XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.9K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik
#Incheon_taʻlim_festivali

⚡️INCHEON TA'LIM FESTIVALINING YAKUNIY BOSQICHI BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda ilk bor o‘tkazilayotgan “Incheon ta’lim festivali”ning yakuniy bosqichiga start berildi.

Mazkur festival o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirgan holda ularning ixtisoslashgan xalqaro dasturlar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ilg‘or, tashabbuskor va ijodkor o‘gʻil-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyat, mahoratlarini ro‘yobga chiqarish va munosib ragʻbatlantirishni ko‘zda tutadi.

Festivalning birinchi bosqichi joriy yilning 27-31-may kunlari Agentlik tizimidagi maktablar va umumtaʼlim muassasalarining koreys tilini B1 darajasida biladigan 7-10-sinf o‘quvchilari oʻrtasida onlayn formatda o‘tkazilgan edi.

Eng yuqori ball to‘plagan 20 nafar o‘quvchi Festivalning yakuniy bosqichida ishtirok etib, bilim va mahoratlarini sinovdan oʻtkazadi. Festival doirasida Koreya oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida “Ta’lim yarmarkasi” ham bo‘lib o‘tadi.

Festivalga Toshkent shahridagi Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qilmoqda.

Ertaga festivalning yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda yakuniy natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan 10 nafar ishtirokchi Koreya Respublikasiga sayohat va bilim almashish bo‘yicha safar yo‘llanmasi bilan taqdirlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun poytaxtimizda “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” mavzusidagi
xalqaro konferensiyasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Unda xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirok etishdi va ta’lim sifatini oshirish bo’yicha xalqaro tajriba haqida so’z yuritishdi.

Dastlab “Marshal Cavendish Education” eksperti Charles Chyu zamonaviy metodikalar, maktablarda ta’lim muhitini yaxshilash haqida taqdimot qildi.

✔️Konferensiya singapurlik ekspert Attaju Kanan Ramdasning ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish haqidagi taqdimoti bilan davom etdi.

Mazkur tadbirda mamlakatimizdagi 100 nafardan ortiq tanlangan tajribali maktab direktorlari hamda 300 nafarga yaqin ustozlar hamda metodistlari ishtirok etishmoqda.

Ma’lumot o’rnida: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Singapurning “Marshall Cavendish Education” tashkiloti bilan maktab direktorlari va o‘qituvchilar malakasini oshirish, maktablar o‘quv dasturini takomillashtirish hamda unga raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

🔴 Konferensiya davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Incheon_taʻlim_festivali

⚡️INCHEON TA'LIM FESTIVALINING YAKUNIY BOSQICHI BO‘LIB OʻTDI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda ilk bor o‘tkazilayotgan “Incheon ta’lim festivali”ning yakuniy bosqichi va yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Incheon shahar taʼlim boshqarmasi Xalqaro taʼlim markazi direktori Lee Mi Yeong va boshqalar ishtirok etdi.

Mazkur festival o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirgan holda ularning ixtisoslashgan xalqaro dasturlar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ilg‘or, tashabbuskor va ijodkor o‘gʻil-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyat, mahoratlarini ro‘yobga chiqarish va munosib ragʻbatlantirishni ko‘zda tutadi.

Yakuniy bosqich jarayonlaridan fotoreportaj.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#xalqaro_hamkorlik
#tabiiy_fanlar_taʼlimi_festivali

🤩 "TABIIY FANLAR TAʼLIMI" FESTIVALI BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda “Tabiiy fanlar ta’limi” festivali oʻtkazilmoqda.

Mazkur festival tabiiy va aniq fanlarga asoslangan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish orqali yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirgan holda ularning ixtisoslashgan xalqaro dasturlar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishini taʼminlash, yaratuvchanlik qobiliyatini shakllantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda tizimda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar orasida yaratuvchanlik g‘oyalarini shakllantirish va ularni amaliyot bilan bog‘lagan holda o‘quvchilarga yoritib berish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadlarini oʻz ichiga olgan.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qilayotgan ushbu festivalning ochilish marosimida Agentlik rahbariyati, mas’ul xodimlari, Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi vakillari hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Ochilish marosimda ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida ta’lim sohasida aloqalar kuchayib, hamkorlikda turli loyihalar, dasturlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning may-iyun oylarida Agentlik va Koreya ta’lim markazi tomonidan “Incheon ta’lim festivali” o‘tkazilgan edi. Hamkorlikdagi navbatdagi loyiha – “Tabiiy fanlar ta’limi” festivali ham yuqoridagi vazifalarning mantiqiy davomidir.

Festivalda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda umumta’lim maktablarining jami 1600 nafar 6-9-sinf o‘quvchilari qatnashmoqda. Amaliy mashg‘ulotlar va topshiriqlar o‘zbek tiliga tarjima qilingan holda  2 smenada olib boriladi. Har bir smenada 400 nafar o‘quvchi 21 ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Bundan tashqari, Agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan 30 nafar aniq va tabiiy fan o‘qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etiladi.

“Tabiiy fanlar ta’limi” festivali ertaga, 14-avgust kuni oʻz ishini yakunlaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda "Ta’limda rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish dasturi (ELDP)"ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Respublikamizning barcha hududlaridan 30 nafardan ortiq direktor hamda direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishmoqda.

Ochilish marosimida vazir o‘rinbosari Sardor Rajabov qatnashib, ta'limda liderlikning ahamiyati haqida so‘z yuritdi va seminar ishida omad tiladi.

📍 Mahorat darslarida tajribali mutaxassislar tomonidan:

maktab rahbariyatining muloqot va yordam berish qobiliyatlarini rivojlantirish,
tanqidiy fikrlash va muammolarga yechimlar topish,
jamoada yangi bilimlarni egallashga bo‘lgan ishtiyoqni oshirish kabi mavzularda so‘z bormoqda.

Trening jarayonlari 27-sentabrga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga Birlashgan Arab Amirligining Amirliklar milliy maktablari bosh direktori Ahmed Al Bastaki va Singapurning Times Publishing Group bosh direktori Peng Yim Siew tashrif buyurdi

Taʼkidlash kerakki, ushbu tashrif O’zbekistonda ilk bora o’tkazilayotgan Markaziy Osiyo Universitetlari forumi doirasida amalga oshirildi.

Ularga Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamrohlik qildi hamda Prezidentimiz tashabbuslari bilan butkul yangicha qiyofada, zamonaviy koʻrinishda to‘liq qayta ta’mirdan chiqarilgan mazkur institut haqida batafsil maʼlumot berdi.

Mehmonlar institutning yangi binosi, Axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi, videodarslarni tasvirga olish media studiyasi va o‘quv xonalaridagi sharoitlar bilan tanishdi.

Malaka oshirishga kelgan pedagoglar uchun tashkil etilgan zamonaviy sharoitlarga ega mehmonxona hamda STEAM laboratoriya markazi mehmonlarda katta qiziqish uyg’otdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Kasbiy_rivojlanish

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va
xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari Buyuk Britaniyada malaka oshirishayotgani haqida xabar bergan edik.

📍Delegatsiya vakillari dastur davomida Cambridge Assessment International Education tashkiloti imtihonlarini ishlab chiqish bilan shug'ullаnuvchi Cambridge University and Assessment DC10 tashkilotida bo'lishdi.

👉
Unda tashkilot tomonidan dunyoning ko’plab mamlakatlarida tashkil etiladigan xalqaro imtihonlarning:

✔️tashkil etilish jarayonlari,
✔️imtihon materiallarining chop etilishi, saqlanishi,
✔️mazkur imtihon materiallarining xorijiy mamlakatlarga yetkazilishi jarayonlari bilan tanishishdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin
#Xiva_Prezident_maktabi
#xalqaro_hamkorlik

Xiva shahridagi Prezident maktabining maktab maslahatchisi

Sarvar Sharipov Xalqaro maktablar tashkiloti a'zolari bilan birgalikda CIS team fasilitator sifatida Qozog'istonning Uralsk shahrida joylashgan Nazarboyev xalqaro maktabida bo'lib qaytdi.

⚡️Ustozimizning ushbu tashkilot a'zolari safida bo'lishi biz uchun faxr hamda xalqaro tajribani o'rganishda yana bir pog'ona ildamlashga zamin yaratadi.

🌐 Telegram | Facebook