XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.81K subscribers
22.5K photos
1.55K videos
32 files
6.75K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Dars_jarayoni
#Xiva_Prezident_maktabi

Xiva shahridagi Prezident maktabida ona tili va adabiyot darslarida o'quvchilarga nazariy bilimlar bilan birga o'quvchilarning sahnada o'zini tutishiga, og'zaki nutqini rivojlantirishga ham alohida e'tibor qaratiladi.

8-sinf o'quvchilari adabiyot darsida Maqsud Shayxzodaning  "Jaloliddin Manguberdi" tragediyasi asosida kichik sahna ko'rinishlarini mahorat bilan ijro etdilar.

O'quvchilar Xorazm farzandi Jaloliddin avlodi ekanliklaridan  yana bir bor faxr hissini tuydilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_Prezident_maktabi
#Alisher_Navoiy_584
#Bobur_542

🏢 Xiva shahridagi Prezident maktabida ikki buyuk siymo - Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludiga bag'ishlangan adabiy-ma'rifiy kecha bo'lib o'tdi.

🎼 Shuningdek, musiqa darslarida o'quvchilar Navoiy va Bobur g'azallari asosida yaratilgan kuy-qo'shiqlarni ijro etishdi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xiva_Prezident_maktabi
#Bobur_542

Xiva shahridagi Prezident maktabida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan 8-sinf o'quvchilari ishtirokida Bobur g’azallari ifodali o'qildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_Prezident_maktabi

Xiva shahridagi Prezident_maktabida Story Competition bo‘lib o‘tdi! Unda 8-10-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, o‘z ijodiy hikoyalarini ingliz tilida yozib taqdim etishdi.

✍️ Ushbu tanlov o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, yozma nutq ko‘nikmalarini oshirish hamda ingliz tilida erkin ifoda qilishga yordam beradi.

🌐Telegram | Facebook
#Zulfiya_tavalludining_110_yilligi
#Xiva_Prezident_maktabi

O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan Xiva shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Zulfiyaxonim she’rlarini ifodali o’qidilar.

🌸Shuningdek, "Seni kuylayman hayot" mavzusida 5-sinf o'quvchilariga tarbiyachi-pedagog tomonidan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida shoira haqida ma'lumotlar, ijodidan she'rlar aytildi. Hayot va ijod yo'li aks etgan videolavhalar namoyish etildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_Prezident_maktabi
#Navroʼz_ayyomi

💫 "Navro‘z sayli haftaligi" – milliy qadriyatlar tantanasi!

🏫 Xiva shahridagi Prezident maktabida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida Navro‘z sayli haftaligi bo'lib o'tdi!

Navro‘z bayrami arafasida maktabda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Maktabimga nihol ekaman!” aksiyasi o‘tkazilib, yoshlar tabiatga e’tibor va ekologik madaniyatni yuksaltirishga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Milliy qadriyatlarimiz va an’analarimiz o‘z ifodasini topgan bayromona tadbirda esa o'quvchilar sahnaga chiqib, xalq o‘yinlari, she’riy mushoiralar va qo‘shiq aytish bahslarida ishtirok etishdi. O‘g‘il bolalar milliy cholg‘u asboblarida kuy chalsalar, qizlarimiz an’anaviy o‘sma qo‘yib, milliy liboslar jilosi ila Navro‘z shukuhini yanada oshirishdi.

Sayil doirasida o‘quvchilar ishtirokida "Osh festivali" ham tashkil etildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_Prezident_maktabi

Xabaringiz bor, viloyatimizda umumiy o‘rta ta’lim maktabining 15 yoshli o‘quvchilari o‘rtasida “Bilimdon o‘quvchilar” tanlovi bo‘lib o‘tgan edi.

Xiva shahridagi Prezident maktabida mazkur tanlovda muvaffaqiyatli qatnashib, yuqori natija ko‘rsatgan tanlov g‘olibi Temurbek Axmedovga  Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining faxriy yorlig‘i hamda noutbuk topshirildi.

Uni viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov topshirib, o‘quvchimizning kelgusidagi ishlarida omad tiladi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
#Amir_Temur_689
#Xiva_Prezident_maktabi

▪️Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludiga bag‘ishlab Xiva shahridagi Prezident maktabida:

° 7-sinf o‘quvchilari hamda tarbiyachi pedagog M.Matyaqubova ishtirokida “Amir Temur va Temuriylar ibrati” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

° Tarix, madaniyat, Amir Temur hayoti va temuriylar davriga oid savollar asosida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_Prezident_maktabi
#Mahorat_darsi

Xiva shahridagi Prezident maktabida tarbiyachi-pedagog Sh.Atabayeva tashabbusi bilan har yakshanba kuni maroqli va foydali o'tkazilmoqda.

🧆 13-aprel kuni 8-sinf qizlari Xorazm milliy taomlaridan "Shivitoshi", "Qovurma go'mma", sabzavotlardan va mevalardan turli xil salatlar tayyorlashdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_Prezident_maktabi

📃 Poetry Recital

Xiva shahridagi Prezident maktabida ingliz tili fani o'qituvchisi Mr.Haschek tashabbusi bilan Poetry Recital tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 8–10-sinf o‘quvchilari turli mavzulardagi she’rlarni ifodali o‘qib, ularning ma’nosini tahlil qilish orqali o‘z nutq va tafakkur ko‘nikmalarini namoyish etishdi.

Bu tadbir o‘quvchilarda ijodkorlik, tilga bo‘lgan mehr va jamoat oldida ishonch bilan chiqish kabi muhim ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qildi.

🌐 Telegram | Facebook