XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni
#Tuproqqalʼa_IM
#musobaqa

🏢Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" bayramiga bag‘ishlangan harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi.

🏆Musobaqada 10-A, 10-B sinf o‘quvchilari, jumladan, "Vatan tayanchi otryadi" a'zolari tarkibidan tuzilgan jamoalar kuch sinashdilar  va 10-B sinf o‘quvchilari jamoasi g‘oliblikka erishib, maktab direktori ko‘chma kubogini qo‘lga kiritishdi.

💠 Harbiy-sport tadbirida tuman hokimligi vakillari, 9203-harbiy qism harbiy xizmatchilari serjant A.Safarov, serjant S.Xaitov, maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari H.Gapurov, MMIBDO‘ M.Kenjayev, VRYoTBDO‘-HChT rahbari rezervdagi podpolkovnik X. Eshchonov hamda o‘qituvchi ustozlar ishtirok etishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiariq_IM
#Vatan_tayanchi_otryadi
#musobaqa

🎯 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi "Vatan tayanchi" otryadi a'zolari sportning pnevmatik  quroldan o'q otish turi bo'yicha tuman kubogi uchun o'tkazilgan musobaqada ishtirok etishdi va jamoa hisobida 3-o'rinni egallashdi.

"Vatan tayanchi" otryadi a'zosi 10-a sinf o'quvchisi Sotimov Elbek ushbu musobaqada 2-o'rinni egalladi.

📌Maktab jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Sport
#musobaqa
#Xiva_shahar_2_son_IM

🏃‍♀️ 8-Mart "Xalqaro xotin-qizlar bayrami" munosabati bilan Xiva shahrida joylashgan maktablar va maktabgacha ta'lim muassasalari xotin-qizlari o'rtasida sport musobaqasi tashkil etildi.

⛹️‍♀️ Bu musobaqada Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi ham faol ishtirok qildi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Musobaqa
#Tuproqqalʻa_IM

👨🏼‍🎤"Yosh chegarachilar" harbiy-sport musobaqasi Tuproqqal'a
tumani bosqichi o'tkazildi.

Natijalar
1-o'rin - 11-son maktab jamoasi
2-o'rin - Agentlik maktabi jamoasi
3-o'rin - 10-son maktab qo'lga kiritishdi.

🎉 2-o'rinni egallagan Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasini ushbu natija tabriklaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiariq_IM
#sport
#besh_tashabbus
#musobaqa

🏆 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan sport musobaqalari tashkillashtirildi.

⚽️ Musobaqalarda o'quvchilar sportning futbol va stol tennisi turlari bo'yicha bellashdilar.

📱Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifalari
:

🌐 Telegram  |   Facebook  | You tube
#Sport #Musobaqa
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
#Xiva_1_son_IMI

👮‍♀ Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida 9-may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan harbiy estafeda musobaqasi o'tkazildi.

Unda 8-10 sinf o'quvchilari
Birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatish;
Avtomat Kalashnikov-47 dan o'q otish shartlari asosida bellashdilar.

⚡️Musobaqa qizg'in voqealarga boy bo'ldi.

🌐 Telegram | Facebook
#Sport #musobaqa
#9_may_xotira_va_qadrlash_kuni

⚜️9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan maktablarimizda "QAHRAMONLAR NOMI BARHAYOT" shiori ostida sport musobaqalari o'tkazilmoqda.

✴️ Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 6-sinflar o'rtasida sport musobaqasi tashkillashtirildi.

✴️ Ogahiy ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi Anaposhsha Sobirova boshchiligida oʻquvchilar o‘rtasida yugurish estafeta musobaqasi o'tkazildi.

✴️ Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘g‘il bolalaridan tashkil topgan 4 ta jamoa o‘rtasida "Harbiy-sport o‘yinlari" rukni ostida musobaqalar o‘tkazildi.

✴️ Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida Voleybol bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

✴️ Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatda xotira turniri o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Sport
#musobaqa

May oyi davomida ixtisoslashtirilgan maktablarda tashkil qilingan sport musobaqalaridan lavhalar.

Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 10-11sinf o‘quvchilari ishtirokida katta harbiy musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 11-sinf o‘quvchilari o'rtasida harbiy sport musobаqasi o‘tkazildi.

Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 5-8-sinf o'quvchilari o'rtasida aql gimnastikasi - shaxmat bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida kamondan o'q otish mashg'uloti hamda "Quvnoq startlar" sport o'yinlari bo'lib o'tdi.

🌐
Telegram | Facebook
#Besh_tashabbus
#sport
#musobaqa

🟢 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "1-OKTABR USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI"ga bag'ishlab "USTOZ, SIZGA MING TA'ZIM" shiori ostida sportning shaxmat turi bo’yicha musobaqalar start oldi.

🟢 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 6-a va 6-b sinf o'quvchilari o'rtasida va 5-sinf o'quvchilari o'rtasida futbol bo'yicha maktab musobaqasi o'tkazildi. Shuningdek, maktab-internati o'quvchilari va Urganch shahrida Yoshlik sport majmuasining "Shaxmat" to'garagi a'zolari bilan shaxmat bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdilar.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xiva_Prezident_maktabi
#musobaqa

🎯 Xiva shahridagi Prezident maktabida Xorazm viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi bilan hamkorlikda kamondan o’q otish musobaqasi tashkil etildi.

🏆Milliy gvardiya xodimi, katta leytenant Dilshod Babajanov g’olib o’quvchilarni taqdirladi.

Bu kabi tanlov va tadbirlar o’quvchilarga yangi kuch bilan bilim olishga rag’bat bo’ladi.

🌐 Telegram | Facebook