XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.18K subscribers
23.5K photos
1.6K videos
33 files
7.03K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Hamkorlik
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Xonqa_IM

TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIKDA "MEN O‘ZBEKISTONLIKMAN" LOYIHASI DOIRASIDA TADBIRLAR O'TKAZILMOQDA

🕹Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Toshkent Davlat yuridik universiteti professor-o’qituvchilari va talabalari "Men O‘zbekistonlikman" loyihasi doirasida targ’ibot tadbiri o’tkazdi. Loyiha doirasida 10- sinf o’quvchilari o’rtasida "Zakovat" intellektual o’yini tashkil etildi.

🕹Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Toshkent Davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan "Zakovat" o‘yinida ixtisoslashtirilgan maktabining 6 ta jamoasi qatnashib o‘zaro kuch sinashdi. Bellashuv viloyat va tuman Adliya bo‘limi vakillari tomonidan kuzatib borildi. Tadbirni Toshkent Davlat yuridik universiteti volontyor talabalari olib borishdi va baholashdi.

Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan I, II, III o‘rinni egallagan jamoalar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

🌐
Telegram | Facebook
#hamkorlik
#mahorat_darsi
#Ogahiy_ijod_maktabi

May oyi davomida Ogahiy nomidagi ijod maktabida:

Urganch davlat universiteti bilan hamkorlik doirasida "Oʻzbek tili va adabiyoti" kafedrasi o‘qituvchisi, dotsent Otaxonova Venera tomonidan Ahmad A'zamning "Soyasini yo‘qotgan odam" hikoyasida ilgari surilgan g‘oyalar mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi. 02.05.2024

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tasdiqlangan "Mahorat darslari" reja jadvaliga ko‘ra Ogahiy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva tomonidan "Badiiy asar asosida taassurot yozish" mavzusida mahorat darsi olib borildi. 16.05.2024

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Qosimjon Sodiqov va "Mumtoz filologiya va adabiy matnshunoslik" kafedrasi mudiri Rixsitilla Alimuhammedov tomonidan  "Qadimiy yozuvlar tarixi" mavzusida mahorat darsi o'tkazildi. 21.05.2024

🌐 Telegram | Facebook
#Hamkorlik
#Xiva_Prezident_maktabi

Xiva shahridagi Prezident maktabida Jaloliddin Manguberdi harbiy akademik litseyi bilan imzolangan memorandum doirasida olib borilayotgan ishlar davom etmoqda.

📍Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy maktabining o'quvchi yoshlari Prezident maktabidagi ta'lim jarayonlari va o'quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Sport zalida o'quvchilar o'rtasida voleybol o'yinlari o'tkazildi. Bundan tashqari, robototexnika to'garagi a'zolari o'zlarining loyihalarini taqdimot qildilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Hamkorlik
#Xiva_Prezident_maktabi

🐎 Xorazm viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi bilan hamkorlikda Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari "Chavandozlik" sirlarini o'rganishdi.

Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Bogʻot_IM
#Hamkorlik

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi maslahatchisi Jamshidbek Atamurotov boshchiligida

▪️“Ma'mun universiteti”,

▪️“AT Aloqa bank Bogʻot kompleks xizmatlar koʻrsatish markazi” ,

▪️"Ipoteka bank Bog'ot filiali"

▪️"Bog'ot tuman Adliya bo'limi" o‘rtasida o'zaro hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha MEMORANDUMlar imzolandi.

❗️Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, kelgusida o'quvchilarni ushbu muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

🌐 Telegram | Facebook
#Tuproqqalʻa_IM
#hamkorlik

Davlatimiz rahbarining o‘quvchilarni kasb-hunarga  yo‘naltirish masalasidagi topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda tumanda faoliyat ko'rsatayotgan idoralar, xizmat ko'rsatish korxonalar bilan memorandum imzolandi.

🏢Maktab maslahatchisi Ruzmat Matyakubov hamda maktab psixoligi Saboxat Saparova o'quvchilar bilan suhbatlashib ular qiziqqan sohalar bo‘yicha shartnomalar imzolashdi.

⚡️ Tez kunlarda kasbga yo'naltirish bo‘yicha ekskursiyalar boshlanadi.


🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_Prezident_maktabi
#hamkorlik

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5212-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida

📋 Xiva shahridagi Prezident maktabi hamda Xorazm viloyati bo’yicha Milliy Gvardiyasi boshqarmasi “Chavandozlar maktabi” bo’limi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🐎 Shuningdek, “Chavandozlar maktabi” to’garagi tashkil etildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Hamkorlik
#Qoʼshkoʼpir_IM

Qo‘shko‘pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Xiva shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi Jasmina Mangliboyeva chet el universitetlariga hujjat topshirish va bir qancha loyihalar haqida ma'ruza o‘tkazdi.

▪️TEDxKhivaPS,
▪️KPSMUN,
▪️Green boosters va
▪️IGNITE kabi loyihalarni taqdim etib, o‘quvchilarga yangi imkoniyatlar va xalqaro maydonda o‘zlarini sinab ko‘rish yo‘llarini tushuntirdi.

Jasmina, shuningdek, yoshlarni o‘z maqsadlari sari intilishga va global loyihalarda ishtirok etishga chorladi. Ushbu tadbir o‘quvchilarga ilhom bag‘ishlab, ularga kelajak sari yo‘l ochishda yordam berdi!

🌐 Telegram | Facebook
#Bir_bayroq_ostida_birlashaylik
#Hamkorlik
#Sport

🇺🇿 Xiva shahridagi Prezident maktabida 16-noyabr kuni "Bir bayroq ostida birlashaylik" shiori ostida Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar o'rtasida "Unity Cup" turniri bo'lib o'tdi.

Ushbu bellashuvda 8 ta maktab o'rtasida qizg'in bellashuvlar olib borildi. Turnirda futbol, stol tennisi, shaxmat, qizlar va o'gil bolalarning volleybol o'yinlari o'tkazildi.

🤝Do'stona uchrashuvda ustozlar va o'quvchilar nafaqat raqobatlashdilar, balki tajriba ham almashdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangibozor_IMI
#Hamkorlik

YANGIBOZOR TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI O'QUVCHILARI "TENGDOSH TENGDOSHGA" LOYIHASIDA QATNASHMOQDALAR

Maktab-internat o'quvchilari tumandagi umumta'lim maktablariga borib, dars jarayonlarida ishtirok etishdi.

7-a sinf oʻquvchisi Ortiqova Charosxon 2-son umumta'lim maktabining dars jarayonlarida faollik ko'rsatdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Hamkorlik
#sport

🏹 O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xorazm viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan o‘quvchilarda vatanparvarlik va mardlik tuyg‘ularini yanada shakllantirish maqsadida Urganch shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil qilingan kamondan o‘q otish bo‘yicha sport musobaqasida Agentlik tizimidagi maktablar o‘quvchilari faol ishtirok qildilar.

Musobaqada:

🥇Xiva shahridagi Prezident maktabi - 1-o'rin,
🥈Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi - 2-o‘rin,
🥉Ogahiy nomidagi ijod maktabi - 3-o'rinni egallashdi.

G‘oliblar diplom va medallar bilan taqdirlandilar.

🌐Telegram | Facebook
#hamkorlik
#memorandum

HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov tomonidan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tomonlar hamkorlikda tabiiy fanlar sohasida ta’lim sifatini yanada oshirish, oʻquv jarayonini ishlab chiqarish sohalari bilan uzviyligini ta’minlash, shuningdek, farmatsevtika va hayot fanlari mutaxassisliklariga kasbiy yoʻnaltirish uchun keng shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar rejasini belgiladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur memorandum ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari orasida ingliz tilida tabiiy fanlar yoʻnalishida mini-olimpiadalar tashkil qilish va iqtidorli yoshlarga xalqaro oliy ta’limda tahsil olish uchun imkoniyatlar yaratishni koʻzda tutadi.

Shuningdek, bakalavr bosqichidagi xalqaro ta’lim va ta’lim grantlari haqida ma’lumotlar almashuvini tashkil qilish, oʻquvchilarning ilm-fan va kelajak kasblarga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hamkorlik
#Ogahiy_ijod_maktabi

🗓
Joriy yilning 23-yanvar sanasida Xorazm viloyat teleradiokompaniyasi va Ogahiy nomidagi ijod maktabi bilan belgilangan reja-jadvalga ko‘ra hamkorlikda "Mahorat darsi" bo‘lib o‘tdi.

📺 Mahorat darsida televediniye xodimlari mahoratli rejissyor Sh.Rajabov va montaj ustasi R.Sapayev tomonidan "Rejissura, tasvirga olish va montaj amaliyoti" mavzusi bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib bordilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Hamkorlik
#Xiva_shahar_2_son_IM

📍Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida "Bilimga chanqoq isteʼdodli yoshlarni topib, ularni Vatanga fidoyi inson qilib tarbiyalash - Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining asosiy va muqaddas vazifasidir" mavzusida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda Shahrisabz Temurbeklar maktabi harbiy akademik litseyi aniq fanlar oʻquv qismi boshligʻi Q.Janiqulov va Xiva shahar FVB xodimi mayor M.Djumaniyazovlar ishtirok etishdi.

Suhbat davomida mehmonlar harbiy yo'nalishlar, Harbiy akademik litseyga qabul qilish, undagi sharoitlar va bu sohaga qaratilayotgan eʼtibor haqidagi fikrlarga to'xtaldilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Hamkorlik
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#OAV_biz_haqimizda

🥦 Urganch shahar tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida "Sogʻlom ovqatlanish-salomatlik garovi" dasturxoni tashkil etildi.

Bunda fastfudlar, energetik va rangli gazli ichimliklar, nos va tamakilar hamda ularning organizmga zarari, ertalabki nonushtaning, yashil, sariq va qizil stollarning ahamiyati haqida targʻibot ishlari olib borildi.

🌈 Bundan tashqari hamshiralar o’zlarining milliylikni targʻib qiluvchi liboslari bilan o’quvchilar orasida targʻibot ishlarini ham olib borishdi. Jarayon qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o’tdi.

Tadbir haqida Xorazm telekanalida lavha namoyish qilindi.

#XorazmTELEKANAL
🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_Prezident_maktabi
#hamkorlik

UrDPI va Prezident maktabi o‘rtasida
hamkorlik memorandumi imzolandi

Xiva shahridagi Prezident maktabiga Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova rahbarligida institut mas'ullari tashrif buyurishdi.

🤝 Tashrif davomida mehmonlar maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

📄 Uchrashuv yakunida Prezident maktabi va UrDPI o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat doirasida ta'limiy, ilmiy va metodik yo‘nalishlarda birgalikdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

🌐 Telegram | Facebook
#Mahorat_darsi
#Hamkorlik
#Xiva_Prezident_maktabi

Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari hamda Farg'ona viloyatining yosh ijodkorlari ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.

🎙 Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasi va Farg'ona viloyati Madaniyat boshqarmasi hamkorligida Farg'ona viloyati Madaniyat boshqarmasining Madaniy faoliyatni rivojlantirish va xalq ijodiyoti sho'basi bosh mutaxassisi, O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a'zosi Murodjon Kamoliddinov va “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Layloxon Saynazarovalar ishtirokida Xiva shahridagi Prezident maktabida "Farg'ona vodiysi va Xorazm vohasi musiqa san'ati" mavzusida mahorat darsi bo'lib o'tdi.

🌐 Telegram | Facebook