyakubov hamda maktab psixoligi Saboxat Saparova o'quvchilar bilan suhbatlashib ular qiziqqan sohalar bo‘yicha shartnomalar imzolashdi.

⚡️ Tez kunlarda kasbga yo'naltirish bo‘yicha ekskursiyalar boshlanadi.


🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_Prezident_maktabi
#hamkorlik

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5212-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida

📋 Xiva shahridagi Prezident maktabi hamda Xorazm viloyati bo’yicha Milliy Gvardiyasi boshqarmasi “Chavandozlar maktabi” bo’limi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🐎 Shuningdek, “Chavandozlar maktabi” to’garagi tashkil etildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Hamkorlik
#Qoʼshkoʼpir_IM

Qo‘shko‘pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Xiva shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi Jasmina Mangliboyeva chet el universitetlariga hujjat topshirish va bir qancha loyihalar haqida ma'ruza o‘tkazdi.

▪️TEDxKhivaPS,
▪️KPSMUN,
▪️Green boosters va
▪️IGNITE kabi loyihalarni taqdim etib, o‘quvchilarga yangi imkoniyatlar va xalqaro maydonda o‘zlarini sinab ko‘rish yo‘llarini tushuntirdi.

Jasmina, shuningdek, yoshlarni o‘z maqsadlari sari intilishga va global loyihalarda ishtirok etishga chorladi. Ushbu tadbir o‘quvchilarga ilhom bag‘ishlab, ularga kelajak sari yo‘l ochishda yordam berdi!

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_bayroq_ostida_birlashaylik
#Hamkorlik
#Sport

🇺🇿 Xiva shahridagi Prezident maktabida 16-noyabr kuni "Bir bayroq ostida birlashaylik" shiori ostida Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar o'rtasida "Unity Cup" turniri bo'lib o'tdi.

Ushbu bellashuvda 8 ta maktab o'rtasida qizg'in bellashuvlar olib borildi. Turnirda futbol, stol tennisi, shaxmat, qizlar va o'gil bolalarning volleybol o'yinlari o'tkazildi.

🤝Do'stona uchrashuvda ustozlar va o'quvchilar nafaqat raqobatlashdilar, balki tajriba ham almashdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangibozor_IMI
#Hamkorlik

YANGIBOZOR TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI O'QUVCHILARI "TENGDOSH TENGDOSHGA" LOYIHASIDA QATNASHMOQDALAR

Maktab-internat o'quvchilari tumandagi umumta'lim maktablariga borib, dars jarayonlarida ishtirok etishdi.

7-a sinf oʻquvchisi Ortiqova Charosxon 2-son umumta'lim maktabining dars jarayonlarida faollik ko'rsatdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Hamkorlik
#sport

🏹 O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xorazm viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan o‘quvchilarda vatanparvarlik va mardlik tuyg‘ularini yanada shakllantirish maqsadida Urganch shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil qilingan kamondan o‘q otish bo‘yicha sport musobaqasida Agentlik tizimidagi maktablar o‘quvchilari faol ishtirok qildilar.

Musobaqada:

🥇Xiva shahridagi Prezident maktabi - 1-o'rin,
🥈Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi - 2-o‘rin,
🥉Ogahiy nomidagi ijod maktabi - 3-o'rinni egallashdi.

G‘oliblar diplom va medallar bilan taqdirlandilar.

🌐Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik
#memorandum

HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov tomonidan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tomonlar hamkorlikda tabiiy fanlar sohasida ta’lim sifatini yanada oshirish, oʻquv jarayonini ishlab chiqarish sohalari bilan uzviyligini ta’minlash, shuningdek, farmatsevtika va hayot fanlari mutaxassisliklariga kasbiy yoʻnaltirish uchun keng shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar rejasini belgiladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur memorandum ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari orasida ingliz tilida tabiiy fanlar yoʻnalishida mini-olimpiadalar tashkil qilish va iqtidorli yoshlarga xalqaro oliy ta’limda tahsil olish uchun imkoniyatlar yaratishni koʻzda tutadi.

Shuningdek, bakalavr bosqichidagi xalqaro ta’lim va ta’lim grantlari haqida ma’lumotlar almashuvini tashkil qilish, oʻquvchilarning ilm-fan va kelajak kasblarga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube