XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.31K subscribers
23.7K photos
1.61K videos
33 files
7.13K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#sayohat
#Xiva_shahar_1_son_IMI

🔰 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 7-10-sinf o'quvchilari sinf rahbarlari Yaxshimurotova Dilfuza va Qodamov Surojbek, hamda matematika fani o'qituvchisi Salayev Umidbeklar boshchiligida "Xiva shahar Ichan qal'a muzey qo'riqxonasiga" sayohat qilishdi.

🕌 Tarix fani o'qituvchisi, 10-sinf rahbari Qodamov Surojbek obidalar, Xiva xonligi, Ichan qal'a bunyodkorligi haqida qiziqarli ma'lumotlar berdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Sayohat

🏢URGANCH shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o'quvchilari O'zbekistonda nufuzi baland bo'lgan MA'MUN UNIVERSITETIGA sayohat qilishdi.

O'quvchilar Ma'mun universitetining Urganch shahrida joylashgan yangi binosidagi zamonaviy shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Universitet vakillari bu yerdagi sharoitlar, imtihon jarayonlari, o'qish davomidagi imtiyozlar va stipendiyalar haqida to'liq ma'lumot berdilar.

▪️O'quvchilar qulay sharoitlarga ega Universitet bilan tanishganlaridan mamnun bo'lishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Sayohat
#Urganch_1_son_IMI

🇺🇿 Sayohat haftaligi doirasida Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 6-02 sinf o'quvchilari bayram kunlari bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Xiva Ichan Qal'a bo‘ylab sayohatga chiqdilar.

📝 Sayohatga sinf rahbari, ingliz tili fani o'qituvchisi Mahfuza Bobajanova rahbarlik qildi.


🌐 Telegram | Facebook
#Sayohat

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarimizda o'quvchi-yoshlarning bo'sh vaqtini unumli o'tkazish uchun ekskursiya jarayonlari davom etmoqda.

Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-11-sinf o'quvchilari Xiva shahar "Ichan qal'a muzey qo'riqxonasi" ga sayohat qildilar.

Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining bir guruh qizlari tarbiyachi ustoz L.Jeparova boshchiligida "Ichan qal'a muzey qo'riqxonasi" ga sayohat qilib, madaniy hordiq chiqarishdi. Shuningdek, maktab-internatining 8-b sinf o'quvchilari sinf rahbari S.Atajanov bilan birgalikda Xiva shahar "Xotira maydoni" ga sayohat uyushtirishdi.

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 8-03 sinf , 8-01 sinf va 5-01 sinf o'quvchilari ustozlari boshchiligida "Ichan qal'a muzey qo'riqxonasi" bo‘ylab sayohatga chiqdilar.

🕌 Sayohatlar davomida o'quvchilar me'moriy obidalarni tomosha qilgan holda, ular haqida bir qancha ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Hazorasp_IM
#Sayohat

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimdagi Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-8-sinf o'quvchilari 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari A.Abdullayev va maktabning CHQBT rahbari X.Allaberganovlar hamrohligida Urganch shahridagi "Jasorat bog'i" ga sayohat qildilar.

Bu kabi sayohatlar o'quvchilarda vatanparvarlik ruhini shakllantirib, hozirgi tinch kunlarimizning qadriga yetishdek fazilatlarni namoyon qiladi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sayohat

Urganch tumanida
sayohat qilish uchun eng go'zal maskanlardan biri mavjudligini bilasizmi?
"Ulli hovli" majmuasi sizga tarixni his qilish imkonini beradi.

📌 Manzil


🌐 Telegram | Facebook
#Hazorasp_IM
#9_may_xotira_va_qadrlash_kuni
#Sayohat

🏫 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh o'quvchilari "9-may Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Urganch shahridagi "QATAG‘ON QURBONLARI" muzeyiga sayohat qildilar.

📌 Sayohat paytida o'quvchilarga Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktor o'rinbosari A.Abdullayev, maktab CHQBT rahbari X.Allaberganov va VMMTB Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish sho'basi mudiri Y.Atadjanovalar hamrohlik qildilar.

  📌 Ma'lumot uchun, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi 2018-yil 31-avgust kuni Urganch davlat universiteti tuzilmasida tashkil etilgan bo‘lib, hozirda muzey fondida 4000 dan ortiq materiallar joy egallagan.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiariq_IM
#Sayohat

🔰 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 5-11-sinf o'quvchilari, o'qituvchilar va xodimlar jamoasi 7-10-may kunlari viloyatimizning tarixiy va madaniy-ma'rifiy maskanlariga sayohat uyushtirdilar. Sayohatlar yo'nalishi:

🫖 Yangiariq tuman kulolchilik markazi;

🎡 Xiva shahar "Lokomotiv" parki;

🕌 Xiva shahri Ichanqal'a majmuasi;

🎭 Xorazm viloyati musiqali drama teatri;

📚 Xorazm viloyati axborot-resurs markazi;

🏞 Urganch shahridagi "Jasorat" bog'i;

🎠 Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi maydoni.


🌐 Telegram | Facebook
#Sayohat
#Xiva_1_son_IMI

🔰 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining 10-A sinf o'quvchilari sinf rahbari Qodamov Surojbek boshchiligida Qadimiy va navqiron bo'lmish Xiva shahrimizda joylashgan "Nurullaboy saroyi" ga sayohat qilishdi.

🕌  Ushbu sayohat davomida o'quvchilar boy tariximizdan namuna oldilar.Tarix fani o'qituvchisi S.Qodamov ekskursiya davomida o'quvchilarga Xon saroylari, obidalar, Xiva xonligi va uning bunyodkorligi haqida qiziqarli ma'lumotlar berib o'tdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Sayohat
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🔘 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati va "IT Park" Xorazm viloyati filiali bilan tuzilgan hamkorlik memorandumiga asosan 11-02 sinf o’quvchilari "IT Park" Xorazm fililaliga ekskursiya uyushtirdilar.

🔘 18-oktabr kuni Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-03-sinf o'quvchilarini kasbga yo'naltirish doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga tanishtiruv uyushtirildi.

🔘 Maktab-internatning 5-02 sinf o’quvchilari uchun Xiva shahriga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida o’quvchilar o’zbek adabiy tilining asoschisi buyuk mutafakkir shoir Ogahiy haykali poyiga gulchambar qo’ydilar.

🔘 21-oktabr kuni 10.02-sinf o'quvchilari Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha direktor o'rinbosari- CHQBT rahbari, zahiradagi podpolkovnik A.Rajabov boshchiligida Urganch shahridagi "Jasorat bog'i" ga sayohat uyushtirishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Sayohat
#Xiva_shahar_1_son_IMI

🔰 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 8-sinf o‘quvchilari tariximizda o'chmas iz qoldirgan ulug' shoir Ogahiy tavalludining 215-yilligi munosabati bilan Ogahiy uy-muzeyiga sayohat qilishdi.

Ularga tarbiyachi Ulliyeva Hayitjon va kutubxona mudirasi Jumaniyozova Ozoda boshchilik qildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Sayohat

Ogahiy ijod maktabining 11-sinf o‘quvchilari "Vatan bo'ylab sayohat" shiori ostida tarix fani o‘qituvchisi A.Ro‘ziboyev va tarbiyachi-pedagog A.Sobirova boshchiligida Ko‘hna va hamisha navqiron Xiva Ichan qalʼa hamda Nurullaboy saroyiga sayohat qilishdi.

🕌 Sayohat davomida o‘quvchilar Islomxo'ja madrasasi amaliy-san'at muzeyi, Qozi Kalon madrasasi va Nurullaboy saroyining qurilishi, undagi zamonaviy va milliy uslubning uyg‘unligi bilan yaqindan tanishishdi.

➡️ Shuningdek, o‘zbek milliy san'at asarlari, Xiva xonlari, Xudoybergan Devonov shaxsiyati va ijodi yoritilgan alohida bo‘limlardan ko‘plab ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#sayohat
#Xiva_shahar_1_son_IMI

🔰 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining 11-sinf o'quvchilari maktab maslahatchisi Erkinova Ullijon va psixolog Djumaniyazov Yodgorbek boshchiligida Xiva shahrida yangi ochilgan "Arda KHIVA" turizm maskaniga sayohat qilishdi.

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#9_may_xotira_va_qadrlash_kuni
#Shovot_IMI
#Sayohat

9-MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari yurtimiz tarixidagi eng muhim sanalardan biri — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan xotira maydoniga sayohat uyushtirishdi.

🇺🇿 Bu sayohat davomida yoshlarimiz yurti, xalqining ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etishdi, yurtparvarlik va vatanparvarlik ruhini chuqur his etdilar.

🕊 Ajdodlar xotirasi – muqaddas! Ushbu muqaddas sana bizni o‘tmishga hurmat, bugunga shukronalik, ertangi kunga esa mas’uliyat bilan qarashga undaydi.


🌐 Telegram | Facebook
#Bogʻot_IM
#Sayohat

YAXSHI DAM - MEHNATGA HAMDAM

⚜️ Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi pedagogik jamoasi "9-may Xotira va qadrlash kuni" bayrami arafasida dam olish kunlarini samarali o'tkazish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil qilib, Jizzaxning so'lim Zomin hududida hordiq chiqarishdi va tabiat bag'rida dam olishdi.

Sayohat davomida Samarqand shahrida Islom Karimov majmuasi, buyuk Registon majmuasi, Go'ri Amir, Bibixonim maqbaralari, Shohi Zinda ziyoratgohi, Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalari singari muqaddas maskanlarga borishdi.

Keyingi manzil – Buxoro shahri bo'ldi!  Bu yerda Minorai Kalon, Sitorai Mohi xosa saroyi, Buxoro Ark qal'asi va qadimiy zindon, Labi Hovuz ansambli singari boy madaniy meroslar bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, Bahouddin Naqshband ziyoratgohi va Buxoro VarNet korxonasiga ham sayohat qilishdi.

🚌 Ushbu sayohat maktab jamoasida tariximiz, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan mehrni oshirdi hamda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

🌐 Telegram|Facebook