XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.55K subscribers
24K photos
1.62K videos
33 files
7.19K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Tadbir
#Xonqa_IM

🎵Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida "May - ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar oyligi" hamda "Besh tashabbus" tadbirlari doirasida maktabning musiqa fani o‘qituvchisi Hamdambek Rahimov rahbarligidagi musiqa yo‘nalishidagi to‘garak a'zolari tomonidan "San'atning bebaho durdonalari" nomli badiiy-musiqiy tadbir o‘tkazildi.

🪕Tadbirda ixtisoslashtirilgan maktabning 5-6-7-sinflari hamda 10-sinf o‘quvchilari tomonidan milliy qo‘shiqchiligimiz durdonalaridan "Aliqambar", "Tanovor", "Lazgi" kuy va qo‘shiqlari, "Go‘ro‘g‘li" turkum dostonlaridan "Avazxon" dostoni ijro qilindi. Shuningdek, o‘quvchi qizlar tomonidan dutor kuylari va milliy raqslar, xalq folklor qo‘shiqlaridan laparlar ijro qilindi.

🎤 Tadbirni 10-D sinf o‘quvchisi Sevinchoy Qilicheva olib bordi.

🌐 Telegram | Facebook
👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shovot_IMI
#Tadbir

📹Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'tkazilgan "Al-KHOREZMI SPEAKERS'CLUB MEETING -10" tadbirini tomosha qiling.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
#Xonqa_IM
#Tadbir

🍀 Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida biologiya fani o'qituvchisi Bekchanova Muazzam rahbarligida "22-may - Xalqaro biologik xilma-xillik kuni"ga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

Tadbir o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

🌐 Telegram | Facebook
👍3
#tadbir
#halollik

"O‘QUVCHI YOSHLAR HALOLLIK TARAFDORI" O‘N KUNLIGI O‘TKAZILMOQDA

⚪️ Urganch shahar 1-son IMI
da 16-oktabr kuni maktab psixologi L.Atajanova mavzu doirasida o’quvchilarni kutib olish tadbirini tashkil qildi.
17-oktabr kuni 9-03 sinf o’quvchilari bilan "Kaft alifbosi", "Kaft metodi" treninglarini o’tkazdi.

⚪️ Ogahiy ijod maktabining tarbiyachi-pedagoglar boshchiligida oktabr oyining 16-sanasida 10-11-sinf o'quvchilari bilan "Korrupsiyaning jamiyat uchun salbiy ta'siri" mavzusida ochiq dars mashg'uloti, 7-8-9-sinf o‘quvchilari uchun esa "Halollik qadriyatlari" mavzusda ochiq dars mashg‘ulotlari o'tkazildi. Mashg‘ulotda o‘quvchilar donolar bisotidan halollik haqida turli hikmatlar, rivoyatlardan misollar keltirdilar.

⚪️ Bog'ot tuman IMda tarix fani o'qituvchisi J.Jumaniyazov mavzuga oid ochiq darslar tashkillashtirdi. B.Gapporova tomonidan 9-sinf o'quvchilariga "Halollik qadriyatlari haqida suhbat" mavzusida ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍5
#tadbir
#halollik

"O‘QUVCHI YOSHLAR HALOLLIK TARAFDORI" O‘N KUNLIGI DAVOM ETMOQDA

🔺Yangibozor tumani IMIda 10-11 sinf o‘quvchilari uchun “Korrupsiyaning jamiyat uchun salbiy ta’siri”, 5-9 sinf o‘quvchilari uchun “Halollik qadriyatlari haqida suhbat” mavzularida dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, maktab psixologi Yulduz Vapayeva tomonidan 11-sinf oʻquvchilari bilan "Halollik va axloqni kasb tanlashdagi ahamiyati" mavzusida trening mashg'uloti o'tkazildi.

🔺Xonqa tumani IMning 10-sinf o‘quvchilari bilan "Halol fuqaro - faol fuqaro" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

🔺Xiva shahar 2-son IMda "O'quvchi yoshlar halollik tarafdori" 10 kunligi doirasida insholar tanlovi o'tkazildi.

🔺Yangiariq tuman IM o'quvchilari bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida korrupsiya va uning salbiy oqibatlariga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
1👍1
#Shovot_IMI
#tadbir

☀️ Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida matematika fani o'qituvchisi, O'zbekiston Xalq  o'qituvchisi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi SOBIROV AHMED YO‘LDASHEVICHning 70 YOSHga to'lganligi munosabati bilan tadbir o'tkazildi.

⚜️Ushbu tadbirga ustozning oila a'zolari, shogirdlari, yaqin do'stlari tashrif buyurishdi. O'quvchilar tomonidan ustozning mehnat faoliyati hamda yutuqlari haqida ma'lumot berildi, turli xil chiqishlar qilindi.

🔆  Shogirdlaringiz, farzandlaringiz  ilm  cho'qqilarini zabt etib yuzingizni  yorug' etaversin, aziz ustoz!

🌐 Telegram | Facebook
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yurtim_bayrogʻi
#Tadbir
#Shovot_IMI

🇺🇿 MILLAT BAYROG'I

📹 O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Millat bayrog'i" shiori ostida o'tkazilgan tadbirdan videolavha

🌐 Telegram | Facebook
👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xiva_Prezident_maktabi
#tadbir

"Milliy libosimiz - ma'naviy boyligimiz" mavzusidagi ko‘rgazma tashkil qilindi

Xiva shahridagi Prezident maktabining "Girls Club" a'zolari tomonidan "Milliy libosimiz - ma'naviy boyligimiz" mavzusida liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

🌈 Ko‘rgazmada turli xil milliy liboslar namoyish etildi. Har bir kiyimning o‘ziga xosligi, go‘zalligi va an’anaviy qadriyatlari alohida ta’kidlandi.

🌐 Telegram | Facebook
🔥5
#Ogahiy_ijod_maktabi
#tadbir

Ogahiy ijod maktabida Mahtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligi munosabati bilan musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mahtumquli butun dunyo adabiyot ixlosmandlarining sevimli shoiriga aylangan.  Uni nafaqat turkiy xalqlar, ayni paytda jahon adabiyoti va madaniyati tarixida alohida oʻrin egallagan atoqli shoir va mutafakkirdir.


➡️ "Mahtumquli qo‘shiqlari barhayot" nomli tadbirni tarbiyachi-pedagog Xurmat Allayorov va "Musiqa" to‘garagi rahbarlari olib bordilar.

🎶 Tarbiyaviy ahamiyatga ega nasihat yo‘lida kuylangan qo‘shiqlar jonli tarzda ijro qilindi. O‘quvchilar tomonidan ijodkor she'rlaridan o‘qib berildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
#Hazorasp_IM
#Tadbir

⚡️Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 5-A sinfida "Goodbye Autumn" mavzusida o'tkazilgan tadbirdan lavhalar.

📌 Tadbirda o‘quvchilar mevalar haqida she'rlar aytib, qo'shiqlar kuylashdi. Kuz haqidagi savollarga javob berib sovg'alar yutib olishdi.

🌐Telegram | Facebook
👍3
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Tadbir

OGAHIY TAVALLUDINING 215 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ADABIY
TADBIR O‘TKAZILDI

⏺️ Ogahiy nomidagi ijod maktabida she‘riyat mulkining zabardast vakili, Xorazm adabiy muhitining buyuk namoyandasi, shoir, tarjimon, tarixnavis Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 215 yilligiga bag‘ishlangan "Ogahiyning mangu merosi" nomli adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva, UrDPUI iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sarvar Abdullayev va adabiyotga, so‘zga oshufta bo‘lgan mehmonlar tashrif buyurishdi.

Adabiy kechada Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan shoir qalamiga mansub go‘zal ash'orlar mahorat bilan ijro qilindi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ogahiyning tarixiy asarlari va tarjimalari haqida ma'lumotlar berildi.

Viloyatimiz bo‘ylab Ogahiyning tavalludi munosabati bilan adabiy tadbirlar davom etmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
🎉1
#tadbir
#Qoʼshkoʼpir_IM

⚡️ Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 215 yilligiga bag'ishlab "NAZM ICHRA BIR GAVHAR" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.

O'quvchilar olgan bilimlarini sinovdan o'tkazish va yanada mustahkamlash maqsadida ikkala sinf o'quvchilari o'rtasida ZAKOVAT o'yini ham tashkillashtirildi.

🌐 Telegram | Facebook
👏2
#Xiva_Prezident_maktabi
#Tadbir

TEDxKhivaPS
🎤

💡 Xiva shahridagi Prezident maktabida ilk bor TEDxKhivaPS tadbiri o‘tkazildi.

🔘 Tadbirda nafaqat maktab o‘quvchilari, balki boshqa muassasalardan ham ko‘plab ishtirokchilar qatnashdi. Jumladan, Ma'mun Universiteti, Nukusdagi Al-Xorazmiy maktabi va boshqa ta’lim muassasalaridan kelgan yoshlar va mutaxassislar TEDx sahnasida o‘z bilim va tajribalari bilan bo‘lishishdi. Ularning ilhomlantiruvchi nutqlari barcha ishtirokchilarga yangi g‘oyalar va motivatsiya ulashdi.

Ushbu loyiha dunyoni o‘zgartiruvchi fikrlarni tarqatish va yoshlarni ilhomlantirish maqsadida tashkil etildi.


🌐 Telegram | Facebook
👍3
#Yangibozor_IMI
#tadbir

KASBLAR OLAMIGA SAYOHAT

▫️Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Kasblar olamiga sayohat" loyihasi oʻtkazildi. Bunda sinflarga kasblar belgilab berildi.

• 5-sinf oʻquvchilari - Harbiylar
• 6-sinf oʻquvchilari - Diplomatlar
• 7a-sinf oʻquvchilari - Advokatlar
• 7b-sinf oʻquvchilari - Hokimlik xodimlari
• 7v-sinf oʻquvchilari - Shifokorlar
• 8a-sinf oʻquvchilari - Aktyorlar
• 8b-sinf oʻquvchilari - Milliy gvardiya xodimlari
• 8v-sinf oʻquvchilari - Uchuvchi va styuardessalar
• 9a-sinf oʻquvchilari - Oʻqituvchilar
• 9b-sinf oʻquvchilari - Bank xodimlari kasblarida boʻlib, kun davomida shu kasb egalarining kiyimlarini kiyib yurdilar.

Kun yakunida o'quvchilar kasblar olamiga sayohat qilib, kichik sahna ko'rinishlari namoyish qildilar.

🌐 Telegram | Facebook
👍4
#Hazorasp_IM
#Tadbir

HECH KIM HECH QACHON UNUTILMAYDI !

🇺🇿 Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 1999-yil 30-mart kuni Sarimoy voqealarida bir guruh terroristik jinoyatchilarni qo'lga olishda qahramonlarcha halok bo'lgan Davlat xavfsizlik xizmati xodimi Erik Gayazov xotirasiga bag'ishlangan "Hech kim hech qachon unutilmaydi" shiori ostida xotira tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirni  Hazorasp tuman hokimining birinchi o'rinbosari J.Ro'zimov ochib berdi. So'zga chiqqanlar Davlat xavfsizlik xizmati xodimi marhum Erik Gayazov va uning qahramonliklari borasida gapirib o'tdilar.

O'tkazilgan tadbirda DXX xodimlari, mahalla faollari, keksa nuroniylar va maktab o'quvchilari qatnashdilar.

Bunday tadbirlar yoshlar ongida ona Vatanga bo'lgan muhabbatni yanada oshirishga xizmat qiladi.

🌐 Telegram | Facebook
👍3
#Yangiariq_IM
#Tadbir

📍11-aprel kuni Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ma'naviyat soati doirasida Yangiariq tuman Madaniyat bo'limi xodimlari tomonidan madaniy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda maktab pedagoglar, ishchi-xizmatchilar va o'quvchilar jamoasi ishtirok etib, maroqli xordiq chiqardilar.


🌐 Telegram | Facebook
1🔥1👏1
#Bogʻot_IM
#Tadbir

26-APREL SANASIDA BOG‘OT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI 2 YOSHGA TOʻLDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2023-yil 26-aprelda foydalanishga topshirilib, ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi.


⚡️Maktab ochilishining 2 yilligi munosabati bilan 25-aprel kuni bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda o'quvchilar tomonidan ilm maskanini madh qiluvchi she'r va qo'shiqlar, raqslar ijro qilindi va turli qiziqarli viktorinalar o'tkazildi.

Bayram tadbirida tuman madaniyat xodimlari ham ishtirok qilib, yanada ko‘tarinkilik bag'ishladilar.

📍Ma'lumot uchun, Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ushbu 2 yil ichida bir qator yutuqlarni qo'lga kiritdi. Jumladan, o'quvchilar Asosiy fan olimpidalarida, "Hokim olimpiadalari"da yuqori o'rinlarni egalladilar hamda xalqaro olimpiadalarda 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallar qo'lga kiritildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍2