XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.54K subscribers
20.1K photos
1.35K videos
32 files
6.13K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Xalqaro_forum
#Angliya

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi ayni damda Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etishmoqda.

📍 Forum Buyuk Britaniyaning London shahrida tashkil etilgan bo’lib, unda butun dunyodan ta'lim vazirliklari delegatsiyalari qatnashishmoqda.

Butunjahon ta’lim forumi:

▶️ bugungi kundagi ta'lim sohasida mavjud muammolarga ijobiy yechim topish,
▶️ yuzaga kelgan ta'lim va o‘quv masalalarida firk almashish,
▶️ ta'lim jarayonidagi yangiliklar haqida taqdimotlar o‘tkazish,
▶️ davlatlar tomonidan ta'limning turli xil yo‘nalishlaridagi muvaffaqiyatlar bilan bo'lishish uchun
xalqaro maydon hisoblanadi.

✔️ Ma'lumot o'rnida, Butunjahon ta'lim forumi an'anaviy tarzda har yili o'tkaziladi hamda ta'lim sohasidagi dunyoning eng nufuzli tadbirlaridan biri hisoblanadi.

📆 Forum 10-maygacha davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube