XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.55K subscribers
24K photos
1.62K videos
33 files
7.19K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Xorazm
#3_choraklik_summativ_baholash
#2_kun

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida III chorak ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari oʻtkazilmoqda.

Bugun, 18-mart kuni ChSB imtihonlarda 9-, 10-sinf o'quvchilari ingliz tili, algebra, geometriya, fizika, biologiya, kimyo fanlaridan onlayn shaklda test topshirdilar.

Sinovlar masʼullar tomonidan onlayn tarzda kuzatib borilmoqda.

📸 Xorazm viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari CHSB Jarayonlaridan suratlar.

CHSB imtihonlari 19-mart kuni ham davom etadi.

🌐 Telegram | Facebook
👍5🤓1
#Xorazm
#3_choraklik_summativ_baholash
#3_kun

⚡️ III chorak ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari yakunlandi.

19-mart kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlarida 2024-2025-o'quv yilining III-choragi yakuni yuzasidan  5-, 8-sinf o'quvchilari onlayn shaklda test topshirdilar.

📸 CHSB Jarayonlaridan suratlar:

Yangiariq tumani IM
Tuproqqal'a tumani IM
Xiva shahar 2-son IM
Xiva shahar 1-son IMI
Urganch shahar 1-son IMI
Yangibozor tumani IMI
Hazorasp tumani IM
Xonqa tumani IM
Bog'ot tumani IM

🌐 Telegram | Facebook
#Seminar
#Xorazm

⚡️Bugun Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Maktab ta'limini boshqarish hamda metodbirlashmalar faoliyatini samarali tashkil etish" mavzusida o'quv amaliy seminar tashkil qilindi.

Mazkur seminar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan joriy yilning 12-14-mart kunlari Xorazm viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablarini oʻrganish ishlari davomidagi tavsiya va ko'rsatmalariga asosan tashkil qilindi.

✔️ Seminarda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari va metodbirlashma rahbarlari qatnashdilar.

📎 Qatnashchilar sho'balarga bo'lingan holda meʼyoriy hujjatlarning yuritilishi, metodbirlashmalar faoliyatini samarali tashkil qilish masalalari yuzasidan o'zaro fikr almashib, kelgusi rejalarni belgilab oldilar.

🌐 Telegram | Facebook
👍6
#Xorazm

🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning hududlarda soha masʼullari hamda pedagoglar ishtirokida oʻtkazayotgan uchrashuvlari davom etmoqda.

Mazkur uchrashuvlar doirasida, vazir Hilola Umarova Xorazm viloyatida ham boʻldi hamda hududdagi taʼlim muassasalari rahbarlari bilan ochiq muloqot tadbirida qatnashdi.

Tadbir avvalida davlatimiz tomonidan pedagoglar obroʻsini yanada oshirish hamda isteʼdodli yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha sohaga doir qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatiga toʻxtalib oʻtildi.

Tanqidiy ruhda kechgan yigʻilishda taʼlim maskanlari rahbarlarining ushbu hujjatlarning bugungi kundagi ahamiyati hamda dolzarbligini toʻla anglab yetishi hamda ularni oʻz kasbiy faoliyatida toʻla qoʻllay olishi zarurligi taʼkidlandi.

📍 Xususan, Prezidentimizning joriy yil 25-martdagi tegishli Farmoni bilan nufuzli xalqaro fan olimpiada gʻoliblarining pul mukofotlari 5 karra oshirilganligi, oltin medal olgan olimpiada gʻolibining mukofot puli qariyb 1 mlrd soʻmga yetkazilganligi alohida qayd etildi.


Yigʻilishda pedagoglarning joriy yilgi attestatsiya sinovlaridagi ishtiroki hamda fan sertifikatlarini qoʻlga kiritishlari, maktabgacha taʼlim qamrovini yanada oshirish, taʼlim sifatini yaxshilash, yangi baholash tizimini joriy etishdagi navbatdagi masalalar tilga olib oʻtildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat
#Xorazm

📸 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Zakovat” turnirining Xorazm viloyati hududiy bosqichidan fotolavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
🔥51
#Raqamli_avlod_qizlari
#Xorazm

"Raqamli avlod qizlari—2025"

⚡️Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan "Renessans" bolalar oromgohida bo‘lib o‘tayotgan bu yilgi mavsumda 120 nafardan ortiqroq qizlar offlayn mashg‘ulotlarda ishtirok qilishmoqda.

Loyihada Xorazm viloyatidan:

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf o‘quvchisi Ruzmetova Gulbahor;

Ogahiy ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi Qadamboyeva Charosxonlar qatnashmoqa.

🌐 Telegram | Facebook
👍6

#Xorazm

✈️ Vazir Xorazmda: pedagoglar attestatsiyasi, ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati va qurilish jarayonlari o‘rganilmoqda

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Xorazm viloyatida bo'lib, ta'lim muassasalari faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

Dastlab vazir viloyatning Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida bo‘lib, bu yerda ta’lim sifatini oshirish uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quvchilar tomonidan erishilayotgan yutuqlar bilan yaqindan tanishdi.


So‘ngra Urganch shahridagi 17-son umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi pedagog kadrlar attestatsiya jarayonlari hamda qurilish-ta'mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, test jarayonlarida qatnashgan va navbatini kutayotgan ustozlar bilan suhbatlashdi. Ularning fikr va takliflariga quloq tutdi.

🔴 Xorazm viloyatidagi o‘rganish jarayonlari davom etmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Хоразм вилоятига ташрифи доирасида Хонқа туманида барпо этилган мебелсозлик кичик саноат зонасини бориб кўрди.

В ходе поездки в Хорезмскую область Президент Шавкат Мирзиёев посетил новую малую промышленную зону по производству мебели, созданную в Ханкинском районе.

#Mirziyoyev #safar #Xorazm #mebelsozlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев Хонқа туманидаги “Собиржон Юсуф” оилавий фермер хўжалиги даласида бўлди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил фермерское хозяйство «Собиржон Юсуф» в Ханкинском районе.

#Mirziyoyev #safar #Xorazm #qishloqxujaligi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
Президент Шавкат Мирзиёев Хива шаҳрида барпо этилган янги "Арда Хива" туризм мажмуаси билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с новым туристическим комплексом "Арда Хива", возведенным в городе Хиве.

#Mirziyoyev #safar #Xorazm #turizm

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X