XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.4K photos
1.27K videos
32 files
5.92K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi

Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi, ogahiyshunos olima Madina Matyoqubovaning mehnat faoliyati bilan tanishing.

300 dan ortiq ko‘rgazmali qurollar va didaktik materiallar muallifi

➡️USLUBIY QO‘LLANMALARI:
"Adabiyot fanini o‘qitishda qo‘shimcha materiallardan foydalanish"
"Maktabda Matnazar Abdulhakim ijodini o‘rganish"


➡️ADABIYOTSHUNOSLIKKA OID ASARLARI:
"Ajab ohangu navolar"
"Zehn ziynati"


📄Ilmiy maqolalari Rossiya, Kanada va bir qator davlatlarda chop qilingan.

2021-2022-oʻquv yilida 8-sinf oʻquvchisi Javohir Karimov “Yosh kitobxon” koʻrik- tanlovining respublika  bosqichida 3-oʻrinni egalladi.

2021-yilda 9-sinf oʻquvchisi Ziyoda Safarboyeva Sharqshunoslik instituti tomonidan ta'sis etilgan Ogahiy nomidagi stipendiyani qoʻlga kiritdi.

2022-yil 10-sinf oʻquvchisi Gulmira Ravshanbekova Ogahiy nomidagi stipendiyani qoʻlga kiritdi.

3 nafar tadqiqotchining ilmiy ishiga rahbarlik qilgan.
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi

🏢 Agentlik tizimidagi Ogahiy ijod maktabining matematika fani o‘qituvchisi Yulduzxon Polvonovaning mehnat faoliyati haqida

"Yaxshi muallim sifatli ta'lim" respublika ko‘rik-tanlovida 3-o‘rinni egallagan;
"Renessans davri: Ilmiy tadqiqot yetakchisi" esdalik nishoni sohibi;
M.Mirzaahmedov bilan hammuallifikda "Ijodiy matematika" o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi
M.Mirzaahmedov, X.Umarova, D.Davidova, I.Saibova, M.Komilovlar bilan hammuallifikda "Avval matematika" nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr qilindi;
"Ismli sonlar" nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma muallifi;
Mustaqil tadqiqotchi sifatida "O‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini "Blended learning" texnologiyasi asosida pedagogik loyihashtirish (ijod maktablari misolida)" mavzusida ilmiy ish olib bormoqda;
2021-yil matematika bo‘yicha AMC- (American mathematics competition) xaqaro olimpiadada o‘quvchilari Matnazarova Dinora, Ozodova Hosila va Yusupov Boboxonlar bronza medali sohibi bo‘ldilar.
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Qoʻshkoʻpir_IM

🏢 Agentlik tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi Bekdurdiyev Zufarbekning mehnat faoliyati haqida:

"Ustoz-2021" Milliy tanlovining "Umid timsollari" nominatsiyasida Respublika bo'yicha kuchli 10 talik ustozlar qatoridan joy olgan;

2022-yilda Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tashkil qilingan "Fan to'garaklari" Respublika tanlovida faxrli 1-o'rinni egallab, zamonaviy monoblok sohibi bo'lgan;

2022-yil Urganch Davlat Universitetida "CIMPA school", "International mathematics union" hamkorligida tashkil qilingan Xalqaro konferensiyada ishtirok qilgan;

2023-yil mart oyida Xalqaro GMAT sertifikatini qo'lga kiritgan;

SEAMO (Janubiy Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasi) da o'quvchilari muntazam qatnashib, 1 ta oltin, 2 ta bronza medali sohibi bo'lishgan;

"Viloyat hokimi olimpiadasi" da 6-sinf o'quvchisi Muslimaxon Rahimberganova faol ishtirok qilib, 3 marta g'olib bo'ldi.
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Tuproqqalʻa_IM

🏢 Agentlik tizimidagi Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Matyaqubova Lobarxon mehnat faoliyati haqida:

2016-2017-o‘quv yilida "Yilning eng yaxshi ingliz tili o‘qituvchisi" ko‘rik tanlovining Respublika bosqichi g'olibi;

2017-yil Buyuk Britaniya Glazgov Kaledoniya universitetida malaka oshirgan, xalqaro trenerlik sertifikatiga ega;

2017-2018-o‘quv yilida "Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi" tanlovi respublika bosqichi ishtirokchisi bo'lib, Xalq ta'limi vaziri Sh. Shermatovning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi;

2020-yilda "Xalq ta'limi a‘lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi;

2021-yil 29-oktabrda "Yil ayoli" tanlovi tuman bosqichi g‘olibi;

Ustozning samarali faoliyati davomida tahsil olgan ko‘plab o‘quvchilari,  Xalqaro IELTS sertifikatlarni qo‘lga kiritib,  chet el universitetlarida talaba bo'lishgan va turli sohalarda yetakchilik qilmoqdalar.
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Tabriklaymiz

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari
agentligi tizimidagi Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining  2 nafar o'qituvchilari:

Egamberdiyev Atabek Ro'zimovich - "Xalq ta’limi fidoyisi" hamda

Jumaniyazov Xushnud Durdiyevich - "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

👏 Yuksak e'tibor va e'tirof bilan ustozlarimizni tabriklaymiz.

🌐
Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Qoʻshkoʻpir_IM

🇹🇷 Turkiyaning “Arslan Bayir - Baygench” nashriyoti tomonidan  “O'zbekistonning iste'dodli ovozlari" nomli antologiya nashr etildi. Ushbu kitob taqdimoti Turkiyaning Alanya shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘zbek qizlari va ularning muvaffaqiyatlari haqida Turkiya ommaviy axborot vositalarida tanitildi.

E'tiborli jihati, ushbu to‘plamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo‘shko‘pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabining yosh tashabbuskor matematika fani o‘qituvchisi

✔️Otamuratova Mavludaning ham "O‘quvchi yoshlarni kitobxonlika o‘rgatish" nomli maqolasi chop etildi.

Ustozning kelgusi ish faoliyatiga muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolamiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Tabriklaymiz
#Hazorasp_IM

✔️ Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabining oliy toifali matematika fani o'qituvchisi
Boltayev Xusin Davronbekovich xalqaro GRE setifikatini qo‘lga kiritdi.

⚡️Ustozimizni qutlab, muvaffaqiyatlari bardavom bo‘lishini tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#Yangi_kitob
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

➡️ Oktabr oyi Ogahiy nomidagi ijod maktabi uchun yangiliklarga boy tarzda o‘tmoqda. Buni o‘quvchilarimiz erishgan yutuqlar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Maktabimizda o‘quvchilarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan o‘qituvchi, ustozlarimizni alohida faxr bilan aytib o‘tishimiz lozim.

🔹Yaqindagina makabimizda "Ijodiy matematika" kitobining taqdimoti bo‘lgan oliy toifali pedagog, maktabning matematika fani o‘qituvchisi Yulduz Polvonovaning
M.Mirzaahmedov, X.Umarova, D.Davidova, I.Saibova, M.Komilovlar bilan hammuallifikda 6-sinf o‘quvchilari uchun " Avval matematika" nomli masalalar o‘quv qo‘llanmasi chop qilindi.


🔸Kitob Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi o'quvchi va ularning ustozlari uchun qo'llanma va darslik tarzida xizmat qilishga mo‘ljallangan.

👏 Ushbu yangi kitob bilan Ogahiy ijod maktabi jamoasi qahramonimizni samimiy muborakbod etib o‘tdilar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Xushxabar

💢O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori bilan tashkil etib kelinayotgan "Yil ayoli" Respublika milliy tanlovining Xorazm viloyati tuman-shahar bosqichlari bo'lib o'tmoqda.

Quvonarlisi, ushbu nufuzli tanlovning Shovot tuman bosqichida Ogahiy nomidagi ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Hafiza Karimova "Oz ishining ustasi" nominatsiyasi bo'yicha mutloq g'olib deb e'tirof etilib, 1-orinni egalladi va tanlovning viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

🌺Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi nomidan e'tirofga loyiq ustoz Hafiza Karimovani yutuqlari bilan tabriklaymiz. Respublika milliy tanlovining keyingi bosqichlarida ham faqat va faqat g'alabalar tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🖍Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan fanlaridan ikki yillik ta’lim tizimi uchun ilk bor tanlov va buyurtma asosida yaratilgan 18 ta fandan 38 nomdagi darsliklar mualliflarini taqdirlandi.

🔶 Ona tili va adabiyot fani bo’yicha  mualliflikda qatnashib, g’oliblikka erishgan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-sonIMIning oliy toifali ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

Karimova Maxsuda Yusupboyevnaning yutuqlari uzluksiz ta’limda soha rivoji uchun ahamiyatli ekanligini e’tirof qilib, uning “Yoshlarda kommunikativlik va kreativlikni oshirishda foydali mutolaaning o’rni” mavzusidagi uslubiy qo’llanmasini yaratgani hamda maktab o’quvchilari bilan “Zavqli mutolaa”loyihasi ustida ish olib borayotgani haqida quvonch bilan ayta olamiz.

🎉 Ustoz va uning hamkasblarini tabriklaymiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🏢 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ingliz tili fani o'qituvchisi

✔️ Babajanova Mahfuza IELTS dan 7.5 ballni qo’lga kiritdi.

LISTENING: 7.5
READING: 8.5
WRITING: 7.0
SPEAKING: 6.5

Ustozimizni ushbu natija bilan tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan parvozlar tilab qolamiz.

🌐 Telegram | Facebook