XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.9K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Amaliy_mashgʻulot
#Kasbga_yònaltirish
#Bogʼot_IM

MEMORANDUM_IJROSI

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-11-sinf o'quvchilari 24-noyabr kuni

🏦 Ipoteka bank Bog'ot filiali va
🏦 AT Aloqa bank Bog'ot kompleks xizmatlar ko'rsatish markazi
bilan imzolangan memorandumlarga asosan banklar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida maktab maslahatchisi Jamshidbek Atamurotov boshchiligida amaliyot sayohati uyushtirildi.

O'quvchilarga banklar faoliyati, ish soati va kuni, maoshlari, yaratilgan qulayliklar, mavjud sharoitlar haqida kerakli tushunchalar berildi.

Shu bilan birgalikda amaliyot davomida tadbir ishtirokchilariga sohaning buguni va kelajagi haqida tushunchalar berildi.


🌐 Telegram | Facebook
#Amaliy_mashgʻulot
#Kasbga_yònaltirish
#Tuproqqalʻa_IM

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi 106–sonli Farmoni 3-bandi 4-5 xati ijrosini ta‘minlash , o‘quvchilarning  qiziqishidan kelib chiqqan holda, asosiy  o‘quv  dasturi bilan  birgalikda sinfdan  tashqari  kasbga   yo‘naltirilgan amaliy mashg‘ulotlar  o‘tkazishni  yo‘lga  qo‘yish  maqsadida,

🏢Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabning  10-Blue sinfi o'quvchilari maktab psixologi Saparova Saboxat hamda maktab maslahatchisi Yusupova Latofat  hamrohligida poliklinikada amaliy sayohat o'tkazdilar.

👁 Amaliy sayohat davomida o'quvchilar oftolmolog shifokor tomonidan amaliy sinov ko'rigidan o'tkazilib, ko'z nuri ravshanlik darajasini o'lchashning asosiy bosqichlari va zamonaviy apparatlar bilan ishlash yuzasidan boshlang'ich ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

🌐Telegram | Facebook
#Amaliy_mashgʻulot
#Kasbga_yònaltirish
#Xiva_shahar_2_son_IMI

📍Xiva shahar 2- son ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari "Khiva Silk Fabric" MChJ faoliyati bilan tanishdilar.

📌 Xiva shahridagi "XIVA SILK FABRIC" korxonasida mahsulotlar eksportga tayyorlanishi haqida korxona ish boshqaruvchisi Husanboy Rahimov va ipak olish sirlari bilan korxona bosh laboranti Nazokat Sobirova tanishtirib bordilar.

AMALIY MASHG'ULOT HAQIDA BATAFSIL

🌐 Telegram | Facebook
#Amaliy_mashgʻulot
#Qoʻshkoʻpir_IM
#Kasbga_yònaltirish

📆 25-mart kuni Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va "International academy of business" MChJ (IT PARK) bilan hamkorlik MEMORANDUMi imzolandi hamda chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

2024-yilning 30 mart kuni maktabning IT sohasiga qiziquvchi 10-11-sinf o'quvchilari tumanda yangi ish boshlagan IT PARK faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

📝 Amaliyot davomida WEB-DASTURLASH kursi mentori D.Matyaqubov IT PARKning asosiy maqsadi hamda bu yerda dasturlash yo‘nalishlarini o‘rganib, daromadli sohaning egasiga aylanish mumkin bo'lgan kurslar:
- Offis Dasturlari (Kompyuter savodxonligi),
- Web Dasturlash,
- Dasturlash tillari yo'nalishi,
- Android Dasturlash,
- Arxitektura va Dizayn,
- IT English kurslari to'g'risida o'quvchilarga ma'lumotlar berib o'tdi.

📌Aynan IT sohasi bo'yicha OTMlarga o'qishga kirishni maqsad qilgan 10-11-sinf o'quvchilari uchun bu amaliy mashg'ulot alohida ahamiyat kasb etdi.

BATAFSIL

🌐 Telegram | Facebook
#Xonqa_IM
#Amaliy_mashgʻulot

🌐 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan sinf o'quvchilari biologiya fani o'qituvchisi M.Bekchonova rahbarligida "Faunani asrash" MChJ ga amaliy mashg'ulot uyushtirdilar.

♻️ MChJ rahbari Biologiya fanlari doktori, professor Xudoybergan Bekchonov o'quvchilarga hudud fauna va florasi bilan yaqindan tanishtirdi.

🟢 O'quvchilar maktabda olgan bilimlarini amaliy mashg'ulot davomida mustahkamladilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_Prezident_maktabi
#Amaliy_mashgʻulot

❇️ Xiva shahridagi Prezident maktabida Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tabiiy ofatlarda harakatlanish bo'yicha amaliy mashgulotlar tashkil etildi.

⚡️Maktab xodimlari va o'quvchilariga favqulodda holatlarda inson o'zini qanday tutishi, ehtiyotkorlik choralarini ko'rishi kerakligi, havfsizlik texnikasi haqida muhim ma'lumotlar berish bilan bir qatorda ularni mustahkamlab, amaliy ko'nikmalari rivojlantrildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Amaliy_mashgʻulot
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🏢Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda kamondan o’q otish turi bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkazilmoqda.

🏹 7-oktabr kuni maktabning 10-02 sinf o'quvchilari,

🏹 10-oktabr kuni 10-01 sinf o'quvchilari kamondan o’q otish mashg’ulotini bajardilar.

📍
Mashg’ulot davomida sport turi, xavfsizlik qoidalari haqida ma'lumotga ega bo'ldilar va bu sport turiga katta qiziqish bildirdilar.

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Amaliy_mashgʻulot
#Xiva_Prezident_maktabi

🇺🇿 Xiva shahridagi Prezident maktabi CHQBT fani o’qituvchisi R.Ruzimov 11-sinf o’quvchilariga AK-74 avtomatini noto’liq qismlarga ajratish va yig'ish mashg’ulotini o’tkazdi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Amaliy_mashgʻulot

Favqulodda vaziyatlarda
harakatlanish bo'yicha amaliy mashg'ulot o’tkazildi

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tabiiy ofatlarda harakatlanish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar tashkil etildi.

🌐
Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Amaliy_mashgʻulot
#Bogʻot_IM

Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tabiiy ofatlar vaqtida harakatlanish bo'yicha amaliy o'quv mashg'ulotlari tashkil etildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Amaliy_mashgʻulot

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA FAVQULODDA VAZIYATLARDA HARAKATLANISH BO'YICHA AMALIY MASHG'ULOTLAR O’TKAZILDI

Xorazm viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda "Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishda, obyekt fuqaro muhofazasi tuzilmasi hamda tegishli xizmatlarning hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida maxsus-taktik o'quv mashg'ulotlar, seminarlar o'tkazildi.

🎯O'quvchilar va o'qituvchilar ushbu mashg'ulotlar orqali favqulodda vaziyatlar sodir bo'lganida o'zini himoyalash, birinchi yordam ko'rsatish, o't o'chirish moslamalaridan foydalanish, binoni zararsizlantirish, tabiiy ofatlar va yong'in xavfsizligi haqida ma'lumotlarga ega bo'ldilar.


▫️Qo'shko'pir tumani IM,
▫️Xonqa tumani IM,
▫️Hazorasp tumani IM,
▫️Yangiariq tumani IM,
▫️Yangibozor tumani IMI
lardagi jarayonlar fotosuratlarda.

📌15-noyabrdan 15-dekabrga qadar "Yong'in xavfsizligi" oyligi deb e'lon qilingan.

🌐
Telegram | Facebook