XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.6K subscribers
24.1K photos
1.63K videos
35 files
7.23K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Jarayon

📍
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Baholash va monitoring qilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Mansur Karimov va Xorazm viloyati MMTB sho'ba mudiri Yulduz Atadjanovalar bugungi ChSB jarayonlarini kuzatish maqsadida

▪️
Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati,
▪️Qo'shko'pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabi,
▪️Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati va
▪️Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabarda bo'lishdi.

✔️Ushbu muassasalarda tashkil etilgan ta'lim-tarbiya jarayonlari va sharoitlari bilan yaqindan tanishib, o'z fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashdilar, o'quvchi yoshlar bilan suhbatlar ham olib borildi.

🌐
Telegram | Facebook
👍2
#live
#Jarayon

🔴 Xabaringiz bor, 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarining baholash (choraklik summativ baholash) dasturi mamlakatimizdagi 500 ta umumta’lim maktabiga tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan.

❗️Bugun viloyatimizdagi 29 ta maktablarda joriy o‘quv yilining ikkinchi chorak yakuniy CHSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari o‘tkazilmoqda.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
#jarayon

📶 "Robo-Coding" va “Lider o‘qituvchilar” olimpiadalari bo‘lib o‘tdi.

Har ikkala olimpiadaning gʻolib va sovrindorlari 6-yanvar kuni boʻladigan taqdirlash marosimida diplom, sertifikat va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

#Robo_Coding #Lider_oʻqituvchilar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍5
#jarayon
❇️XORAZMDA VAZIR JAMGʻARMASI USTAMASI UCHUN O‘TKAZILAYOTGAN TANLOVNING IKKINCHI BOSQICHI BO‘LIB O‘TMOQDA

🔹Bugun, 26-aprel kuni Urganch tumanidagi 29-son maktabda vazir jamg‘armasi ustamasi uchun o‘tkazilayotgan tanlovning ikkinchi bosqichiga start berildi.

🔹Unda dastlabki bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 57 nafar (shundan 15 nafari Agentlik tizimida faoliyat olib borayorgan ustozlar) da’vogar pedagoglar ishtirok etmoqda.

🔹Ikkinchi bosqichda nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkazilib, natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga joriy yilning aprel oyidan boshlab, 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
👍2
#Jarayon
#Shovot_IMI

📍
16-may kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo'limi yetakchi mutaxassisi F.Tuychiyev va Xorazm viloyati MMTB sho'ba mudiri Y.Atadjanovalar ChSB jarayonlarini kuzatish maqsadida

▪️
Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo'lishdi.

✔️Ushbu muassasada tashkil etilgan maktab muzeyi, ta'lim-tarbiya jarayonlari va sharoitlari bilan yaqindan tanishib, o'z fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashdilar.

⚙️
Fayyozbek Tuychiyev "Robototexnika" to'garagi ishlarini kuzatib, o'quvchilar bilan suhbat ham olib bordi.

🌐
Telegram | Facebook
👍4
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_VA_BIZ
#JARAYON

📆 Joriy yilning 26-iyul sanasida Xorazm televideniyasining 📺 "Assalom, Xorazm!" teledasturi jonli efirida Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi, shoir Xorun Muso mehmon bo‘ldi.


🎞 Dastur davomida qahramonimiz maktab faoliyati haqida tavsilotlardan o‘rtoqlashib o‘z ijod namunasidan o‘qib eshittirdi. Marhamat siz ham tomosha qiling.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
👍6
#Ogahiy_ijod_maktabi
#jarayon

📍16-oktabr- “Butunjahon oziq-ovqat kuni” munosabati bilan BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va “Zamin” xalqaro jamoat fondi tomonidan oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha qo‘llanma va materiallar tayyorlangan edi.


❇️ Ogahiy nomidagi ijod maktabida ushbu qo‘llanmalar pedagog-ustozlar M. Masharipov, N.Allamova, B.Razzakova va Z.Matyoqubova tomonidan sinflardagi o‘quvchilarga tanishtirildi.

📸 Jarayondan foto lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#Jarayon
#Xiva_shahar_1_son_IMI

🍅🌽BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va “Zamin” xalqaro jamoat fondi tomonidan "Oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish va to‘g‘ri ovqatlanish" bo‘yicha maktab o‘quvchilari uchun tayyorlangan qo‘llanma va materiallar asosida

16-oktabr kuni “Butunjahon oziq-ovqat kuni” munosabati bilan Ixtisoslashtirilgan maktablarda ochiq muloqotlar, darslar va taqdimotlar tashkil etildi.

Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida 6-A sinf o'quvchilari qoʻllanma bilan tanishtirildi. Shuningdek, tushuntirish ishlari tarbiyachilar boshchiligida davom ettirildi.


🌐 Telegram | Facebook
👍2
#jarayon

25-noyabr kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning o'quvchilari uchun Farmasevtika texnik universitetining professor-o'qituvchilari bilan Zoom platformasi orqali onlayn suhbat tashkil etildi.

⚡️Unda Xorazm viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning tabiiy fanga qiziquvchi o'quvchilari ham ishtirok etdilar.

☑️ Universitet rektori Jumanov Abdumalik va shu ta'lim dargohining professori Yang -ILL Lee o'quvchi yoshlarga universitetning qabul kvotalari, sharoitlari, talabalarga beriladigan imkoniyatlar xususida batafsil ma'lumot berib o'tdi. Suhbat davomida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

🌐 Telegram | Facebook
👌1
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#jarayon

Kecha Urganch shahar 1-son ixtososlashtirilgan maktab-internatida pedagog xodimlar tomonidan “Tozalik kuni” o’tkazildi.

📍Barcha ustozlar ushbu loyihada sidqidildan faol qatnashdilar.

🌐 Telegram | Facebook
👍7
#Jarayon
#Xiva_shahar_1_son_IMI

📌 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga germaniyalik mehmon Marcel tashrif buyurdi.

♻️ U maktab-internatning ingliz tili fani o'qituvchisi Bekzod Sadullayev bilan Xitoyda birga ta'lim olgan kursdoshi bo'lib, uchrashuv davomida 8-B va 9-A sinfi bilan qiziqarli suhbatlar olib bordi.

🌐 Telegram | Facebook
🔥2
#Xiva_Prezident_maktabi
#jarayon

Bugun Xiva Prezident maktabida semestr yakuniy imtihonlari boshlandi.

❗️O‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini baholashga mo‘ljallangan ushbu imtihonlar maktab hayotidagi muhim bosqichlardan biridir.

🌐 Telegram | Facebook
#jarayon

Bugun Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida
Xorazm viloyatida PISA-2025 xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri maslahatchisi U.N.Toshkenbayev, xalqaro tadqiqotlar boyicha mas'ul Q.K.Karimberdiyev, Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy Xalqaro tadqiqotlar markazi mutaxassislari N.Karimov, A.Darveshxo‘jayev, boshqarma boshlig‘i X.Bektemirov va viloyat Pedagogik mahorat markazi direktori J.Salayev, shuningdek, sohaga mas'ul xodimlar ishtirok qildilar.

👉 Tadbirni viloyat hokimi o‘rinbosari S.K.Salayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Ushbu jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha yo‘l xaritasi tavsiya etildi.


🌐 Telegram | Facebook