XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.54K subscribers
20.1K photos
1.35K videos
32 files
6.14K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Kasbga_yònaltirish
#Urganch_shahar_1_son_IMI

▶️ Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-03- sinfida maktab-internat psixologi L.Atajonova hamda maktab maslahatchisi Ruxsora Kuryazovalar tomonidan "Zamonaviy kasblar" mavzusida seminar trening o'tkazildi.

📌O‘quvchilar marketolog, neyrojarroh va o‘qituvchi guruhlariga bo'lindilar.

Ushbu seminar treningda:

Motivation time
Kasblar alifbosi
Zamonaviy kasblar haqida ma'lumotlar berildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Loyiha_ishi

📍Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 8-03 guruh o'quvchilari biologiya fanidan "Hujayra modelini yasash" mavzusidagi loyiha ishida 3 guruhga bo'lingan holda o'simlik, hayvon va bakteriya hujayralari modelini yasadilar.

👩‍💻O’qituvchi: Nina Qalandarova

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🎥 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab- internati tashkil topganligining 2 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirdan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#SAT

Urganch shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining bir guruh iqtidorli o'quvchilari SAT sertifikatlarinini qo'lga kiritishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Seminar
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Maktab_maslahatchisi

26-dekabr kuni Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida seminar-trening  bo’lib o’tdi.

⚡️Seminar "Yangi O'zbekiston" universiteti talabalari:

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati sobiq bitiruvchilari M.Sevinchoy, U.Shahrizoda, S.Sanjar va

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati sobiq bitiruvchisi Zaripov Dilmurod hamda

2022-yilgi EYUF ("El-Yurt Umidi") stipendiyasi g‘olibi, Cesar Ritz Colleges Universiteti magistranti O’tkirova Bonu tomonidan o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Qabul_xatlari

📍 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari xalqaro universitetlarga o‘qishga kirishni boshlab yuborishdi.

11-01-sinf o‘quvchisi Gulbahor Ruzmetova va
11-02-sinf o‘quvchisi Suhrob Qobulov - COLORADO STATE UNIVERSITY dan qabul xatlari olishdi.

📍 Ma'lumot o'rnida,
Gulbahor - IELTS 7.5 ballik hamda SAT 1380 ballik sertifikatga ega.

Suhrob - IELTS 6.5 ballik hamda SAT 1160 ballik sertifikatga ega.

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ota_onalar_majlisi
#Urganch_shahar_1_son_IMI

📍Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 5-6-sinf o’quvchilarininng ota-onalari uchun 2024-2025-o’quv yilining 1-yarim yillik yakuni yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.

💥Yig’ilish yakunida o’quv yilining birinchi yarim yilligi natijasi bo’yicha yuqori ko’rsatgich ko’rsatgan o’quvchilarning ota-onalari maktab ma’muriyati tomonidan TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Kutubxona_faoliyati

📖 Qishki ta'tilda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish va ularning kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati kutubxona mudiri I.Ibragimova rahbarligida faol kitobxonlar Xorazm viloyat Bolalar kutubxonasida tashkil etilgan "Ma'naviyatli yoshlar - yurtimiz iftixori" mavzusidagi davra suhbatida qatnashishdi.

🎯Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi, taniqli shoir Boltaboy Bekmetov tashrif buyurdi. B.Bekmetov adabiyotga qanday kirib kelgani, ijodiy faoliyati to‘g‘risida so‘zlab berdi va o‘z ijodidan namunalar o‘qidi.

O‘quvchilar ustoz ijodkorning suhbatlari va sheʼrlaridan bahramand boʻlishdi, o‘zlari ham shoir she'rlaridan parchalar aytishdi, shu bilan birga o'z ijodlaridan ham namunalar o'qib, ijod yuzasidan tavsiyalar olishdi.

🌐 Telegram | Facebook