XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Memorandum

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati va “Urganch Baxmal” MChJ bilan tuzilgan hamkorlik memorandumiga asosan

❇️ 2023-yil  21-fevral kuni maktab maslahatchisi Sardor Masharipov va maktab psixologi Laylo Atajanovalar boshchiligida maktab-internatning 10-03- sinf o‘quvchilari uchun mazkur korxonaga tanishtiruv uyushtirildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Memorandum
#Kasbga_yoʼnaltirish

⚡️Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining maktab maslahatchisi Sardor Masharipov 10-01 sinf o'quvchilari bilan "UzXCMG" MShJ qo‘shma korxonasiga tanishtiruv uyushtirdi.

⚡️O'quvchilar korxona faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#hamkorlik
#memorandum

HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov tomonidan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tomonlar hamkorlikda tabiiy fanlar sohasida ta’lim sifatini yanada oshirish, oʻquv jarayonini ishlab chiqarish sohalari bilan uzviyligini ta’minlash, shuningdek, farmatsevtika va hayot fanlari mutaxassisliklariga kasbiy yoʻnaltirish uchun keng shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar rejasini belgiladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur memorandum ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari orasida ingliz tilida tabiiy fanlar yoʻnalishida mini-olimpiadalar tashkil qilish va iqtidorli yoshlarga xalqaro oliy ta’limda tahsil olish uchun imkoniyatlar yaratishni koʻzda tutadi.

Shuningdek, bakalavr bosqichidagi xalqaro ta’lim va ta’lim grantlari haqida ma’lumotlar almashuvini tashkil qilish, oʻquvchilarning ilm-fan va kelajak kasblarga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube