XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#qabul_2024
#sport_maktablari

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi:

📍Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5–6 hamda 9–10-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

🪪 Oʻquvchilarning hujjatlari Agentlikning ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

📝 Talab etiladigan hujjatlar:

oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.

🗣Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan hamda 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#sport_maktablari

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi joriy yilning 27-28-29-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.


🗺IMTIHON OʻTKAZILADIGAN MANZILLAR:

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun:

📍Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, "Sportchilar" koʻchasi, 19-uy).

📝 IMTIHON TALABLARI


Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun:

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sarikoʻl koʻchasi, moʻljal: 175-umumiy taʼlim maktabi).

📝 IMTIHON TALABLARI

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#sport_maktablari

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov hamda Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi joriy yilning 27-28-29-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

❗️Mazkur sport maktablariga uzoq hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar 26-avgust sanasidan quyidagi manzillardagi yotoqxonalarga joylashishlari mumkin:

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun:

📍Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti yotoqxonasi. (Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, "Sportchilar" koʻchasi, 19-uy).

Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun:

📍Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.
(Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy MFY, Lutfiy 4-tor ko'chasi, 38-uy)

‼️Diqqat! Sport maktablariga hujjatlar qabuli bugun yakunlanadi!

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport_maktablari

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida yangi oʻquv yili boshlandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Sport vaziri Adham Ikramov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov, boks maktabi oʻquvchilari va ota-onalar, pedagog-murabbiylar ishtirok etdi.

✔️ Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga kirish imtihonlari ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqich imtihonlari 27-28-29-avgust kunlari o‘tkazildi.

Unda talabgorlar umumiy hamda jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovdan oʻtishdi.

Ikkinchi bosqich imtihonlari 30-avgust kuni oʻtkazildi. Unda talabgorlar psixologik va intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha test sinovlaridan oʻtdi.

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlaridan oʻtgan 96 nafar oʻquvchi qabul qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Besh_tashabbus
#sport
#musobaqa

🟢 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "1-OKTABR USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI"ga bag'ishlab "USTOZ, SIZGA MING TA'ZIM" shiori ostida sportning shaxmat turi bo’yicha musobaqalar start oldi.

🟢 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 6-a va 6-b sinf o'quvchilari o'rtasida va 5-sinf o'quvchilari o'rtasida futbol bo'yicha maktab musobaqasi o'tkazildi. Shuningdek, maktab-internati o'quvchilari va Urganch shahrida Yoshlik sport majmuasining "Shaxmat" to'garagi a'zolari bilan shaxmat bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Besh_tashabbus
#Sport

O'quvchilar o'rtasida "BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" doirasida o'tkazilgan sport musobaqalarining Xiva shahar bosqichida "Yengil atletika", "Futbol" va "Shashka" sport turlaridan Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari faol qatnashdilar.

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida sportning Futbol turi bo’yicha maktab chempionati uchun o’yinlar davom etmoqda.

"BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" doirasida o'tkazilgan sport musobaqalarining Xiva shahar bosqichida "Shashka" va "Yengil atletika" sport turlaridan Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari faol qatnashdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Sport

🔺Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qiliish va sportga qiziqishlarini oshirish maqsadida sportning VOLEYBOL turi bo‘yicha musobaqalar o'tkazilmoqda. Shuningdek, "Besh tashabbus" tadbirlari doirasida sportning FUTBOL turi bo‘yicha 13 ta jamoa ishtirokida maktab birinchiligi musobaqalarining saralash o‘yinlari o‘tkazildi.

🔺Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 7-9- sinf o'quvchilari o'rtasida sportning MINI FUTBOL turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.

🔺Xiva shahar 2-sin ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari jamoasi SHAXMAT bo'yicha mumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida "Maktab ligasi" musobaqasining Xiva shahar bosqichi birinchiligida 1-o'rinni egalladi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bir_bayroq_ostida_birlashaylik
#Hamkorlik
#Sport

🇺🇿 Xiva shahridagi Prezident maktabida 16-noyabr kuni "Bir bayroq ostida birlashaylik" shiori ostida Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar o'rtasida "Unity Cup" turniri bo'lib o'tdi.

Ushbu bellashuvda 8 ta maktab o'rtasida qizg'in bellashuvlar olib borildi. Turnirda futbol, stol tennisi, shaxmat, qizlar va o'gil bolalarning volleybol o'yinlari o'tkazildi.

🤝Do'stona uchrashuvda ustozlar va o'quvchilar nafaqat raqobatlashdilar, balki tajriba ham almashdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Hamkorlik
#sport

🏹 O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xorazm viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan o‘quvchilarda vatanparvarlik va mardlik tuyg‘ularini yanada shakllantirish maqsadida Urganch shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil qilingan kamondan o‘q otish bo‘yicha sport musobaqasida Agentlik tizimidagi maktablar o‘quvchilari faol ishtirok qildilar.

Musobaqada:

🥇Xiva shahridagi Prezident maktabi - 1-o'rin,
🥈Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi - 2-o‘rin,
🥉Ogahiy nomidagi ijod maktabi - 3-o'rinni egallashdi.

G‘oliblar diplom va medallar bilan taqdirlandilar.

🌐Telegram | Facebook
#Sport
#Shovot_IMI

🏐 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida BESH TASHABBUS  doirasida  7-,8-,9-sinflar o'rtasida sportning voleybol turi bo'yicha ichki chempionat o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Sport
#Tuproqqalʻa_IM

Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 6-a sinf o'quvchisi

🥈 Jumaniyozov Bilolbek sportning Shotakan karate-do turi bo'yicha Respublika bosqichida 2-o'rinni egalladi va kumush medalni qo'lga kiritdi.

Bundan tashqari, Bilolbek matematika fanidan ham eng iqtidorli oʻquvchilar safiga kiradi. Barcha fan olimpiadalarida kuchli uchtalikda uning oʻrni bor.

🌐 Telegram | Facebook