XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.4K photos
1.27K videos
32 files
5.92K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Qoʼshkoʼpir_IM
#Yangi_baholash_tizimi
#seminar

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi baholash tizimiga o‘tayotgan 12 ta umumta'lim maktablari uchun seminar trening tashkil qilindi.

"Mezonlarga asoslangan baholash tizimi" mavzusidagi seminardan ko'zlangan asosiy maqsad yangi baholash tizimiga o'tayotgan maktablarga amaliy ko'mak berishdan iborat.

💥Seminarda maktablar o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari va ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari ishtirok qilishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Assalom_maktab
#Qoʼshkoʼpir_IM

Yangi 2024-2025 o‘quv yilining birinchi kuni muborak!

🔔 Bugun Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bo'lib o'tgan “Bir boʻlsak yagona xalqmiz, birlashsak vatanmiz” shiori ostidagi “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida Qo'shko'pir tuman IIB boʻlim boshligʻi podpolkovnik U.Qurbonov, tuman faxriylar kengashi raisi B.Sobirov, Ota-onalar qo'mitasi raisi J.Xo'jamuratov hamda ota-onalar, maktab pedagogik jamoasi va bilimga chanqoq aziz o'quvchilar ishtirok etishdi.

🎉Ixtisoslashtirilgan maktabimizning 5- va 7-sinflariga qabul qilingan o'quvchilar, ularning ota-onalari hamda yaqinlari ishtirokida maktabning dars jarayonlari va fakultativ mashgʻulotlari tanishtirildi.

🌐 Telegram | Facebook
#xon_atlas
#Qoʼshkoʼpir_IM

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2024-yil 4-sentabr kungi 02-13-1753-son xatiga asosan kuzgi "Xon atlas" festivali Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham tashkil qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
#Kitobxonlik
#Qoʼshkoʼpir_IM

🔖 Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga yangi qabul qilingan 5-"A" sinf o‘quvchilari kutubxona faoliyati bilan tanishtirildi va kutubxonadan unumli foydalanish qoidalari to‘g‘risida tushuncha berildi.

📘 Shuningdek, "Men sevgan adib" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda Otkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari o‘quvchilar tomonidan to‘liq yoritib berildi va keyingi davra suhbati uchun o‘quvchilarga X.To‘xtaboyevning "Besh bolali yigitcha" asarini o‘qish vazifa qilib berildi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozlar_kuni
#Qoʼshkoʼpir_IM

💥 Qo‘shko‘pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 2024-yil 27-sentabr kuni 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan "Bizning sevimli ustozlarimiz" nomli bayram chellenji o‘tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozlar_kuni
#Qoʼshkoʼpir_IM

💥 Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida  maktab psixologi va  o‘quvchilar ishtirokida 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan "Bizning sevimli ustozlarimiz" nomli bayram chellenji o‘tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Harbiy_vatanparvarlik
#Qoʼshkoʼpir_IM

🧑‍🚒Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyaning 2024-yii 30-iyul kunidagi 24/15/20-sonli qo'shma qaroriga asosan tuman Qo'riqlash bo'limi bilan hamkorlikda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

✔️2024-yil 2-oktabr kuni tuman Qo'riqlash bo'limi guruh komandiri katta leytenant Sh.Komilov bilan hamkorlikda
5-8-sinf o'quvchilari o'rtasida "Vatan qadri" va
9-11-sinf o'quvchilari o'rtasida A.Temur, Z.M.Bobur, J.Manguberdi hayoti va faoliyati mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
#Hamkorlik
#Qoʼshkoʼpir_IM

Qo‘shko‘pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Xiva shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi Jasmina Mangliboyeva chet el universitetlariga hujjat topshirish va bir qancha loyihalar haqida ma'ruza o‘tkazdi.

▪️TEDxKhivaPS,
▪️KPSMUN,
▪️Green boosters va
▪️IGNITE kabi loyihalarni taqdim etib, o‘quvchilarga yangi imkoniyatlar va xalqaro maydonda o‘zlarini sinab ko‘rish yo‘llarini tushuntirdi.

Jasmina, shuningdek, yoshlarni o‘z maqsadlari sari intilishga va global loyihalarda ishtirok etishga chorladi. Ushbu tadbir o‘quvchilarga ilhom bag‘ishlab, ularga kelajak sari yo‘l ochishda yordam berdi!

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Qoʼshkoʼpir_IM

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati Xorazm viloyat teleradiokampaniyasining "Najot bilimda" ko'rsatuvida yoritildi.

Ko'rsatuv davomida maktabda o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va maktab jamoasi haqida ma'lumot berildii.

📌Ko'rsatuvni tomosha qilishni tavsiya qilamiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Qoʼshkoʼpir_IM
#Ixtirochilikka_qadam

⚡️Bugun Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 5-11-sinf o'quvchilari o'rtasida ta'lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim oʻzgarishi va qishloq xo'jaligi yo'nalishlarida yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishni nazarda tutuvchi "Ixtirochilikka qadam" tanlovi bo'lib o'tdi.

🔰"Ixtirochilikka qadam" tanlovi doirasida maktab o'quvchilari tomonidan 20 dan ortiq loyihalar va takliflar ilgari surilib muhokama qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
#Akademik_va_yoshlar_uchrashuvi
#Qoʼshkoʼpir_IM

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi  Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchi yoshlari bilan Xiva shahridagi Ma'mun akademiyasida  8-noyabr kuni Akademik Behzod Sodiqovich Yuldashev xotirasiga bag'ishlangan "Akademik va yoshlar: Ilm-fan taraqqiyotini yoshlar yaratadi! " mavzusida ilmiy-ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda Fanlar akademiyasi Matematika instituti laboratoriya mudiri, fizika-matematika fanlari doktori Abdulla Azamov va Fanlar akademiyasi fizika-matematika va texnika bo'limi rahbari, fizika-matematika fanlari doktori Baxramov Sagdulla Abdullayevichlar ishtirok qilishdi.

📎 Uchrashuvdan maqsad: Akademiklarni yoshlar orasida tanitish, ularning faoliyatlari, ilmiy ishlarini keng targ'ib etish, yosh olimlar, tadqiqotchi va iqtidorli talabalar orasida zamonaviy bilimlarni egallash, ilm olishga bo'lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat

 🌐 Telegram | Facebook
#Qoʼshkoʼpir_IM
#Konstitutsiya_32

🇺🇿  “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, insho va diktant tanlovlari boʻlib oʻtmoqda.

📍 Qo‘shko‘pir tumani IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI -

https://t.iss.one/qushkupirPIIMAschool
#tadbir
#Qoʼshkoʼpir_IM

⚡️ Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 215 yilligiga bag'ishlab "NAZM ICHRA BIR GAVHAR" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.

O'quvchilar olgan bilimlarini sinovdan o'tkazish va yanada mustahkamlash maqsadida ikkala sinf o'quvchilari o'rtasida ZAKOVAT o'yini ham tashkillashtirildi.

🌐 Telegram | Facebook
#milliy_sertifikat
#IELTS
#Qoʼshkoʼpir_IM

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh o'quvchilari 2024-2025-o'quv yilida dastlabki milliy va xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiritishdi.

👏 O‘quvchilarning kelgusidagi o'qish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🌐 Telegram | Facebook