XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.83K subscribers
22.2K photos
1.52K videos
32 files
6.67K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Psixologik_faoliyat
#Biz_bir_jamoamiz

📌Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida pedagog jamoa uchun "BIZ BIR JAMOAMIZ!" nomli psixologik-trening bo'lib o'tdi.

📝🕎Treningda maktab psixologi L.Atajanova trenerlik qildi va jamoani ahillashtiruvchi metodikalar o'tkazdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Biz_bir_jamoamiz

TAJRIBA ALMASHISH - TARAQQIYOT GAROVI

Ish samaradorligini oshirishda o'zaro tajriba almashish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugun Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabiga Agentlikning Xorazm viloyati hududiy bo'limi boshlig'i Sarvar Abdullayev boshchilgida viloyatdagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda maktab maslahatchilari tashrif buyurdilar.

💥 Mehmonlar maktab faoliyati, sinf xonalarining bezatilishi hamda obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar. Maktabda xorijiy tillar va kasbga o‘rgatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fikr almashdilar.

📌 Fikr-mulohazalar, tajriba almashish ish unumdorligini oshirishga yordam beradi.

🌐 Telegram | Facebook
#Biz_bir_jamoamiz

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 25-fevral kuni o'qituvchilar uchun o'quv trening o'tkazildi.

❇️ Mazkur seminar maktab direktori L. Matyaqubova va ingliz tili fani o'qituvchisi Sh. Axmedovalar tomonidan o'tkazildi. Treningdan maqsad maktabda farovonlik o'rnatish hamda darslarda turli metodlardan samarali foydalanish.

🔆 Hamjihatligimiz abadiy bo'lsin.

🌐 Telegram | Facebook
#Sport
#BIz_bir_jamoamiz

SPORT, DO‘STLIK, HAMJIHATLIK BAYRAMI

🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi tomonidan 11-mart kuni “Besh muhim tashabbus” tadbirlari doirasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida agentlikka qarashli maktab va maktab-internatlari xodimlari o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi.

💢 Sport musobaqasida har maktabdan 10 kishilik jamoa ishtirok etdi.

⚖️ Musobaqaga Xorazm viloyati Futbol akademiyasi trenerleri, sport mutaxassislari hakamlik qildilar.

⚽️ Mini futbol
Shaxmat
🏓 Stol tennisi


turlari bo'yicha qizg'in kechgan bellashuvlar natijalariga ko'ra g'oliblikni qo'lga kiritganlar diplom va Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyati kengashi tomonidan taqdim qilingan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

⚡️⚡️⚡️BATAFSIL MA'LUMOT https://telegra.ph/Agentlikning-Xorazm-viloyati-hududiy-bolimi-tomonidan-Sport--salomatlik-garovi-musobaqalari-otkazildi-03-11